Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Mineral resurslar:
Marmar va granit. O‘zbekiston hududida 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro konlari topilgan. Oqdan qora ranggacha bo‘lgan xilma-xil bezakbop toshlar olinadigan bu konlar Yevrosiyodagi eng yirik konlar hisoblanadi. Bu konlardagi umumiy zaxira 85 mln. m 3 dan ko‘p bo‘lib, ular toshni qayta ishlaydigan korxonalarni yuzlab yillar davomida xomashyo bilan ta’minlaydi. Ayni vaqtda G‘ozg‘on, Nurota va Zarband konlarida marmar bloklarini zamonaviy texnologiya asosida qazib olish yo‘lga qo‘yilgan. Fosforit. Fosforit konlari asosan Markaziy Qizilqum hududida joylashgan bo‘lib, ular Jeroy-Sardara, Qoraqata va Shimoliy Jetitov konlarida aniqlangan. Birgina Jeroy-Sardara konidagi fosforitlar zaxirasi taxminan 100 mln. tonnaga teng. Bularni qayta ishlash uchun hozir Qizilqum fosforit kombinati qurib, ishga tushirilgan. Tosh tuzi. O‘zbekistonda 5 ta yirik tuz konlari mavjud. Ular: Xo‘jaikon, Tubakat, Borsakelmas, Boybichakon va Oqqala konlari bo‘lib, ulardagi tuzning umumiy zaxirasi taxminan 90 mlrd. t ga teng. Qashqadaryo viloyatidagi Tubakat va Surxondaryo viloyatidagi Xo‘jaikon konida respublikamiz hayoti uchun hali 100 yildan ko‘pga yetadigan osh tuzi mavjud. Qo‘ng‘irot soda zavodi Borsakelmas konining tuzlarini kimyoviy usulda qayta ishlab, kalsiy va kaustik soda ishlab chiqarmoqda. O‘zbekiston qazilma boyliklarga boy mamlakat bo‘lgani holda, bu boyliklardan unumli foydalanish va atrof-muhitning sofligini saqlash borasida yechimini topishi zarur bo‘lgan muammolar mavjud. Shu kunda respublikada 16 ta tog‘- kon korxonalari ishlab turibdi. Ulardan har yili chiqayotgan 103 60 mln. tonnagacha chiqindilar 10 ming ga yerni egallagan. Buning ustiga kon ag‘darmalariga tashlangan chiqindilar biosferani ma’lum darajada ifloslamoqda. Aniqlanishicha, shamolning tezligi sekundiga 5 m bo‘lganida 1 m 2 maydondan sutkasiga 70 kg chang zarralari havoga ko‘tariladi. Masalaning yana bir tomoni – tog‘-kon ishlarida yo‘l qo‘yilayotgan nobudgarchilikda. Shorg‘un ko‘mir konidan olinayotgan xomashyoning 25% tog‘ jinslariga aralashib, atrof-muhitga tashlanadi. Angren ko‘mir konidan chiqadigan kaolinning 10–15% ishlab chiqarishga yo‘naltirilib, qolgan qismi tog‘ jinslariga aralashib chiqarib tashlanmoqda. Bunday holdan ham iqtisodiyot, ham tabiiy muhit zarar ko‘rmoqda. Tog‘-kon ishlarida dunyoning ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash, katta hajmdagi investitsiyalarni kiritib, qo‘shma korxonalar barpo etish, rudalarni ishlab chiqarishga to‘liq jalb etib, ulardagi yo‘ldosh minerallarni ham ajratib olish va shu asnoda ham iqtisodiyotni yuksaltirish, ham chiqindilarni kamaytirish rejalari tuzilmoqda. Bu ishlar juda katta kuch, mablag‘ va vaqtni talab qiladi. Tuzilayotgan rejalar va bajarilayotgan ishlar, shubhasiz, O‘zbekistonni kelajakda rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko‘tarish, o‘zbek xalqining farovon turmushini ta’minlashga poydevor bo‘ladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling