Gurux elementlarining binar birikmalari va sanoatda ahamiyati
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Gurux elementlarining binar birikmalari va sanoatda ahamiyati
tiosulfatlar hosil bо‘ladi:
Na2SO3 + S = Na2S2O3 Tiosulfat kislota kuchi bо‘yicha sulfat kislotaga yaqinlashadi. Tiosulfat ioni ozgina buzilgan tetraedr, chunki S – S bog‘i S – O bog‘iga nisbatan uzunroq: S S O O O 0,197 0,148 2- Tiosulfatlar hatto kuchsiz oksidlovchilar bilan ham oksidlanadilar: 2Na2S2O3 + I2 = Na2S4O6 + 2NaI Yuqori temperaturada va katalizator ishtirokida SO2 da oltingugurt +4 dan kislorod bilan oltingugurt uch oksid (SO3) gacha oksidlanadi (SO2 ni katalitik oksidlash ) 2SO2 + O2 = 2SO3 kat, V2O5, t = 4500C SO3 - uch xil modifikasiyada bо‘ladi. 1. gaz holida monomer SO3 2. eng barqaror a - SO3 shoyidek yaltiroq ignasimon havoda kuchli hidli, tc=400C, suv bilan shiddatli birikib sulfat kislota hosil qiladi. 3. muzga о‘xshash g – SO3 modifikasiyada , tc = 16,80C, tq= 44,80C. Bug‘ holida SO3 molekulasi tо‘g‘ri uchburchak shaklida bо‘lib markazda S atomi sp2 gibridlanish holatida bо‘ladi: S O O O 1200 S O O O S O O O O S O O 0,140 0,160 Monomer trimer SO3 suyuqlik holida trimerlangan (SO3)3 bо‘ladi. Ularda oltingugurt atomlari sp3- gibridlangan bо‘ladi va kislorod atomlari bilan tetraedr hosil qiladi. Tetraedrlar bir–birlari bilan kislorod kо‘priklari orqali bog‘langan bо‘ladi. SO3 qattiq holatda geterozan- jirli polimer strukturasiga ega. O O O O S S S O O O O O O 0,163 0,141 358 SO3 ning suvda erishi issiqlik chiqishi ( H0 298= -62,7 kj/mol) bilan sodir bо‘ladi va sulfat kislota H2SO4 hosil bо‘ladi: SO3 + H2O = H2SO4 Laboratoriyada SO3 kaliy pirosulfatni K2S2O7 parchalab olinadi. K2S2O7 t0C K2SO4 + SO3 Sulfat kislota, uning xossalari va kontakt usulida olishning kimyoviy asoslari Suvsiz sulfat kislota, monogidrat deb ham ataladi, qovushqoq yog‘simon suyuqlik, hidsiz va rangsiz. Monogidrati deyarli elektr tokini о‘tkazmaydi, uning shaxsiy ionlanishi juda kichik. Suv bilan istalgan miqdorda aralashadi. Suvdagi eritmasida ikki negizli kuchli kislota (rK1= -3 va rK2 = 2): H2SO4 → H+ + HSO 4 gidrosulfat ioni faqat konsentrlangan eritmalardagina bо‘ladi. HSO 4 H+ + SO 24 H2SO4 molekulasining kimyoviy tuzilishi buzilgan tetraedrga javob ______________beradi. Gidrosulfat ionida (HSO 4 ) kattaroq darajada buzilgan tetraedr. Sulfat ioni SO 24 - ioni tо‘g‘ri tetraedr shakliga ega, unda hamma masofalar va bog‘lararo burchak teng qiymatli: S O HO O HO S HO O O O S O O O O 2- Konsentrlangan sulfat kislota–kuchli oksidlovchi. Qaytaruvchining kuchiga bog‘liq holda u SO2 gacha, oltingugurtgacha (S) va H2S gacha qaytarilishi mumkin. 2H2SO4(kons) + Zn = ZnSO4 + 2H2O + SO2 ↑ H2SO4(suyul) + Zn = ZnSO4 + H2↑ 5H2SO4(kons) + 8Na = 4Na2SO4 + H2S↑ + 4H2O Sulfat kislota qiyin uchuvchan suyuqlik, u kо‘pgina kislotalarni ularning tuzlari eritmasidan siqib chiqaradi: CaF2 + H2SO4 = CaSO4 + 2HF↑ 2NaCl + H2SO4 = Na2SO4 + 2HCl↑ 2CH3COOK + H2SO4 = K2SO4 + 2CH3COOH Metallarning kuchlanish qatorida vodoroddan chaproqda turgan metallar suyultirilgan H2SO4 bilan reaksiyaga kirishganda vodorod ajralib chiqadi: Zn + H2SO4(cuyul) = ZnSO4 + H2↑ Ushbu reaksiyadan laboratoriyada vodorod olish uchun foydalaniladi. Suyultirilgan sulfat kislota kuchli kislota xossasiga ega bо‘lganligi uchun metallarning oksidlari, asoslar va tuzlar bilan reaksiyaga kirishadi: Na2O + H2SO4 = Na2SO4 + H2O Al2O3 + 3 H2SO4 = Al2(SO4)3 + 3H2O 2KOH + H2SO4 = K2SO4 + 2H2O Zn(OH)2 + H2SO4 = ZnSO4 + 2H2O Konsentrlangan sulfat kislotasi S, P, C kabi metalmaslar bilan qizdirilganda ta’sirlashadi: 2 H2SO4(k) +S = 2H2O + 3SO2↑ 2 H2SO4(k)+ C = 2SO2↑ + CO2↑ + 2H2O Sulfat kislotasining tuzlariga sulfatlar deyiladi. PbSO4, CaSO4, SrSO4 va BaSO4 lar suvda juda kam eriydi. Kо‘pchilik boshqa sulfatlar suvda oson eriydilar. Kо‘pgina sulfatlar yer qobig‘ida minerallar sifatida uchraydi (CaSO4, SrSO4, BaSO4 vaNa2SO4 ……..). Na2SO4.10H2O– (glauber tuzi), MgSO4 . 7H2O – eksomit(achchiq yoki angliya tuzi) tuzlari muhim tabiiy minerallaridir. Sulfatlar eritmalardan о‘zlarida bir qancha suv molekulalari tutgan kristallogidratlar kuporoslar holida ajralib chiqadi. Kuporoslar–bu ayrim ikki valentli metallarning sulfatlariga kristallogidratlar deyiladi: FeSO4 ·7H2O – temir kuporosi (och yashil); CuSO4 · 5H2O – mis kuporosi (havorang); NiSO4 ·7H2O – nikel kuporosi (yashil); CoSO4 ·7H2O – kobalt kuporosi (tо‘q qizil); ZnSO4 ·7H2O – rux kuporosi (oq). Achchiqtoshlar. bu ikkilamchi (ikkita) sulfatlarning kristallogidratlaridir. Umumiy formulasi: Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling