Fransiya iqtisodiyoti


Download 134.95 Kb.
bet1/12
Sana19.06.2023
Hajmi134.95 Kb.
#1623877
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-маъруза




      1. Fransiya iqtisodiyoti


Fransiya – G‗arbiy Yevropaning hududi bo‗yicha eng yirik (550 ming km2 atrofida) va YAIM hajmi bo‗yicha dunyoda ettinchi o‗rinda (2006 yil xarid layoqati pariteti bo‗yicha qariyb 2 trln. doll.) turadigan mamlakatidir. Fransiya aholisi 61 mln kishini tashkil qiladi (2007- yil iyul). Aholining aksariyat qismini fransuzlar tashkil qiladi, xorijiy fuqarolar va ularning oila a‘zolari 4 mln kishiga teng, yana 12 mln fransuz esa chet eldan kirib kelgan muhojirlarning avlodlari sanaladi.
Asosiy tabbiy resurslar bu – temir rudasi, toshko‗mir, boksitlar, tabiiy gaz, uran, volfram, talk, qo‗rg‗oshin, qalay, kumush. Lekin shunday bo‗lsada, mamlakat yoqilg‗i va xomashyo resruslari netto-importchisi hisoblanadi. Fransiya uchun shuningdek, dengiz kurortlarining ham, tog‗-chang‗i sporti va alpinizm komplekslarining ham rivojlanishiga imkon beradigan keng doiradagi tabiiy-iqlim sharoitlari xosdir. Fransiyaning boy tarixi va madaniy merosi uni dunyoning xorijiy sayyohlar eng ko‗p tashrif buyuradigan mamlakatlaridan biriga aylantirgan, mamlakat poytaxti Parij esa – E.Xemingueyning so‗zlari bilan aytganda «doim sen bilan bo‗ladigan bayramdir».
XVIII asrda, Buyuk fransuz inqilobi davrida, erkinlik, tenglik va birodarlik g‗oyalari fransuz jamiyati ijtimoiy taraqqiyotining tamoyillariga aylandi. Ikki yuz yildan ortiq vaqt davomida sotsializm va kommunizm ruhini yo‗q qilib yubormagan Fransiya kuchli ijtimoiy kafolatlar tizimi va mehnatkashlarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishi tufayli dunyoning rivojlangan mamlakatlari orasida eng sotsialistik mamlakat unvoniga da‘vogarlik qiladi.
Hozirgi kunda fransuz jamiyatiga quyidagi jihatlar xosdir:

  • sinfiy kurash ruhi, kapitalistik jamiyat qadriyatlarini an‘anaviy ravishda xush ko‗rmaslik;

  • mehnatkashlarning ijtimoiy yutuqlarini kengaytirish uchun kurashayotgan so‗l siyosiy kuchlar va partiyalarning qo‗llab-quvvatlanishi;

  • ishchi va xizmatchilar sindikalizmi, kasaba uyushmalari nufuzining juda katta ekanligi;

  • kosmopolitizm – u Fransiyani mos keluvchi madaniy muhit bilan dunyoning immigratsiya markazlaridan biriga aylantirgan (futbol bo‗yicha mamlakat milliy terma jamoasida kuzatilgan holat fransuz jamiyatidagi holatning bir ko‗rinishi bo‗lib, bu erda Yevropaliklar ham, afrikaliklar ham, Markaziy Amerika vakillari, shuningdek, armanlar diasporasi vakili ham o‗rin olgan).

Kosmopolitizm ruhidagi Fransiya u bilan birga, o‗zining milliy jihatdan aynan o‗xshashligini ham yoddan chiqarmagan bo‗lib, dunyoning fransuz tilida so‗zlashadigan boshqa mamlakatlari va mintaqalari ham qo‗llab-quvvatlanadi. Fransuz tilining sofligi, o‗z madaniyati va an‘analari uchun kurash, fransuz tilida so‗zlashadigan mamlakatlarga ulkan ta‘sir ko‗rsatish – bularning barchasi Fransiyani anglosaksonizm ummonida o‗ziga xos bir mustaqil orolga aylantiradi. Tashqi siyosat masalalarida Fransiya doimo mustaqil, hattoki AQSH manfaatlariga qarshi chiqishga qodir bo‗lgan dunyo tizimi qutbi roliga da‘vogarlik qilgan. Fransiyaga bunday pozitsiya huquqini nafaqat uning madaniyati va iqtisodiy salohiyati, balki harbiy kuchi ham beradi: mamlakat atom quroliga ega, dunyoning eng kuchli harbiy-havo, harbiy-dengiz va komsik davlatlaridan biri hisoblanadi. Axborotlashuv va madaniyatning globallashuvi sharoitlarida ularga raqobatbardosh muqobil variantlarni qarshi qo‗yish qiyin bo‗lgan amerika pop-madaniyat va gollivud kinematografining bosimiga qaramay, Fransiya kino va musiqa (amerikaliklardan farqli ravishda, fransuz qo‗iq madaniyati va kinematografi lirika va mazmunga boy hisoblanadi), teatr va tasviriy san‘at sohasida o‗zining sifatli mahsulotlarini taqdim etmoqda. AQSH dan tabiiy va amaliy fanlar sohasida ortda qolsada, Fransiya an‘anaviy ravishda gumanitar yo‗nalishdagi fanlar (tarix, falsafa, sotsiologiya va politologiya) borasida jahon ilmiy hamjamiyatida kuchli hisoblanadi.
Fransiya Yevropa integratsiya jarayoni asoschilaridan biri hisoblanadi. Bunda
Yevropadagi integratsiya muvaffaqiyatlari Germaniyaning birinchi kansleri Konrad
Adenauerning frankofilligi bilan bog‗liq bo‗lib, u fransuzlarning Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tashkil qilish bo‗yicha tashabbuslarini qo‗llab-quvvatlagan, keyinchalik esa G‗arbiy Germaniya va Fransiya o‗rtasida do‗stona munosabatlarni mustahkamlashga harakat qilgan. Yevropa ittifoqi poytaxtlaridan biri – Strasburg Fransiya hududida joylashgan bo‗lib, Yevropa Kengai va Yevropa parlamenti shu shahardan o‗rin olgan. Ko‗p sonli xalqaro tashkilotlar, xususan, IHTT shtab- kvartirasi Fransiya poytaxtida joylashgan.
Siyosiy tuzumi bo‗yicha Fransiya Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlaridan farqlanib turadi. U unitar davlat, prezident respublikasi hisoblanadi. Amalda esa bu
«qat‘iy hukumat vertikali»ga ega bo‗lgan haqiqiy prezidentlik monarxiyasidir. Fransiya siyosiy tizimining Yevropa ittifoqidagi o‗ziga xosligi shundan iboratki, u 25 mamlakat ichida davlat rahbari va ijroiya hukumati boshlig‗i roli bir kishi – Fransiya Respublikasi Prezidenti qo‗lida mujassam topgan yagona mamlakat hisoblanadi.
Fransiya Prezidenti mamlakatning bosh menejeri, davlat shefi (chef d'Etat), shuningdek, armiya shefi (chef d'arm ee), Konstitutsiyaga ko‗ra, yakka o‗zi urush e‘lon qilish va sulh tuzish huquqiga ega bo‗lgan shaxsdir. U tashqi siyosatni bosh muvofiqlashtiruvchi va Ministrlar kengashi raisidir. Fransuz ministrlari prezident ko‗rsatmalarini ijro etvchilar hisoblanadi, Fransiya bosh vaziri esa davlat shefining ixtiyoriga so‗zsiz bo‗ysunishi shart. Fransiyaning boshqa etakchi mamlakatlardan qonunchilik organlari va bosh mansabdor shaxslarning lavozim vakolatlarini chegaralash sohalari bo‗yicha farqi shundaki, Fransiyada hukumat markazi bu - prezi- dent hisoblanadi, AQSH yoki masalan, Germaniyada mamlakat birinchi shaxsining vakolatlari parlament tomonidan jiddiy cheklab qo‗yiladi. Davlat rahbarining, mohiyatan, diktatorlik vakolatlari fansuz jamiyatida tobora ko‗proq shubhalar uyg‗otmoqda. Mamlakatning turli siyosiy kuchlari hokimiyatning shaxsiy vakolatlarini va prezidentlik mutlaqliligini jiddiy tanqid qilmoqda.
Unitar davlat sifatida Fransiyaning yana bir muhim xususiyati uning moliyaviy- iqtisodiy tizimining markazlashtirilishi hisoblanadi. Mamlakat mintaqalari ularning negizida rivojlanadigan qarorlar hamda makroiqtisodiy qarolar qabul qilinadigan yagona markaz Parij hisoblanadi (o‗z navbatida, Parijda bunday qaror qabul qilish
markazi Elisey saroyi – Fransiya Respublikasi Prezidentining rasmiy qarorgohi hisoblanadi). SHunday qilib, Fransiya poytaxtdan boshqariladi, uning mintaqalari iqtisodiy erkinliklari esa cheklangan. AQSH yoki Sovsem po-inomu obstoyat dela v SSHA ili Germaniyada vaziyat umuman boshqacha bo‗lib, bu erda Vashington yoki Berlinning federatsiya subyektlari – mos ravishda shtatlar va erlar ustidan hukmronligi asosan nominal bo‗lib, mintaqaviy boshqaruv organlari vakolatli iqtisodiy qarorlarni o‗zlari qabul qiladi.
Ko‗rinib turibdiki, Fransiya uchun siyosiy tizimda, eng avvalo, davlat tuzumi tizimida o‗zgarishlar zarur bo‗lib, bu o‗zgarishlarsiz samarali iqtisodiy islohotlarni amalga oshirib bo‗lmaydi. Yevropa iqtisodiy integratsiyasi jarayonining rivojlanishi va globallashuv sharoitlarida Fransiya iqtisodiyoti oldida turgan muammolarni yuzaga kelgan siyosiy tizimda kompleksli ravishda hal qilish amrimahol. Siyosiy va iqtisodiy nomarkazlashtirish, vakolatlarni mintaqalarga berish, qonun chiqaruvchi hokimiyat funksiyalarini kengaytirish - mana shular yaqin kelajakda Fransiya hukumati oldida turgan vazifalar hisoblanadi.

Download 134.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling