Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish holati
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidroenergetika
Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish holati.
Afsuski, asosiy suv resurslarimiz transchegaraviy bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo daryolarining zimmasiga to‘g‘ri kelishi va ularning yuqori oqimida joylashgan qo‘shni davlatlarning suvni boshqarishdagi bir tomonlama xatti-harakatlari respublikamiz suv ta’minotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Tojikistonda va Qirg‘izistonda qurilgan To‘xtagul, Nurek va Qayroqqum yirik suv omborlarining irrigatsiya rejimidan energetik rejimga o‘tkazilishi daryolar suv oqimining o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. 88 Ma’lumki, gidroenergetika resurslarini olish maqsadida GESlar energetik rejimda ishlaganda, yoz oyida daryo suvlari suv omborida ushlanib qolinadi, qish faslida esa elektr manbayini ishlab chiqarish uchun yig‘ilgan suv chiqarib yuboriladi. Natijada, qish oylarida oqim bo‘y lab pastda joylashgan mamlakatimizning ayrim hududlarini suv bosishi xavfi tug‘ilsa, yoz mavsumida sun’iy suv taqchilligi yuzaga keladi. Qo‘shni davlatlarning suv omborlarini energetik rejimda ishlashini qu yidagi misollarda aniq ko‘rishimiz mumkin. Sirdaryo havzasi bo‘yicha: To‘xtagul suv ombori Norin dar yo sida joylashgan bo‘lib, 19,5 mlrd. m 3 umumiy suv sig‘imiga ega. Mazkur suv omborining suv sig‘imi Norin daryosining yillik oqimidan 1,5 baravar ortiq, degani. Gidroenergetika – elektr energiyasini olish uchun suv resurslarining mexanik energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq energetika sohasi. To‘xtagul suv ombori avvallari irrigatsion rejimda ishlagan: suv omboridan suv chiqarish sug‘orish mavsumida, ya’ni yoz oylarida 73% (8,5 mlrd. m 3 ), kuz va qish oylarida esa 27% (3,2 mlrd. m 3 )ni tashkil qilib, daryoning tabiiy rejimiga to‘la mos kelgan. Biroq 1992-yildan boshlab, Qirg‘iziston hukumati To‘xtagul suv omborining ishlashini energetik rejimga o‘zgartirdi. Natijada, sug‘orish mavsumida suv omboriga tabiiy ravishda o‘rtacha 9,4 mlrd. m 3 suv kelgan bo‘lsa, suv omboridan bor-yo‘g‘i, 5,3 mlrd. m 3 suv chiqarilgan. Qish oylarida esa aksincha, suv omboriga suv kelishi 3,2 mlrd.m 3 ni tashkil etgani holda suv omboridan 8,2 mlrd. m 3 suv chiqarilgan. Oqibatda daryoning quyi qismida joylashgan O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari sug‘orish mavsumida 5,0 mlrd. m 3 kam suv olmoqda. Shunday qilib, suv omboridan sutkalik suv chiqarilishidagi keskin o‘zgarishlar natijasida kanallar qirg‘oqlarining yuvilib, beton qoplamalari yemirilishiga, suvdan samarali foydalanish darajasining pasayishiga, oxir-oqibat davlatlararo suv ta’minoti 89 bilan bog‘liq mavjud vaziyatning yanada taranglashuviga sabab bo‘lmoqda. Amudaryo havzasi bo‘yicha: Nurek suv ombori Vaxsh dary- osida joylashgan. Umumiy suv sig‘imi 10,5 mlrd. m 3 , to‘g‘on balandligi esa 300 metrni tashkil etib, dunyodagi eng baland to‘g‘onlardan hisoblanadi. Vaxsh daryosi suv resurslarining tabiiy rejimi irrigatsion maqsadlarda ishlatilishiga mos keladi. Shunga qaramasdan, 1992-yildan boshlab Nurek GES suv om- bori bilan birgalikda to‘liq energetik rejimda ishlay boshladi. Suv ombori yozda to‘la hajm gacha suv to‘plab, qishda barcha suv chiqarib yuboriladi. Natijada Amudaryoning quyi qismida suv tanqisligi yuzaga kelmoqda. Albatta, daryolarning tabiiy holatini sun’iy rejimga o‘zgartirish nafaqat qishloq xo‘jaligiga, balki respublika aholisini suv bilan ta’minlashga, suv bilan bog‘liq bo‘lgan atrof-muhitga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, daryoda yozgi oqim va suv sathining keskin o‘zgarishi geotizimlarning izdan chiqishiga, organizmlarning adaptatsiyasi buzilishiga chunonchi, daryoning quyi oqimida mavjud ko‘plab baliq turlarining yo‘qolib ketishiga ham olib kelmoqda. Bunday holat suv taqchil bo‘lgan 2000, 2001, 2008-yillarning vegetatsiya mavsumida ham yaqqol kuzatilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida transchegaraviy suv oqimlaridan foydalanish mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlarini hi- sobga olgan holda, atrof-muhitni xalqaro muhofaza qilish huquqiy me’yorlari va konvensiyalarning tamoyillari asosida tashkil etilishi, aholi sonining keskin sur’atlar bilan oshishi, ehtiyojlarning kun sa yin ortishi hamda iqlim o‘zgarishining ta’siri natijasida suv resurslarining yildan yilga kamayib ketayotganini hisobga olib, suv resurslari birinchi navbatda, ichimlik va sanitariya maqsadlariga, so‘ng qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga va ekologik holatni bar qa ror- lashtirishga va shundan keyin boshqa ehtiyojlarga berilishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling