Fransiya iqtisodiyoti


Fransiyada boshqaruv kadrlarini tayyorlash


Download 134.95 Kb.
bet6/12
Sana19.06.2023
Hajmi134.95 Kb.
#1623877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-маъруза

Fransiyada boshqaruv kadrlarini tayyorlash


Fransuz boshqaruvchilari o‗z faoliyatini individual aqliy qobiliyatlar qo‗llashni talab qiladigan intellektual chaqiruv sifatida baholaydi. Menejerning rolini va maqomini tushunish uchun Fransiyada boshqaruv kadrlari tayyorlash tizimi haqida tasavvurga ega bo‗lish talab qilinadi, bu erda ta‘lim universitetlardan tashqari oliy kasb maktablari (grandes ecoles), boshqaruv va idora qilish maktablarida (Institut d'Administration des Entreprises, lAE) amalga oshiriladi. Bu maktablar yuqori nufuzga ega bo‗lib, birinchi navbatda davlat xizmatchilarini professional tayyorlashga yo‗naltiriladi. IAE bu – davlat muassasasi, bu erda ta‘lim to‗laligicha Milliy ta‘lim vazirligi tomonidan tartibga solinadi. Oliy va o‗rta bo‗g‗indagi ko‗plab menejerlar – Milliy idora qilish maktabi (ENA) bitiruvchilari bo‗lib, bu erdan butun bir avlod davlat amaldolari hamda iqtisodiyot va savdo rahbarlari etishib chiqqan. Davlat xizmatida ishlagach, ENA bitiruvchilari ko‗pincha davlat kompaniyalari yoki xususiy kompaniyalarda ishlashga o‗tib ketadi.
Shunisi qiziqki, fransuz tilidagi «cadre» so‗zining ingliz tilida aniq bir ekvivalenti yo‗q (har holda, «managers bunday emas), lekin rus tilida mos keladigan ekvivalent - «kadrы», «upravlencheskie kadrы» mavjud. YAxshi ta‘lim olgan, o‗z fikrini aniq bilidra oladigan, miqdoriy usullar borasida ajoyib tayyorgarlikka ega bo‗lgan fransuz boshqaruvchilari (boshqaruv kadrlari) o‗ziga xos bir ijtimoiy guruhni tashkil qiladi, bunga bitiruvchilar bilan aloqalar ushlab turadigan va ularning elita ekanligini ma‘qullaydigan boshqaruv va idora qilish oliy kasb maktablari har tomonlama xizmat qiladi. Mashhur universitetlar va oliy kasb maktablari bitiruvchilarining o‗zlari fransuz siyosati va biznesida jiddiy rol o‗ynaydigan turli jamiyat va ittifoqlar tuzadi. Bundan tashqari, ayniqsa, oliy kasb maktablarida o‗qishga nomzodlarni tanlab olish tiziiga jiddiy e‘tibor qaratiladi. O‗qishga kirish uchun juda katta konkursda g‗olib chiqish uchun o‗rta maktab bitiruvchilri bir-ikki yil mavhum fikrlar qobiliyatini rivojlantiradigan matematikaga jiddiy e‘tibor qaratiladigan tayyorlov kurslarida o‗qiydilar, oddiy universitetga o‗qishga kirish
uchun esa bu narsa odatda talab qilinmaydi. Kimni o‗qiish nimaga o‗qitishdan ko‗ra muhimroq deb hisoblanadi.
Bevosita xususiy biznes uchun menejerlar tayyorlashga keladigan bo‗lsak, ta‘kidlash joizki, beshta eng nufuzli fransuz menejment maktabi, jumladan, Oliy tijorat maktabi (Ecole des Hautes Etudes Commerciales, NES), Iqtisodiy va tjorat fanlari oliy maktabi (Ecole Superieure des Sciences Economiques et Commerciales, ESSEC) va Parij Oliy tijorat maktabi (Ecole Superieure de Commerce de Paris, ESCP) konsorsium tashkil qilib, uning doirasida 2 yilda ingliz tilida MBA diplomi olish mumkin. Eng mashhur fransuz biznes-maktabi Fontenblo Yevropa ishbilarmonlik idora qilish instituti hisoblanadi (INSEAD). Bu maktabning nufuzi juda yuqori bo‗lib, Garvard yoki London biznes maktablari bilan bir qatorda turadi.
Boshqaruv kadrlari tayyorlashdagi yangi tendensiyalar shuningdek, Yevropada Bolonya jarayoni doirasida ikki pog‗onali bakalavr-magistr tizimiga o‗tishni ko‗zda tutadigan oliy ta‘limni unifikatsiya qilish bilan ham bog‗liq.

Download 134.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling