1-mavzu. Oliy ta’limning normativ-huquqiy asosi sifatida qonun hujjatlari Reja


Download 53.04 Kb.
bet1/4
Sana29.01.2023
Hajmi53.04 Kb.
#1139763
  1   2   3   4
Bog'liq
1мавзу


1-mavzu. Oliy ta’limning normativ-huquqiy asosi sifatida qonun hujjatlari
Reja:

  1. Normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi

  2. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari

  3. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga kiritish tartibi



Tayanch iboralar: huquq manbasi, normativ-huquqiy hujjatlar, normativ-huquqiy hujjatlarning turlari, qonunlar, qonun osti hujjatlari, Konstitutsiya, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, davlat ta’lim standartlari, umumiy o’rta ta’lim muassasalari, nizomlar.



  1. Normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi

Davlat va huquq nazariyasi normativ-huquqiy hujjatlarni huquq manbasi sifatida e’tirof etadi. Huquq manbasi huquqning davlat bilan aloqadorligini o’zida ifoda etadi. Davlat o’z tuzilmalari orqali ijtimoiy munosabatlarga ta’sir o’tkazar ekan, uni huquq manbalari vositasida amalga oshiradi. Huquq manbalari ba’zi adabiyotlarda huquq shakllari tarzida ham qo’llaniladi. Ular qanday nomlanishidan qat’iy nazar, o’z hususiyatlarini yo’qotmaydi.
Huquq manbalari orasida normativ-huquqiy xujjatlar o’ziga xos o’ringa ega. Normativ-huquqiy hujjatlar qadim o’tmishda, asosan davlatni boshqaruvchi monarx tomonidan chiqariladigan, ko’proq yuqori sinf manfaatlariga xizmat qiluvchi hujjat bo’lgan. Monarxlar bunday hujjatlarni qabul qilishda cheklanmagan vakolatlarga ega bo’lgan. Bu ularga mamlakatni o’z xohishlariga ko’ra boshqarishlariga yordam bergan.
Evropada monarxlar vakolatlarini cheklovchi davlat tuzumlarining vujudga kelishi ularning normativ-huquqiy hujjatlarni o’z xohishicha qabul qilishlariga chek qo’ygan. Yangi davrga kelib normativ-huquqiy hujjatlar muayyan shaklga kira boshlagan hamda davlat boshqaruvida ko’proq o’ringa ega bo’lib borgan.
1787 yilda AQSH Konstitutsiyasi qabul qilingandan boshlab bunday hujjatlarning mukammalligi, tizimliligi hamda ularning o’zaro mutanosiblik xususiyatlari qaror topa boshlagan. Hozirgi davrga kelib boshqaruv va ijtimoiy munosabatlarni normativ-huquqiy hujjatlarsiz tasavvur etishning imkoni yo’q. Mamlakatimizda normativ-huquqiy hujjatlar ahamiyatining yuqoriligi uning maxsus qonun bilan tartibga solinishiga olib kelgan. O’zbekiston Respublikasida uning huquqiy maqomi 2012 yil 24 dekabrdagi O’RQ-342-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi Qonun bilan belgilab berilgan. 44 moddadan iborat ushbu qonun o’zida normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risidagi umumiy qoidalar, hujjatlarning turlari va o’zaro nisbati, bunday hujjatlar loyihalarini tayyorlash, ularga qo’yiladigan talablar, e’lon qilish, kuchga kirishi, amal qilishi, hujjatlarning ijrosini tashkil etish va ta’minlash bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risidagi qonunning o’z vazifalari mavjud. (1-rasm).


Download 53.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling