Gurux elementlarining binar birikmalari va sanoatda ahamiyati
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Gurux elementlarining binar birikmalari va sanoatda ahamiyati
GURUX ELEMENTLARINING BINAR BIRIKMALARI VA SANOATDA AHAMIYATI Reja: 1. Oltingugurtni suyuqlantirish pechi 2. Oltingugurt oksidlari, xossalari 3. Kislorodning fizikaviy xossasi Alkimyogarlarning nazariy tasavvurlarida oltingugurt katta rol о‘ynaydi, u tabiatning «asosiy boshlang‘ich» yonilg‘ilaridan eng mukammali sifatida ifodalangan. Oltingugurt yer qobig‘ida ancha kо‘p tarqalgan element hisoblanadi. Tabiatda turli shakllarda tarqalgan. U tug‘ma (erkin) holida ham uchraydi. Tabiiy minerallari ikkiga bо‘linadi: Sulfidlar; sulfatlar. Sulfidlari: FeS2 – pirit, oltingugurtli kolchedan, temirli; FeCuS2 – xalkopirit, mis kolchedani; FeAsS - arsenopirit, mishyakli kolchedan; PbS- galenit, qо‘rg‘oshin yaltirog‘i; Cu2S- xalkozin, mis yaltirog‘i; MoS2- molebdenit, molebden yaltirog‘i; Ag2S- argentit, kumush yaltirog‘i; Sb2S3- stibnit, Surma yaltirog‘i, kulrang surma ma’dani; ZnS – sfalerit, aldama rux; HgS – kinovar; As4S4 – realgar. Sulfatlar: CaSO4 ∙ 2H2O- gips (tabiiy); CaSO4 – angidrit; MgSO4 ∙ H2O- kizerit; BaSO4 – barit, og‘ir shpat; SrSO4 – selistin; KMg(SO4)Cl ∙ 3H2O – kainit. Bulardan tashqari oltingugurt tabiiy kо‘mir tarkibiga, neft va oqsil jism (tana) larida (sochdagi, pat va jundagi keratin tarkibida) S kо‘p bо‘ladi. Fiziologik ta’siri. Oltingugurt hayotiy muhim element, bog‘langan holda u hamma yuqori tartibli organizm (oqsillarning tarkibiy qismi) tarkibiga kiradi. Erkin oltingugurt insonlar uchun zaharli emas, kamroq miqdordagisi bо‘shashtiruvchi sifatida, mayda dispers oltingugurt terining yallig‘lanishiga sabab bо‘ladi (turli davolovchi oltingugurtli malhamlarni ishlatilishi uning shu xossasiga asoslangan), ular teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Oltingugurtning olinishi. Jahon miqyosida olinadigan oltingugurtning deyarli asosiy qismi tug‘ma oltingugurtdan olinadi. Birinchi bosqichda tarkibida qum, shag‘al tuproq va boshqa qо‘shimchalari bо‘lgan ma’dan 140–1500S gacha qizdirilgan suv bug‘lari bilan ishlanadi. Bunda olingan oltingugurt tarkibida qо‘shimchalaridan maxsus pechlarda haydash yо‘li bilan tozalanadi. Bunga oltingugurt qalamchalari deyiladi va sotuvga chiqariladi. Agar B kamerada temperatura 1200S dan yuqoriroq bо‘lsa, oltingugurt tо‘liq suyuq holda bо‘ladi va keyin butunlay qotadi. Uni maydalab olinadi va sotuvga chiqariladi. 2. Kо‘mirni gazifikasiyalashda hosil bо‘ladigan mahsulotlarni «desulfirlash» (suv, havo va yorituvchi gaz) natijasida ham oltingugurt ajratiladi: masalan, havo va aktivlangan kо‘mir katalizatori ta’sirida H2S tarkibidagi S-2 dan S0 gacha oksidlanadi va erkin holda ajralib chiqadi: 2H2S + O2 = 2H2O + 2S H2S ni O2 chala yonishi reaksiyasi balan (reaksiya yuqoridagi kabi), va natriy tiosulfatga kislota ta’sir ettirib: Na2S2O3 + 2HCl = 2NaCl + SO2 + H2O + S↓ yoki ammoniy polisulfidni haydash yо‘li bilan ham oltingugurt ajratiladi: (NH4)2(S5) xaydash t 0 (NH4)2S + 4S↓ Har yili jahon bо‘yicha n.mln tonna oltingugurt ishlab chiqariladi. Oltingugurt sanoatning turli sohalarida: sulfat kislota ishlab chiqarishda, qog‘oz sanoatida, rezina va gugurt ishlab chiqarishda, asosiy xomashyodir. Oltingugurt qishloq xо‘jalik zararkuA idishda qizdirishdan hosil bо‘lgan oltingugurt bug‘lari B kameraga о‘tadi va tez sovutiladi. Natijada oltingugurt idish devorlarida juda mayda zarrachalar holida chо‘kadi. Bu kukunga «oltingugurt guli» deyiladi. Bu kukun holidagi oltingugurt~1200S da suyuqlantiriladi Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling