Mavzu: nometall va yonuvchi foydali qazilma konlari


Download 40.82 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi40.82 Kb.
#1495700
  1   2   3   4
Bog'liq
Foydali qazilmalar konlarining sanoat turlari. Nometall va yonuv


MAVZU: NOMETALL VA YONUVCHI FOYDALI QAZILMA KONLARI
REJА:

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

1-§ Nometаll foydаli qаzilmаlаr konlаri
2-§ Yonuvchаn foydаli qаzilmаlаr konlаri

  1. XULOSA

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Foydali qazilmalar xaqidagi ta’limot ma’dan hosil bo‘lishi nazariyasi, ularning yer po‘stida joylashishi qonuniyatlari, ma’dan tanalarining ko‘rinishi va yotishi, tarkibi, struktura va teksturasi hamda foydali qazilmalarning kelib chiqishi va sanoatda ishlatilishi bo‘yicha turlarga bo‘linishi bilan tanishtiradi. Geologiyaning ushbu sohasi boshqa geologik fanlar bilan uzviy bog‘langan va ularning ko‘plariga tayanib rivojlanadi. Masalan, umumiy geologiya, tarixiy geologiya, regional geologiya, mineralogiya va petrografiya, gidrogeologiya va injenerlik (muhandislik) geologiyasi materiallariga tayansa, geofizika, geokimyo, tog‘-texnik va iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqada ish yuritadi. Tabiatda qattiq holdagi foydali qazilmalar ko‘proq uchraydi. Suyuq xiliga neft va suv, gazsimon turiga tabiiy yonuvchi gazlar kiradi. MA’DAN – metall yoki metall birikmalarini ajratib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan mineral hosi-ladir. FOYDALI QAZILMA KONI – ma’lum bir iqtisodiy sharoitda qazib olish foydali bo‘lgan bir yoki bir necha ma’dan to‘plami. Foydali qazilma konlariga sanoat o‘z texnik imkoniyati va qazib olish iqtisodiy afzalligini hisobga olib ma’lum talablar qo‘yadi. Bu talablar «konditsiyalar» deb ataladi. Iqtisodiy sharoit va texnik holati o‘zgarishi bilan konditsiyalar ham o‘zgaradi. Barcha foydali qazilmalar to‘rt katta guruhga bo‘linadi: metall, nometall, yonuvchi va gidromineral foydali qazilmalar. Foydali qazilma deb iqtisodiyotda foydalanish uchun son va sifat jihatdan yaroqli bo‘lgan tabiiy mineral moddaga aytiladi. Foydali qazilmalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy holda yoki biroz ishlov berib so‘ng ishlatish mumkin. Qazib olingan foydali qazilmalar mineral xomashyo deb ataladi. Foydali qazilmalarning muhim xususiyatlaridan biri – ularning tabiatda nihoyat darajada asta-sekinlik bilan hosil bo‘lishidir. Ular ming, yuz ming yillar davomida bunyodga keladi. Shuning uchun ham hozirda ularning zaxiralari dunyo bo‘yicha asta-sekin kamayib bormoqda. 5 Hozirgi paytda dunyoda 150 dan ortiq mineral xomashyo qazib olinmoqda.



Download 40.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling