Fransiyada ta’lim siyosatining olib borilishi
Download 22.34 Kb.
|
Франция
FRANSIYADA TA’LIM SIYOSATINING OLIB BORILISHI Rasmiy nomi – Fransiya Respublikasi. Poytaxti – Parij. Hududi– 551000kv.km.Aholisi – 61024316.Davlat tili – fransuz.Dini – katolik (90%).Pul birligi – evro. Fransiyada savodxonlik darajasi: umumiy savodxonlik – 99%. Erkaklar – 99%.Ayollar – 99%. Ta‘lim tizimiga jalb etilganlar: Umumiy soni – 15 mln. Shundan: Boshlang‘ich ta‘lim – 6-7mln. O‘rta ta‘lim – 4,8-5 mln. Oliy va undan keyingi ta‘lim – 2,5-3 mln. Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta‘lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega. Fransiyada ta‘lim tizimi bosqichlari: • Maktabgacha ta‘lim – 2 -6 yosh • Boshlang‘ich ta‘lim – 6-11 yosh • O‘rta ta‘lim – 11-18 yosh • Oliy ta‘lim va undan keyingi ta‘lim.
Fransiyada ta‘limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta‘minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasbkorga ega qilishdan iboratdir. Mamlakatda maktablar davlat, xususiy, oraliq maktablariga bo‘linadi. O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo‘lib, ularga ajratilgan vaqt dars tarkibining 30 foizini tashkil etadi. Umuman, tarkibdagi 45 foiz darslar gumanitar yo‘nalishda, qolganlari tabiiy fanlardir. Sinflarning o‘rtacha haftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning o‘rtacha soni 35 - 40 ta, o‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi. Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish ertalabki va tushdan keyingiqismlarga bo‘linadi. Ertalab o‘quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Fransiya maktablarida ona tili va adabiyoti hamda matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta‘limi, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi. Ta‘lim tamoyillari asosi XIX asrda yaratilgan va ular hozirgi kungacha amal qilib kelmoqda. Ta‘lim tizimiga har yili davlat byudjetidan 64 mlrd. evro mablag‘ ajratiladi. Fransiyada o‘quvchilar hamda talabalar 15 mln.kishini tashkil qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir. Davlat hududida 7000 ta kollej, 2600ta litsey, 79 ta universitet mavjud. Ta‘lim sohasiga har yili davlat byudjetining 21% mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi A,B,S va mustaqil zonalarga tarmoqlangan, lekin bir markazga bo‘ysunadi. Fransiyada o‘quvchilar hamda talabalar 15 mln kishini tashkil qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir.Davlat hududida 7 mingta kollej, 2600 ta litsey, 79 ta universitet mavjud.Ta‘lim sohasiga har yili davlat byudjetining 21% mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi A,B,S va mustaqil zonalarga tarmoqlangan, lekin bir markazga bo‘ysunadi.
Download 22.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling