1-mavzu. Oliy ta’limning normativ-huquqiy asosi sifatida qonun hujjatlari Reja
-rasm. Normativ-huquqiy hujjatlar qonunining vazifalari
Download 53.04 Kb.
|
1мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Normativ-huquqiy hujjatlarning xususiyatlari.
1-rasm. Normativ-huquqiy hujjatlar qonunining vazifalari
Mazkur vazifalar normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy ahamiyati, uning ishlab chiqilishiga qo’yilgan talablar hamda ularning ijrosini tashkil etilishi bilan bog’liq munosabatlarga naqadar jiddiy e’tibor qaratilishidan dalolat beradi. Qonunning 3-moddasi normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini aks ettiradi. Unga ko’ra, ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat ko’rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Davlat organlari huquqiy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar chiqarish vakolatiga ega bo’ladi. Davlat organlarining barcha hujjatlarini normativ-huquqiy hujjat sifatida qabul qilish to’g’ri emas. Bunday hujjatlarning o’z xususiyatlari mavjud bo’ladi. Ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: 2-rasm. Normativ-huquqiy hujjatlarning xususiyatlari. Ushbu xususiyatlar ularni huquqni qo’llash va huquqni sharhlash hujjatlaridan farqlaydi. Huquqni qo’llash hujjatlari vakolatli davlat organi yoki mansabdor shaxsning ma’lum yuridik ishlar bo’yicha yuridik fakt yoki huquqiy normalarga asoslanib individual qarorlarni tayyorlash va chiqarishda ifodalanuvchi hokimlik faoliyati mahsuli sanaladi. Bunda normativ-huquqiy hujjatda o’rnatilgan normalar davlat organi yoki mansabdor shaxs tomonidan qo’llaniladi. Fuqarolarni ishga rasmiylashtirish, ularga nafaqa tayinlash, huquqbuzarliklari uchun javobgarlikka tortish yoki amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish kabi holatlarni o’zida ifodalovchi huquqiy hujjatlarni bunga misol sifatida keltira olamiz. Huquqni sharhlash hujjatlariga huquq normalarini to’g’ri anglab olish, ijtimoiy munosabatlarga to’g’ri tatbiq etish, belgilagan darajada ta’sir ko’rsatish imkonini beruvchi hujjatlar kiradi. Ko’pincha matbuotda Prezident Farmonlari, davlat dasturlari, davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan hujjatlarga berilgan sharhlarni ko’ramiz. Ular yuridik tilda yozilgan hujjatni xalq tushunishi uchun uning asosiy jihatlarini tushuntirib berishi bilan ahamiyatlidir. Har uch hujjatni qo’llanilishi bilan bog’liq misol keltiramiz. Tasavvur qilaylik, bir fuqaroning boshqa shaxs bilan mushtlashishi oqibatida uning badaniga shikast yetkazildi. Mazkur ish uchun jazo tayinlanishi holatida har uch hujjat ham ishtirok etadi. Xususan, qasddan badanga shikast yetkazilishi uchun javobgarlikni Jinoyat kodeksi normativ-huquqiy hujjat sifatida belgilaydi. Yetkazilgan shikast darajasiga qarab Jinoyat kodeksining 104, 105 yoki 109-moddasi qo’llanilishi uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007 yil 27 iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo’yicha sud amaliyoti to’g’risida”gi qaroriga, ya’ni huquqni sharhlash hujjatiga murojaat qilinadi. Aniqlangan asos bo’yicha javobgarlikka tortish haqidagi tergovchining qarori yoki sudning jazo tayinlash haqidagi hukmi huquqni qo’llash hujjati sifatida chiqariladi. Bundan ko’rinadiki, normativ-huquqiy hujjatlar huquqni qo’llash va huquqni sharhlash hujjatlariga nisbatan birlamchi asosga ega bo’ladi. Download 53.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling