O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga
Download 9.67 Kb.
|
BILDIRGI STARTAP boshqarmaga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-bandida keltirilgan
- Bosh direktor O. To‘ychiyev
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining 2021-yil 15-oktabrdagi “Startap loyihalarini texnik ekspertizadan o‘tkazish va monitoring qilish tartibi to‘g‘risida”gi 294-son buyrug‘iga asosan Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi startap loyihalarni baholashda texnik ta’minlash va ko‘maklashish, shuningdek, startap loyihalarning monitoringini amalga oshiruvchi Ishchi organ etib belgilangan. Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Bosh direktorining 2021-yil 15-oktabrdagi 21-son buyrug‘iga asosan Ishchi organ tarkibi shakllantirilgan. IV chorak uchun Startap loyihalarning monitoringini amalga oshirish uchun jami 32 ta startap loyihalardan iborat ro‘yxat taqdim qilingan. Joriy yilning 1-fevral kuniga qadar startap loyiha ijrochilari tomonidan Ishchi organga 21 ta loyiha hisobotlari berilgan bo‘lib, 11 ta startap loyiha hisobotlari haligacha taqdim qilinmagan. Startap loyihalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarning 28-bandiga koʻra, loyiha doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot va maʼlumotlar har chorakdan keyingi oyning 15-sanasigacha bo‘lgan muddatda Buyurtmachining Ishchi organiga topshirilmasa, navbatdagi bosqichni moliyalashtirish to‘xtatilishi yoki ushbu shartnomaning 11-bandida keltirilgan shartlar bajarilmasa, ajratilgan mablag‘ning l5 foizi “Buyurtmachi” ko‘rsatmasiga binoan “Moliyalashtiruvchi” tomonidan ushlab qolinishi belgilangan. Shuningdek, mazkur shartnomalarning 31-bandiga ko‘ra, Talabgor tomonidan loyiha doirasida ishlar kalendar reja talablari hamda ushbu shartnoma shartlari asosida bajarilmagan, oraliq bosqichida loyiha hujjatlari va hisobotlari rasmiylashtirilmagan yoki oʻz muddatlarida topshirilmagan holatlarda Buyurtmachining Ishchi organi taqdimnomasiga asosan “Buyurtmachi” qarori bilan loyihani moliyalashtirish to‘xtatilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizdan kelgusida ilovada ko‘rsatilgan startap loyihalar bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘rilgandan so‘ng, qaytadan monitoring o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma berilishi maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz. Ilova___varaqda. Bosh direktor O. To‘ychiyev Download 9.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling