Gurux elementlarining binar birikmalari va sanoatda ahamiyati
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Gurux elementlarining binar birikmalari va sanoatda ahamiyati
Oltingugurtni suyuqlantirish pechi va qolipchalarga quyilib sovutiladi.
Bulardan tashqari oltingugurt uglerod disulfid (CS2) natriytiosulfat, oltingugurtli bо‘yoqlar, ultramarin kо‘ki kabi moddalarni olishda ham ishlatiladi. Toza oltingugurt zaharsiz. U kam miqdorda iste’mol qilinishi ichki yaralarni sо‘rilishiga va qisman gemorroyni tuzalishiga foyda qiladi. Fizikaviy xossasi. Toza oltingugurt sariq kristallik modda,zichligi r 2,07 g/sm3, ts = 1190S, tq = 4450S. U issiqlik va elektr tokini juda yomon о‘tkazadi. Oltingugurt suvda erimaydi. Uning uchun yaxshi erituvchi CS2 dir. Allotropik modifikasiyalari. Oltingugurt erkin holda har xil uzunlikdagi molekulalardan tuzilgan (S , S12, S8, S6 S2 va boshqalar) va bu molekulalar har xil usullarda tartiblanadilar, shuning uchun oltingugurt bir qancha modifikasiyalarda mavjud bо‘ladi. Uy temperaturasida oltingugurt a - kо‘rinishda bо‘ladi (rombik modifikasiya), u sariq mо‘rt kristallar, hidsiz. 960S dan yuqoriroq temperaturada a -oltingugurtni asta-sekin b -oltingugurtga aylanishi sodir bо‘ladi. (monoklinnik modifikasiyasi), u deyarli oq kristallik plastinkalaridan iborat. a va b oltingugurtlarni suyuqlanish temperaturalari tc=112,80C va tc=119,30C muvofiq ravishda. b –oltingugurt zichligi r 1,96 g/sm3. Bu ikki modifikasiyalar bir-birlaridan kristallik strukturalari bilan farq qiladi. Oltingugurtning suyuqlanishi uning hajmini sezilarli darajada (~15 % ga) ortishi bilan kuzatiladi. Suyuqlangan oltingugurt sariq, oson harakatlanuvchan suyuqlik, u 1600S dan yuqoriroq haroratda qо‘ng‘irlashadi va 1900S dan tо‘q jigarrangli qovushqoq massaga aylanadi. 1900S dan yuqori temperaturada quvushqoqligi kamayadi va ~4000S da suyuqlangan oltingugurt tо‘q jigar rangda qolib, yana oson harakatlanuvchan suyuqlikka aylanadi. Qizdirilganda sodir bо‘ladigan bu о‘tish (aylanish) xossalari oltingugurtni ichki tuzilishini о‘zgarishi bilan bog‘liq. Quyidagi rasmda oltingugurtning holat diagrammasi keltirilgan. M i i i eeei ee S Cyt e S I eoei aoaoeo i aeeaee 112,80 119,30 95,40S da a - oltingugurt monoklinnik b -oltingugurtga о‘tadi, uning suyuqlanish temperaturasi 119,30S, ikkala modifikasiyadagi oltingugurt siklik tojsimon S8- molekulalaridan tuzilgan. a va b modifikasiyadagi oltingugurtlar kristallaridagi S8 molekulalarini о‘zaro joylanishlari bilan farq qiladi. S8 molekulasida oltingugurt atomlari sp3 gibridlanish holatida bо‘ladi va bir-birlari bilan kovalent bog‘lar bilan bog‘langan. Oltingugurt uchun odatdagi sharoitda 8 atomli xalqali molekula harakterlidir. 2,05 A0 1080 S8 molekulasining tuzilishi 1600S dan yuqori temperaturada xalqaning uzilishi sodir bо‘lib,ochiq zanjir hosil bо‘ladi (qovushqoqlikni ortishi va rangni о‘zgarishi kuzatiladi). Keyinchalik 1900S dan yuqoriroq temperaturagacha qizdirilganda zanjirning (S ) о‘rtacha uzunligi kamayadi, natijada suyuqlanmaning qovushqoqligi yana kamayadi. Suyuq oltingugurt 444,60S da qaynaydi. Suyuqlangan oltingugurt sovuq suvga quyilsa, suyuqlanmani о‘ta sovishi sodir bо‘ladi va sariq-jigar rangli, rezinaga о‘xshash pichoq bilan kesiladigan plastik oltingugurt hosil bо‘ladi (a va b - oltingugurt aralashmasi), u havoda bir necha minut ichida sarg‘ayadi, loyqa rang va mо‘rt bо‘ladi. Oltingugurt bug‘larida 9 muvozanatlarning о‘rni bor. S2 molekulasining tuzilishi O2 molekulasi tuzilishiga о‘xshaydi. Bо‘shashtiruvchi MO. p 3p da joylashgan 2 ta toq elektronlari S2 molekulasi paramagnit xossasiga ega qolgan hamma hollarda oltingugurt molekulalari diamagnitdir. Oltingugurtni kimyoviy xossasi. Oltingugurtning holat diagrammasi Sovuqda oltingugurt ancha inert (faqat ftor bilan kuchli darajada birikadi), qizdirilganda kimyoviy aktivligi ortib boradi va xlor hamda brom bilan (yod bilan emas) ta’sirlashadi, kislorod, vodorod va metallar bilan ham birikadi. Metalmaslar bilan ta’siri. Oltingugurt kislorod, galogenlar va oksidlovchi kislotalar (HNO3, H2SO4 kons) ta’siridan yaxshi oksidlanadi. S +O2 = SO2 S + 2H2SO4 (kons) = 2SO2 + 2H2O S + 3F2 = SF6 S + 2HNO3 (kons) = H2SO4 + 2NO SF6 – rangsiz, hidsiz zaharsiz gaz. Kimyoiy jihatdan inert. Gaz holidagi izolyator sifatida yuqori qurilmalarda ishlatiladi. 2S + Cl2 = S2Cl2 S2Cl2 odatdagi sharoitda suyuqlik rezina sanaotida ishlatiladi SCl2 SCl4 S2F10 SF4 S2F2 hamda S2Br2 galloidlari ham ma’lum. Galloidli birikmalarini barqarorligi ftordan yodga о‘tgan sari kamayadi. Yodli birikmalarini olish juda ham qiyin. Oltingugurt vodorod bilan odatdagi sharoitda birikmaydi. Qizdirilganda qaytar reaksiya bilan birikadi: H2 + S Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling