Ish hujjatlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar
Download 51.41 Kb. Pdf ko'rish
|
ish-hujjatlari-va-ularga-qo-yiladigan-asosiy-talablar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISH HUJJATLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR Parvina Abbos qizi Abdullayeva Sabina Qobil qizi Narzullayeva
- Kalit so‘zlar.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1161 ISH HUJJATLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR Parvina Abbos qizi Abdullayeva Sabina Qobil qizi Narzullayeva Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabalari ANNOTATSIYA Hujjatlarning mukammalligi davlat ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi. Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarini hujjatlarsiz mutlaq tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki uning faoliyati aynan ana shu hujjatlar yordamida tartibga solib turiladi va harakatga keltiriladi Kalit so‘zlar. Davlat idoralari, hujjatlar, majburiyatlar, qonun va qarorlar, davlat tartibi, o‘zbek tili, tartib, majburiyat. Ijtimoiy munosabatlar doirasida odamlar, idoralar va tashkilotlar, korxonalar va muassasalar o‘rtasida o‘zaro ish yuritishning ma’lum huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, ular tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi. Hujjatlarning mukammallik darajasi ular bilan ish ko‘radigan kishilarning savodxonlik darajasi, davlatchilik tarixi va davlat ishlarini yuritishdagi mavjud an’analar, ma’lum darajada kishilar o‘rtasida shakllangan nutqiy madaniyat, ayni paytda, bu hujjatlarga bo‘ladigan zaruriyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Hujjatlarni yuritish asosan davlat ishlarini huquqiy asoslarga qo‘yish tarzida amalga oshiriladi. Demak, u davlat yoki davlatlarar bo‘ladigan ma’lum talablar darajasida amalga oshiriladi va dunyoviy an’analarni ham o‘zlashtiradi. Hujjatlarning mukammalligi davlat ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi. Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarini hujjatlarsiz mutlaq tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki uning faoliyati aynan ana shu hujjatlar yordamida tartibga solib turiladi va harakatga keltiriladi. Shuning uchun ham vaqt-vaqti bilan ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilinib boriladi. Masalan, shunday qaror O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo‘mitasi tomonidan 1924-yilning 31-dekabrida qabul qilingan bo‘lib, “Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish ham O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy yerlashdirish hay’ati va mahallalarda muzofot yerlashdirish hay’atlari tuzilish(i) to‘g‘risida” deb nomlangan. Yurtimizning mustaqilligi arafasida (1989-yil 21-oktabr) “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi bu masalani ham huquqiy asosga qo‘ydi. Yangi tahrirdagi Qonunning 9- moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ishning davlat tilida yuritilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi alohida ta’kidlab o‘tildi. Mustaqillikdan keyin esa ish yuritishni takomillashtirish, uni milliy asosga qo‘yish masalasiga yana ham jiddiy e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 51.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling