1-mavzu. Oliy ta’limning normativ-huquqiy asosi sifatida qonun hujjatlari Reja


-rasm. Normativ-huquqiy hujjatlar


Download 53.04 Kb.
bet4/4
Sana29.01.2023
Hajmi53.04 Kb.
#1139763
1   2   3   4
Bog'liq
1мавзу

3-rasm. Normativ-huquqiy hujjatlar
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega bo’lgan hujjat bo’lib, respublikada qabul qilingan barcha huquqiy hujjatlar uning tamoyillari va normalari asosida vujudga kelishi hamda unga mos kelishi shart. Agar Konstitutsiya va boshqa hujjatlar o’rtasida ziddiyatlar vujudga kelsa, Konstitutsiya ustuvor huquqqa ega bo’ladi. Konstitutsiyadan quyiroqda qonunlar turadi. Konstitutsiya ham asli qonun hisoblanib, boshqa qonunlar uning ichidan o’sib chiqadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar ichida kodekslar ham mavjud bo’lib, u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda keng qamrovga ega bo’ladi. Soddaroq qilib aytganda, kodekslar bir necha qonunlar bilan tartibga solish mumkin bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi. Kodekslar o’z mazmun-mohiyati bilan qonun sanaladi. O’zbekistonda hozirda bir necha kodekslar mavjud bo’lib, ularning soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ularning tasdiqlanishi boshqa qonunlar orqali amalga oshiriladi.
Yuridik adabiyotlarda qonunlar turli asoslarda tasniflanadi. Eng keng tarqalgani uning konstitutsiyaviy va oddiy qonunlarga bo’linish shaklidir. Konstitutsiyaviy qonunlar oddiy qonunlardan farqli ravishda, ovoz beruvchilarning 2/3 qismi yoqlab ovoz berganda qabul qilinadi. U davlat tuzilishi hamda davlat, jamiyat va shaxs munosabatlarini konstitutsiyaviy tartibga solishga yo’naltiriladi. Oddiy qonunlar davlat, jamiyat va shaxs munosabatlarining muayyan sohalarini tartibga solishga qaratiladi. Bunday qonunlarni qabul qilish uchun ovoz beruvchilarning 50 foizidan bitta ovoz ko’proq berilishi yetarli bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalari qarorlar chiqarish vakolatiga ega organlar sanaladi. Ularning qarorlari Konstitutsiya va qonunlar asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Qonun osti hujjatlari ichida eng yuqori o’rinda turadigani O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlaridir. Farmon Prezidentning qonunda belgilangan normalar doirasida o’z vakolatlarini amalga oshirish hujjatlari hisoblanadi. Prezident farmonlari qonunlardan tezroq chiqariladi hamda muayyan ijtimoiy munosabatlarni tez fursatlarda tartibga solish imkonini beradi. Qonunlardan farqli ravishda, ular faqat Prezident tomonidan qabul qilinadi.
Prezident qarorlari oliy vakillik organi tomonidan qabul qilingan qonunlar va farmonlar ijrosini ta’minlash maqsadlarida qabul qilinadi. Bunda bajariladigan vazifalar, ularning kim tomonidan bajarilishi kabi asoslar ko’zda tutiladi.
Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining Hukumati hisoblanib, u Oliy Majlis va Prezidentning qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida qarorlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasining hujjatlari ijro hujjatlari sanaladi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar kuyi turuvchi davlat organlari va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun majburiy kuchga egadir.
Vazirlar Mahkamasi tarkibi vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralardan iborat bo’ladi. Mazkur tuzilmalar davlat hokimiyat tizimida mahalliy hokimiyat organlaridan yuqori turadi. Ular o’z vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar qabul qila olishadi.
Vazirlik, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruq va qarorlari Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish yuzasidan qabul qilinadi.
Qaror va buyruqlar bir-biridan farqlanuvchi xususiyatlarga ega bo’ladi. Buyruqlar vazirlar yoki idoralarning rahbarlari tomonidan individual tartibda qabul qilinadi. Qarorlar davlat qo’mitalari tomonidan yoki idora nomidan qaror qabul qilishni mazkur idora kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Qarorlar bitta organ bilan cheklanmasdan boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar bilan o’zaro kelishilgan holda ham qabul qilinishi mumkin. SHuningdek, qarorlar ular o’rtasida qo’shma qarorlar shaklida ham qabul qilinadi.
Hukumat tarkibida mavjud vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar davlatning iqtisodiy va siyosiy strategiyasi hamda xalqaro munosabatlardagi o’zgarishlar, boshqa sabablar asosida qayta tashkil etilishi, ya’ni huquqiy vorislik holatlari vujudga kelishi amaliyoti mavjud. Bunday holatlarda tugatilgan organning vakolatlari qayta tashkil etilgan davlat organiga o’tishi bilan birga normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan ham vorislik vujudga keladi. Huquqiy voris o’zidan avvalgi organning qabul qilgan hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi yoki bekor qilishi yoxud amal qilishini to’xtatib qo’yishi mumkin.
Agar huquqiy vorislik yangi tashkil etilgan organga berilmasa, undan yuqori turuvchi yoki boshqa organga beriladi.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning nomi va maqomi o’zgartirilishining yuz berishi mazkur organ tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga o’zgartirishlar kiritilishiga olib keladi. Hujjatlarda yangi nomga ega vazirlik, davlat qo’mitasi yoki idoraning nomi yoxud maqomi aks etishi lozim. Bunday o’zgartirish kiritilmagan bo’lsa, o’zgartirish kiritilguncha hujjat amalda bo’lishda davom etadi. Mazkur qoida qonunlar va qonun osti hujjatlariga birday amal qiladi.
Davlat boshqaruv tizimida mahalliy davlat hokimiyati organlari munosib o’ringa egadir. Ularning tarkibiga viloyatlar, tuman va shaharlar hokimiyat organlari hamda tegishli tartibdagi xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ma’muriy-hududiy ahamiyatga ega bo’lgan mazkur davlat organlari o’z hududi uchun amal qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi. Ular tomonidan davlat hokimiyatining oliy organlari hamda yuqori turuvchi mahalliy hokimiyat organlari hujjatlari ijrosi yuzasidan va o’z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinadi.
Xalq deputatlari Kengashlari o’z hududi va boshqaruviga oid qarorlar qabul qiladi. Viloyatlar, tuman va shahar hokimlari qaror va farmoyishlar qabul qiladi. Ular boshqa mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda qarorlar chiqarishlari ham mumkin.
Boshqaruv tizimida o’zini o’zi boshqarish organlari ham mavjud bo’lib, ularga mahallalar fuqarolar yig’inlari kiradi. 2013 yil 22 aprelda O’RQ-350-sonli “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi qonunning 8-moddasiga asosan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Bu me’yor uning yuqori turuvchi organlar singari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolatlari mavjud emasligini anglatadi. Fuqarolar yig’inlari mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan birga uni qabul qiluvchi organ tomonidan ushbu hujjatning tarkibiy qismi bo’lgan nizom, yo’riqnoma va boshqa hujjatlar ham tasdiqlanishi mumkin. Mazkur hujjatlar normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan vazifa va qoidalarga aniqlik kiritadi. Bajaruvchilarni aniq ko’rsatmalar bilan ta’minlaydi.
Normativ-huquqiy hujjatlar yuridik kuchi o’zidan yuqori bo’lgan hujjatlarga muvofiq bo’lishi shart. Hujjatlar bir-biriga teng yuridik kuchga ega bo’lgan hollarda, o’rtalarida tafovutlar vujudga kelib qolsa, keyinroq qabul qilingan hujjatning qoidalari amal qiladi.
Download 53.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling