Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonunchilikda mustahkamlangan asoslar.
- Davlat Yer kadastri
Tuproq melioratsiyasi
– tuproq unumdorligini yaxshilashga qaratil- gan chora-tadbirlar tizimi. Tuproq muhofazasi kuchaytirilgani va zarur meliorativ tadbirlar qo‘llanilgani bois sho‘rlangan yerlar ham yil sayin kamayib bormoqda. Kollektor—zovur qurilishi va rekonstruksiya qilinishi evaziga yerlarning meliorativ holati yaxshilanmoqda. Natijada foydalanishga yaroqli yerlar maydonini yanada kengayib, tuproq unumdorligi ortib, hosildorlik oshishiga sabab bo‘lmoqda. Tabiat in’om etgan tabiiy resurslar ichida Yer o‘ziga xos huquqiy maqomga ham ega hisoblanadi. Qayd etish joizki, yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish uning unumdor qatlami bo‘lgan tuproq muhofazasini ta’minlash bilan birga meliorativ holatni yaxshilashga xizmat qiladi. Qonunchilikda mustahkamlangan asoslar. Yurtimiz musta- qil likka erishgandan so‘ng yerga e’tibor kuchayib, bosqichma- bosqich ravishda sohaning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi va yaratilmoqda. Xususan, 1998-yil 28-avgustda O‘zbekiston 82 Respublikasining «Yer kodeksi», 1998-yil 30-aprelda «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, 1998-yil 28-avgustda «Davlat Yer kadastri to‘g‘risida»gi, 2004-yil 26-avgustda «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunlari qabul qilindi. Hozirgi kunda ushbu Qonunlar davr ta- labidan kelib chiqqan holda takomillashtirib borilmoqda. Davlat Yer kadastri – yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy holati, ularning xillari, sifat ko‘rsatkichlari va bahosi, yerning joylashgan manzili va o‘lchamlari, ularning Yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, ijarachilarga hamda mulkdorlarga taqsimlash to‘g‘risidagi zarur, ishonchli ma’lumotlar va hujjatlar tizimi. O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»da «Yer umummilliy boylik» deya e’tirof etilib, xalqimiz hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarurligi va davlat tomonidan muhofaza qilinishi mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, unda hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, tabiiy muhitni asrash, yuridik va jismoniy shaxslarning Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida Yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iboratligi qayd etilgan. «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunning 17-moddasiga ko‘ra fermer xo‘jaligining majburiyatlariga: Yer uchastkasidan qonun hujjatlarida va ijaraga olish shartnomasida ko‘rsatilgan shartlar asosida, belgilangan maqsadda, samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash, meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlab qolish va oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, biznes-rejada shu maqsad uchun mablag‘lar ajra- tilishini nazarda tutish, uni saqlash shartlariga rioya etish kiritilgan. Mazkur majburiyatlarga amal qilish natijasida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga olib kelmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling