Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Download 1,08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geoekologik ekspertiza obyekti
Geoekologik ekspertiza
– geotizimlarda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan kishilik jamiyatining xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini xulo- salash. Geoekologik ekspertizaning asosiy maqsad va vazifalari – mo‘ljallanayotgan xo‘jalik, boshqa xil faoliyatni rejalashtirish hamda amalga oshirishdan avval, ushbu faoliyatni ekologik talab- lar, xususan, fuqarolar sog‘lig‘iga qay darajada ta’sir etishi mum- kinligini, shuningdek, geotizimlarni muhofaza qilish, ularning resurslaridan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning ekologik talablarga javob bera olishi yetarliligi va ilmiy asoslanganligini aniqlashdan iborat. Geoekologik ekspertiza obyekti – geotizimlarga doir davlat reja, dastur va konsepsiyalar, ishlab chiqarish kuchlari, ijtimoiy va iqtisodiy soha tarmoqlari; rivojlantirish loyihalari; barcha turdagi qurilishlar uchun Yer uchastkalari; hujjatlarni tayyorlash va o‘tkazish; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va favqulodda ekologik vaziyat hamda ofat zonalari maqomini berish; shaharsozlik hujjatlari va ularni amaliy qo‘llash mexanizmi. Ular mutaxassislar xulosasiga muhtoj (2.4.1-rasm). 46 2. 4. 1- rasm . G eo ek ol og ik e ks pe rt iz a t u rl ar i, p ri n si pl ar i, o by ek tl ar i, s ub ye kt la ri v a m et od la ri . 47 Geoekologik ekspertiza davlat, jamoat va ixtisoslashtiril- gan firmalar tomonidan o‘tkazilishi mumkin. Lekin dav- lat ekologik ekspertizasidan o‘tish inson faoliyatining yuqorida sanab o‘tilgan barcha jabhalari uchun majburiydir. Shuning uchun ham u maxsus vakolatlangan davlat organlarining turli maqomdagi ekspert bo‘linmalari tomonidan fuqarolar, fuqa- rolar yig‘ini, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat noti- jorat tashkilotlari tomonidan jamoat ekspertizasi o‘tkazilishi mumkin. Geoekologik ekspertiza nuqtayi nazaridan, ular o‘z mablag‘lari hisobiga, davlat ekspertizasidan tashqari mustaqil holda geoekologik ekspertizani o‘tkazishlari mumkin. Faqatgi- na jamoat geoekologik ekspertiza xulosasi tavsiya kuchiga ega bo‘ladi va davlat ekspertiza xulosasini tekshirib ko‘rish hamda sudga da’vo e’tirozi bilan chiqish imkonini beradi. Jamoat geoekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun fuqa- rolar, fuqarolar yig‘ini yoki jamoat tashkilotlari mustaqil ekspert komissiyasiga «Ekologik oqibat arizasini» berishlari mumkin. Bu arizada ular ikki masalani yoritishlari kerak: ekologik tavakkallikni hisobga olgan tarzda atrof tabiiy muhit holatining buzilish oqibatlari; ekologik zarar oqibatlarini tugatish, geotizimlar holatini tiklash va mo‘tadillashtirish uchun zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rsatishlari kerak. Eks- pert larning vazifasi esa ushbu vaziyat yoki holatni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini isbotlashdan iborat, xolos. Agar jamoat ekspertizasi davlat ekspertizasi xulosasi bilan mos kelmasa, unda ushbu nizoli holat haqida davlat geoekologik ekspertizasini ta yinlovchi davlat organi, prokuratura yoxud sud organlariga murojaat etish orqali masalaga oydinlik kiritiladi. Bozor munosabatlarining o‘ziga xos tomonlaridan biri turli ko‘rinishdagi auditorlik faoliyatini shakllantirishdan iborat. Audit ingliz tilida «audit» – tekshirish, ya’ni buxgalteriya kitoblari, hisobotlari va hujjatlarini taftish qilish, degan ma’noni anglatadi. O‘zbekistonda auditorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish 2000-yil 26-maydagi «Auditorlik faoliyati 48 to‘g‘risida»gi qonun va shu asosda qabul qilingan qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Download 1,08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling