O‘zbekistonda umumiy ekologik nazorat organlari
– Oliy
Majlis (ekologik qonunlar va o‘z qarorlarining bajarilishini
nazorat qiladi), Prezident (ekologik xavfsizlik va davlat ekologik
nazorati xizmatlarini tuzadi, ularning rahbarlarini tayinlaydi
va lavozimlaridan ozod etadi), Vazirlar Mahkamasi (ekologik
qonun va qonun osti normativ hujjatlar, jumladan, dastur, reja
va loyihalarning bajarilishini nazoratlaydi), Mahalliy davlat
hokimiyati organlari (o‘z vakolat doirasida ekotizimlarni muho-
faza qilish masalalari bo‘yicha nazorat ishlarini) olib boradilar.
Respublikamizda maxsus ekologik nazorat organlari
– ekolo-
giya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (geoti-
zimlarni muhofaza qilish, ularning resursla
ridan oqilona
foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan kompleks davlat
nazoratini), Sog‘liqni saqlash vazirligi (geotizimlar sanitariyasi,
gigiyenasi va epidemiologik holati bo‘yicha nazoratni), Yer
qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-
maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat
qilish inspeksiyasi (xalq xo‘jaligi tarmoqlarida Yer osti va usti
mineral boyliklaridan foydalanish ishlarini geotizimlar holatiga
keskin zarar yetkazmaydigan qilib olib borilishini), Ichki
ishlar vazirligi (joylarda ekologik huquqbuzarliklarning oldini
olishga qaratilgan profilaktik nazoratga ko‘maklashish, jamoat
joylari tozaligini nazoratlash, avtotransportdan atmosfera
havosining ifloslanishini va shovqinlanishini nazorat qilish,
tabiiy va xalq xo‘jaligi obyektlarining yong‘inga qarshi turish
holati nazoratini), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (qishloq
xo‘jaligi yer, suv va o‘rmon fondlaridan unumli foydalanish
hamda ularning muhofaza qilinish nazoratini), Yer resurslari,
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi
(yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan
nazoratni) tashkil etadilar va amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |