Gurux elementlarining binar birikmalari va sanoatda ahamiyati
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Gurux elementlarining binar birikmalari va sanoatda ahamiyati
t0C H2S
Muvozanat -3500S da о‘ngga undan yuqori temperaturada chapga siljiydi. Metallar bilan ta’siri (sulfidlar). Oltingurutning metallar bilan hosil bо‘lgan birikmalari yoki vodorod sulfid kislotasining tuzlariga sulfidlar deyiladi. Sulfidlarda oltingugurtning oksidlanish darajasi -2 bо‘ladi. Sulfidlar turli usullarda olinadi. Eng sodda usul S kukunini tegishli metall kukunlari bilan qо‘shib qizdirishdir: Fe + S = FeS Cu + S = CuS Metallik simob bilan oltingugurt suyuq havo temperaturasida ham birikadi. Oltingugurtning bu xossalaridan xonalarga metallik simob tо‘kilganda uni tozalash uchun qо‘llaniladi. Bunda simob tо‘kilgan joylarga qalin oltingugurt kukuni sepib qо‘yiladi. Hg + S =HgS hosil bо‘ladi. Og‘ir metallarning sulfidlari sanoatda muhim ma’danlar hisoblanadi. ( PbS, Cu2S, HgS, FeS2….). Ularni kuydirish yо‘li bilan oksidlarga qaytariladi va oksidlarni qaytarib tegishli metallar olinadi: 2PbS +3O2 = 2PbO +2SO2 (kuydirish); 2PbO + PbS = 3Pb + SO2 (qaytarib kuydirish); yoki PbO + CO = CO2 + Pb Vodorod sulfid. Vodorod sulfid rangsiz gaz (tc=-860C tk=-600C), о‘ziga xos hidli (aynigan tuxum hidli). 1qism H2S 100000 qism havoga aralashgan bо‘lsa ham uning о‘ziga xos hididan bilish mumkin. Vodorod sulfid ancha zaharli uning zaharlovchi tasiri gemoglobindagi temir bilan ta’sir- lashib gemogleobinni kislorod tashuvchi xossasini buzish yoki tо‘la faoliyatini ishdan chiqarish bilan tushuntiriladi. Vodorod sufid amalda temir sulfidga suyultirilgan HCl kislota ta’sir ettirib olinadi. FeS + 2HClc = Fe Cl2 + H2S Vodorod sulfid olishning qulay usullaridan biri kukun holidagi oltingugurtni parafin va maydalangan asbet bilan aralashmasini ( 3 : 5 : 2 massa nisbatlarida) 170S dan yuqori temperaturada qizdirib olinadi. Sovutilganda reaksiya tо‘xtaydi qizdirilganda yana H2S ajralib chiqadi. Daslabki aralashma oldindan tayyorlab qо‘yilib, H2S kerak bо‘lganda ishlatiladi (1gramm aralashma -150 ml H2S beradi). H2S ning kimyoviy tuzilishi oltingugurtda gibridlanishini juda kichik ekanligini hisobga olmasak suv molekulasining tuzilishiga о‘xshaydi. H2S molekulasi suv molekulasiga nisbatan ancha kam qutblangan ( HSH=900). Oltingugurtning nisbiy elektromanfiyligi kislorodnikiga nisbatan kam. Shu sababli vodorod sulfidda vodorod bog‘lanish har qanday agregat holatda ham amalda bо‘lmaydi. Vodorod sulfidning shaxsiy ionlanishi juda kichik, uning ionli kо‘paytmasi (H3S+) ( HS- ) = 10-33 ga teng uning suvdagi eritmasida ionli kо‘paytmasi ancha yuqori: H2S + H2O H3O++HS-, PK1 = 7,3 va PK2=13,8 shuning uchun uning suvdagi eritmasi kuchsiz kislota. Vodorod sulfid kislotasining tuzlari–sulfidlar, og‘ir metallarning sulfidlari suvda erimaydi. Ishqoriy metallarning sulfidlarini suvdagi eritmalari oltingugurtni eritadi va polisulfidlar xosil qiladi. Na2S + S = Na2S2 Na2S + 2S = Na2S3 va h. o. Polisulfidlarda oltingugurt miqdorining ortishi bilan eritmalar rangining intensivligi sariq – zarg‘aldoqdan qizil (Na2S9) ranggacha о‘zgaradi. Polisulfidlarning konsentrlangan eritmalarini ohistalik bilan kislota eritmasiga quyilsa, idish tubida og‘ir yog‘simon suyuqlik polisulfanlar hosil bо‘ladi. Na2Sx + 2HCl = 2NaCl + H2Sx↓ H2Sx – molekulasini hamma a’zolari H2S8 gacha ajratilgan. Polisulfan molekulalari xuddi polisulfid molekulalariga о‘xshab zigzag tuzilishiga ega. Unda oltingugurt atomlari sp3-gibridlanishda bо‘ladi. Zanjir polisulfidlarda metallar bilan polisulfanlarda esa vodorod atomlari bilan tugallanadi: H S S S S S S H Kimyoviy tuzilishi bо‘yicha faqat disulfanlar farq qiladi, ular vodorod peroksid bilan analogdirlar: H S S H 910 920 Polisulfanlar suvda kislota, shu bilan birga kislota kuchi, po lisulfid ionida S 2x oltingugurt atomining sonini ortishi bilan ortib boradi. Masalan, H2S4 tetrasulfon kislotasi sirka kislotasidan kuchliroq, vodorod sulfidga nisbatan esa juda kuchli hisoblanadi. Polisulfidlar polisulfanlarga nisbatan barqaror hisoblanadi, ular oksidlovchi va qaytaruvchi xossalarini namoyon qiladi. Polisulfidlarning ishlatilish sohasi turli tumandir. Ishqoriy metallarning, ammoniy va kalsiy va bariyning polisulfidlari insektofungidsidlari – qishloq xо‘jalik ekinlarining zararkunandalari hamda kasalliklariga qarshi kurashuvchi kimyoviy preparatlar sifatida ishlatiladi. Pо‘latdan va chо‘yandan yasalgan buyumlarni korroziyaga chidamligini oshirish uchun ularning sirti ammoniy, kaliy va natriy polisulfidlari bilan sulfirlanadi va qoraytiriladi. Natriy va kaliy polisulfidlari aralashmasi (oltingugurt jigari) bilan kо‘nchilik sanoatida terilardan junni tо‘kishda foydalaniladi. Oltingugurt jigarining ta’siri nafaqat uning kuchli ishqorliligida balki oksidlovchi ta’sirida hamdir. Bulardan tashqari polisulfidlar su’niy kauchukning ayrim turlarni sintez qilishda ishlatiladi. Ishqoriy va ishqoriy–yer metallarining sulfidlari hamda ammoniy sulfid suvda yaxshi eriydi. Qolgan sulfidlar eritmalardan (hatto nordon eritmalardan ham) harakterli rangda suvda erimaydigan chо‘kma holida ajralib chiqadi: Masalan: FeSO4 + (NH4)2S = FeS↓ + (NH4)2SO4 2BiCl3 + 3H2S = Bi2S3↓ + 6HCl Cu(NO3)2 + H2S = CuS↓ + 2HNO3 Quyidagi sulfidlar nordon eritmalardan vodorod sulfid yordamida chо‘ktiriladi: HgS, Ag2S, PbS, CuS – qora rangli; SnS, Bi2S3 – jigar rangli; As2S3, As2S5, SnS2, CdS – sariq rangli; Sb2S3 , Sb2S5- zarg‘aldoq rangli; (HgS – tabiatda qizil qon rangda uchraydi, unga kinovar deyiladi) Quyidagi sulfidlar ammiakli eritmalardan ammoniy sulfid (NH4)S2 ta’sir ettirib chо‘ktiriladi: FeS, NiS, CoS – qora rangli; MnS – binafsha rangli; ZnS- oq rangli; (NH)2S – mо‘l bо‘lganda tushgan chо‘kma eriydi va eruvchan tio tuzlarni hosil qiladi. SnS2, Sb2S5, Sb2S3, As2S3, As2S5, MoS3, WS3, V2S5. Alyuminiy (III), temir (III) va xrom (III) sulfidlarning suvli eritmalarini olib bо‘lmaydi, ular suvda gidrolilanib sulfidlar о‘rniga juda kam eriydigan oq Al(OH)3, qо‘ng‘ir Fe(OH)3, kulrang –havorang Cr(OH)3 lar hosil qiladi va vodorod sulfid ajraladi. Masalan: Al2(SO4)3 + 3(NH4)2S + 6H2O = 2Al(OH)3↓ + 3(NH4)2SO4 + 3H2S↑ Buning sababi, reaksiyada dastlab hosil bо‘ladigan Al2S3, Fe2S3 va Cr2S3 tuzlari juda kuchsiz asos va kuchsiz kislota (H2S) dan hosil bо‘lganliklari uchun ular tо‘liq qaytmas reaksiya bilan gidrolizga uchraydi: Al2S3 + 6H2O = 2Al(OH)3↓ + 3H2S↑ Shu sababli bunday tuzlar faqat quruq usulda olinadi: 2Al + 3S = Al2S3 О‘z navbatida oltingugurt ishqorlarning qaynoq eritmalarida disproporsionirlash reaksiyasiga kirishadi: 3S0+ 6NaOH = 2Na2 2 Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling