Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Konsalting
  – xo‘jalik yurgizuvchi subyektlarga turli masalalar bo‘yi-
cha maslahat (konsultatsiya)lar berish.
Xulosa qilib aytganda, ekologik kadastr, nazorat, monito-
ring, ekspertiza va audit geoekologik boshqaruvning samara-
dorligini oshiruvchi asosiy chora-tadbirlardandir.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Geotizimlarni samarali boshqarish uchun nimalar talab qilini-
shini doskada yozib chiqing va ularga izoh bering.
2. Geoekologik nazorat va geoekologik monitoring farqni ochib 
bering.
3. Dronlardan qanday qilib geoekologik monitoringni yuritishda 
foydalanish mumkin?
4. «Yer sig‘im» va «Ekologik bosim» deganda nimani tushunasiz?
5. Son va sifat geoekologik baholashga aniq misollar keltiring.
6. O‘zbekistonda davlat geoekologik kadastri yuritiladimi?
7. Nima uchun milliy qonunchilik kadastrlarining oldiga «davlat» 
so‘zi qoshib ishlatiladi?
8. Geoekologik ekspertiza deganda nimani tushunasiz?
9. Ishlab chiqarish obyektlarini geoekologik auditlashning maqsadi 
nima?
10. Geoekologik audit kim tomonidan va nima maqsadda amalga 
oshi riladi?


50
3-bob. AMALIY GEOEKOLOGIYA: TUSHUNCHASI, 
MAZMUNI VA MOHIYATI
3.1. Amaliy geoekologiya tushunchasi, maqsadi va vazifalari
Kun sayin o‘sib borayotgan dunyo aholisining soni, uning 
har soniyada ortib borayotgan ehtiyoj darajasi va shu tufayli 
tabiiy resurslarning maksimal ishlatilishi, energetika, qishloq 
xo‘jaligi, ishlab chiqarish, transportni rivojlashtirishda yangi 
texnologiyalarning joriy etilishi, dunyo landshaftining antro-
pogen o‘zgarishi, millatlararo xo‘jalik aloqalarining kengayishi 
va murakkablashishi kabi boshqa ko‘plab omillar kishilik jami-
yati atrofidagi tabiatga juda katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu 
muammolarni hal etish talabi fanlararo ilmiy yangi yo‘nalish 
«Geoekologiya»ning yaratilishiga olib keldi.
Amaliy geoekologiya kursi o‘quvchilarga ekologiya 
sohasidagi bilimlarini atrof-muhitga ta’sir etuvchi antropogen 
omillarni o‘rganish, ularni son va sifat jihatdan baholash va 
olingan ilmiy natijalarni amaliyotda qo‘llash imkonini beradi.
Geoekologiyaning tematik bo‘linmalariga sanoat geoeko lo-
giyasi, qishloq xo‘jalik geoekologiyasi, shaharlar geoekologiyasi, 
tog‘-kon ishlab chiqarishi geoekologiyasi, yirik suv omborlari 
geoekologiyasi, atom elektrostansiyalari joylashgan rayonlar 
geoekologiyasi kiradi. Shunday qilib, bunday kompleks yon-
dashuv orqali birinchi o‘ringa tabiatni maksimal yaxlit tarzda 
asrab qolish muhim ekanligi olib chiqiladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling