Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Xalqaro geoekologik-huquqiy mexanizm zanjirining «hal qa»-
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik xavfsizlikni geotizimlar doirasida ta’minlovchi xalqaro huquqiy me’yorlar
Xalqaro geoekologik-huquqiy mexanizm zanjirining «hal qa»-
lari quyidagilardan iborat: – ekologik xavfsizlikni geotizimlar doirasida ta’minlovchi xalqaro geoekologik-huquqiy me’yorlarini qabul qilish; – xalqaro tabiat va inson munosabat normalar ijrosini ta’min- lovchi geoekologik-huquqiy hujjatlarni tezkor ravishda ishlab chiqish; – kafillik normalarini yaratish; – geoekologik-huquqiy munosabatlarni tashkillashtirish. Ekologik xavfsizlikni geotizimlar doirasida ta’minlovchi xalqaro huquqiy me’yorlar qat’iy (imperativ) normalardan iborat. Ular globallashuv davrida ekologik siyosatni mujassam- lashtirgan tarzda ifodalanadi. Ekologik xavfsizlik esa kishilar- 77 ning hayotiy ehtiyojlarini qondira oladigan toza, sog‘lom va qulay atrof tabiiy muhit holatidir. Xalqaro tabiat va inson munosabat normalar ijrosini ta’minlovchi geoekologik-huquqiy hujjatlarni tezkor ravishda ish- lab chiqish. Xalqaro shartnomalarda imperativ normalarni ken- gaytirilgan tarzda milliy geoekologik qonunlarda ifodalash. Ushbu me’yor va qoidalar O‘zbekiston Respublikasining «Tabi- atni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunida yaqqol ifoda etil- gan bo‘lib, ular to‘rt ko‘rinishdagi normalardan iborat: prinsip, birlamchi, imperativ, kafillik. Kafillik normalarini yaratish davlatlar va ularning tegishli organlari o‘rtasida yuzaga keladigan, yagona geoekologik maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratiladi. Masalan, transchegaraviy suv obyektlaridan foydalanish muayyan darajada ekologik xavfsizlik talablarini bajarish orqali olib bori ladi. Bu talablar hamma davlatlardan yagona maqsad sa ri o‘z rejalarini tuzish va ularni tatbiq etishga undaydi. Aks holda davlatlarning hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirish imkoniyati bo‘lmaydi. Geoekologik-huquqiy munosabatlarni tashkillashtirishda dav - lat larning yangi energiya manbalarini yaratish na faqat muay- yan millat yoki elatdan, balki mintaqaviy subyektlardan ham, barcha xalqaro jamiyatdan ham, va hatto ki, davlatlarning ekologik ongi hamda madaniyatiga ta’sir etuvchi huquqni muhofaza qiluvchilardan ham hamjihatlikni, ularning bir paytda va o‘zaro kelishil gan tarz da harakat qilishlarini talab etadi. Bu esa yagona xalqaro mintaqaviy geoekolo gik-huquqiy mexanizmning ajralmas halqalaridan biridir. Xulosa qilib aytganda, mintaqaviy geotizimlar miqyosida inson va tabiat munosabatlarini muvofiqlashtirish geotizim- larning tabiiy komponentlariga nisbatan yo‘naltirilgan qoi- dalari geoekologik prinsiplarga yondashgan va chuqur ilmiy asoslangan mexanizmdan iborat ekan. Aks holda Markaziy Osiyo kabi geotizimlar doirasida ekologik xavfsizlikni saqlab ta’minlash juda mushkuldir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling