Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Yer resurslaridan foydalanish
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
5.1. Yer resurslaridan foydalanish
Umummilliy boyliklarimiz orasida yer, jumladan, tuproq- ning ahamiyati beqiyos. Tuproqning qashshoqlanishini geoekologlar ta’birida sho‘rlanish, cho‘llanish, sahrolanish, eroziyaga uchrash kabi atamalar bilan qo‘shib izohlanadi. Bir so‘z bilan aytganda, kam unumdorlikka ega yerlar qashshoq yerlar sirasiga kiradi. Tuproq – Yer qobig‘ining eng ustki unumdor qatlami. Tuproqning unumdor bo‘lishida tirik mavjudotlar, ayniqsa, mikroorganizmlarning o‘rni katta. Ular hayot faoliyati va halok bo‘lishi natijasida tuproqni mineral hamda organik moddalar bilan boyitadi. Tuproq barcha tabiat unsurlari bilan birga murakkab geoekologik tizimni vujudga keltiradi va unda hayot davom etishini ta’minlashdek muhim vazifani bajaradi. Uni muhofaza qilish kompleks tarzda, ya’ni tuproq degradatsiyasini oldini oluvchi, odam va hayvonlarga zarar bermaydigan, atmosfera havosi va suvlarni ifloslanishiga olib kelmaydigan tadbirlar qo‘llaniladi. Ma’lumki, uzoq yillar davomida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida hosildorlikni oshirish uchun yerlarni haddan tashqari ko‘p mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, ekinlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish maqsadida zaharli kimyoviy vositalardan foydalanib kelingan. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Xususan, O‘zR Birinchi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi 81 «Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining «Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori shular jumlasidandir. Shunga ko‘ra, davlat dasturi qabul qilingan bo‘lib, unda melioratsiya ishlarini tizimli amalga oshirish o‘z ifodasini topgan. Unga asosan yerlarning holatini o‘rganish, meliorativ inshootlar qurish, ta’mirlash, tiklash bo‘yicha loyiha—qidiruv ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, Yer osti sizot suvlari tarkibi, joylashuvi va miqdorini o‘rganish, nazorat qilib borish, tuproqning sho‘rlanish va boshqa ta’sirlar natijasida tarkibining o‘zgara boshlashi bilan bog‘liq amaliy chora-tadbirlar ko‘rilayotgani e’tiborlidir. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling