1-mavzu. Oliy ta’limning normativ-huquqiy asosi sifatida qonun hujjatlari Reja


Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari


Download 53.04 Kb.
bet3/4
Sana29.01.2023
Hajmi53.04 Kb.
#1139763
1   2   3   4
Bog'liq
1мавзу

Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari

Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi barchaga berilmagan. Qonunga ko’ra, bunday vakolatli organ va mansabdor shaxslarga quyidagilar kiradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;

  • O’zbekiston Respublikasining Prezidenti;

  • O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi;

  • vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Mazkur ko’rsatilgan boshqa organ va mansabdor shaxslarga normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolati berilmagan. Ular tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilar kiradi:

  • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ;

  • O’zbekiston Respublikasining qonunlari;

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

  • vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari va qarorlari;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Ushbu shakldagi normativ-huquqiy hujjatlar o’z navbatida qonunlar va qonun osti hujjatlarga bo’linadi (3-rasm). Qonun darajasidagi mavqega ega bo’lgan hujjatlar Konstitutsiya, qonunlar va Oliy Majlis palatalari tomonidan qabul qilingan qarorlardan iborat bo’ladi.
Qonunlar eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, xalq irodasini ifodalovchi hamda belgilangan tartibda oliy vakillik organi yoki referendum yo’li bilan qabul qilinadigan oliy yuridik kuchga ega bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlardir.
Qonun osti hujjatlari tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunda belgilangan vakolatlari doirasida qabul qiladigan hujjatlardir. Ular muayyan ijtimoiy munosabatlarni yoki uning doirasiga kiruvchi sohalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi. SHuni ham qo’shimcha qilish kerakki, 2018 yil 18 apreldagi O’RQ-476-sonli Qonunga asosan, O’zbekiston Respublikasida farmoyishlar qonun osti hujjatlar tarkibidan chiqarilgan. Bu farmoyishning boshqa hujjatlardan farqli jihatlari bilan bog’liq.


Download 53.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling