Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Tuproqni muhofaza qilish zarurati
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Tuproqni muhofaza qilish zarurati. Tuproqni muhofaza
qilish tuproq degradatsiyasining oldini olish, uning xilma- xilligi, fizikaviy-kimyoviy tarkibi, tuzilishi va hajmini saqlash va qayta tiklashdan iboratdir. Bu o‘z navbatida, Yer qonunchiligida tabiat obyekti sifatida – tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirgan holda undan oqilona foydalanishni tartibga soluvchi huquq me’yorlarini yanada takomillashtirib borish zaruratini tug‘diradi. Qishloq xo‘jaligida va boshqa xo‘jalik faoliyatida tuproq unumdorligini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. Tuproq unumdorligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshiruvchi tabiiy xususiyat bo‘lib, u hosildorlik ko‘payishiga xizmat qiladi hamda biosferaning tarkibiy elementi ekanligidadir. Yerlarni tabiiy resurs sifatida, ya’ni tabiiy ishlab chiqarish manbayi nuqtayi nazaridan muhofaza qilish jarayonida tuproqni, uning unumdorligini muhofaza qilishga qaratilgan me’yorlar hozirgi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirishni taqozo etmoqda. Masalan, «Yer kodeksi»da Yer monitoringi, Yer tuzish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat talablari belgilab qo‘yilgan. Lekin bu me’yorlar ko‘proq deklarativ xarakterga ega bo‘lib, ularda tuproqdan oqilona foydalanish va unumdorligini oshirishni ta’minlash munosabatlarini tartibga solish to‘liq yoritilmagan va amalga joriy qilish mexanizmi ochib berilmagan. Shuning uchun ham tuproqlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlarning huquqiy tartibga solinishiga oid masalalarni yechish bu jarayondagi eng asosiy vazifalardan biridir. Bu borada tuproq unumdorligini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni tartibga soluvchi «Tuproq unumdorligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonu- nining qabul qilinishi maqsadga muvofiq. Zero, umummilliy boylik sifatida e’tirof etiladigan tuproqni asrab-avaylash, uning 84 tuproq unumdorligini oshirib borish lozim. Zotan, xalqimizdagi hikmatomuz bir naqlda aytilganidek, «yeri boyning – eli boy»dir. Yer fondi – davlat chegarasi doirasida yerdan foydalanishga ko‘ra toifalarga ajratilgan yerlar. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Jahon Yer fondi 13045,4 mln. gektar bo‘lib, jahon Yer fondini hisoblash juda murakkab vazifa, shu bois, turli manbalarda turli raqamlar qayd etiladi. Chunki, Yer zaxiralari doimo bir turdan ikkinchi turga o‘tib turadi (qurilish, o‘rmonlar, cho‘llashuv va h.k.). Uning eng katta ulushini o‘rmon fondi yerlari tashkil etib, maydoni 4 mlrd. ga egallaydi. Keyingi yillarda yuz berayotgan yong‘inlar natijasida ularning ko‘lami yil sayin pasayib bormoqda. O‘tloqi yerlar jahon Yer fondining ikkinchi katta ulushini tashkil etib – 3,4 mlrd. ga, haydaladigan yerlar – 1345,3 mln. ga teng. Haydaladigan yerlar AQSHda 185, Hindistonda – 160, Rossiyada – 120, Xitoyda – 95, Kanadada – 46, Braziliyada – 43,2 mln.ga tashkil etgan. Dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlar may- doni 397 mln. ga, aholi manzilgohlari – 18,8, shundan shahar- lar joylashgan hududlar – 7,8, qishloq aholi punktlari – 11,0 mln. ga maydonni egallaydi. Jahon miqyosida alohida muho- faza qilinadigan hududlar (qo‘riqxona, milliy bog‘, buyurtma qo‘riqxona kabilar) – 34,1 mln. ga teng. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling