Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Huquqiy negilizm
– amaldagi qonunchilik talablarni uning ishtirok-
chi lari tomonidan inkor etilishi.
Umuman olganda, tabiatni muhofaza qilish, bir qaragan-
da, tabiiy resurslardan foydalanishga qarama-qarshi 
yo‘nalishga o‘xshaydi. Lekin geotizimdagi katta yoki kichik 
doiradagi modda va energiya almashinuvi ham tabiiy 
obyektlarning o‘zaro ta’siri, ya’ni foydalanish va muhofaza 
qilish asosida bo‘ladi. Hech qaysi bir tirik mavjudot (xoh u 
hayvonot yoki o‘simliklar dunyosi, 
xoh u mikroorganizm 
yoki nanoorganizm, xoh u inson yoki jamiyat bo‘lsin) atrof 
tabiatdan foydalanmasdan turib hayot kechira olmaydi. 
Muayyan geoekologik me’yordagi bu harakatlar geotizimlarni 
bexatar darajada ushlab turuvchi zaruriy hodisa va jarayonlar 
turkumiga kiradi. Bundan, bir vaqtning o‘zida, ham tabiatni 
muhofaza qilish, ham foydalanish qoidalari kelib chiqadi.
Shunday qilib, insonlarning tabiatga nisbatan yo‘naltirilgan 
konsepsiyasi mintaqaviy geoekologik prinsiplarga yondashgan 
va chuqur ilmiy asoslanganlikni talab etadi. Chunki inson 
tabiatning bir bo‘lagi, lekin uning teskarisi emasdir. Demak, 
mintaqaviy miqyosda davlatlarning tabiat unsurlariga nisbatan 
yo‘naltirilgan qoidalari geoekologik prinsiplarga yondashgan 
va chuqur ilmiy asoslangan mexanizmdan iborat bo‘lishi talab 
etiladi. Aks holda insoniyatning «yagona uyi
– Yer sayyorasi»ni 
barqaror saqlab turish, qo‘shnichilik munosabatlarini esa 
mo‘tadil ushlab turish qiyin kechadi.
Hududiy geoekologik muammolarning vujudga kelishi va 
ularning yechimi. Hududiy geoekologik muammolar sayyora-


59
mizning ayrim yirik tabiiy chegaralarga ega bo‘lgan nisbatan 
katta bo‘laklariga xos bo‘lsa-da, ular soni ham tobora ortib 
bormoqda. Hududiy geoekologik muammolar joylarning o‘ziga 
xos tabiiy sharoitlari, mavjud resurslardan noto‘g‘ri foydalanish, 
sanoat chiqindilarining suv havzalariga va atmosferaga haddan 
tashqari ko‘p chiqarilishi, yer-suv va yaylovlardan noto‘g‘ri 
foydalanish oqibatida kelib chiqmoqda. Ushbu muammolar 
alohida hududlargagina tegishli bo‘lsa-da, ularning ekologik va 
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari g‘oyat ulkan, ularni o‘z vaqtida hal 
qilmaslik kelajakda keng miqyosdagi kutilmagan og‘ir ekologik 
kulfatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Hududiy muammolar tarkib topishi jihatidan oddiy va 
murakkab toifadagi geoekologik hodisalardan iborat bo‘ladi. 
Murakkab geoekologik hodisalarning yechimi ham murakkab 
bo‘lib, ko‘p vaqt talab qiladi. U tobora murakkablashishi va 
yangi hududlarni egallash yo‘nalishida rivojlanadi. Oddiy 
hududiy geoekologik muammolar ham makonda va vaqt 
mobaynida o‘ta murakkablashuvi oqibatida murakkab 
tusga aylanishi mumkin. Hududiy geoekologik muammolar 
O‘zbekiston, xususan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun 
xam xos bo‘lsada, ular to‘grisida tegishli boblarda alohida, 
batafsilroq, to‘xtalishni lozim topdik.
Xuddi shunday va shunga o‘xshash og‘ir ahvol Qora, 
Kaspiy, Orol dengizlari, Balxash, Issiqko‘l kabilar uchun ham 
taalluqlidir. Yana ko‘plab yirik daryo havzalaridagi murakkab 
vaziyatlarni ham hududiy geoekologik muammolar toifasiga 
kiritish mumkin. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun 
tezkor choralar ko‘rilishini davr ko‘rsatmoqda. Chunki, 
yuqoridagi dengiz, ko‘l, daryo sohillarida aholi ancha zich 
joylashgan, dunyoga mashhur sog‘lomlashtirish maskanlariga 
boyligi bilan ajralib turishi ko‘pchilikka ayon.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling