Ish hujjatlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)


Download 51.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana08.11.2023
Hajmi51.41 Kb.
#1757442
1   2   3   4   5
Bog'liq
ish-hujjatlari-va-ularga-qo-yiladigan-asosiy-talablar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1163
dalolatnoma, ishonchnoma, ma’-lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, 
tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot tarzidagi hujjatlar; alohida shaxs yoki 
tashkilotning faoliyatini qamrab oladigan xizmat yozishmalariga taklifnoma, 
telegramma, telefonogramma, modemogramma va turli mazmundagi xatlar kiradi. 
Ma’lum bo‘lyaptiki, ma’muriy-boshqaruv faoliyati doirasida amal qiladigan bu 
hujjatlarning aksariyat qismi rasmiy mazmunga ega. Demak, kim tomonidan 
yozilganlik, ya’ni tegishlilik nuqtayi nazaridangina ariza, vasiyatnoma, tarjimai hol
tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma singarilarni shaxsiy hujjatlar deyishimiz mumkin. 
Aslida ular ham rasmiy mazmunga ega. Hujjat deyildimi, uni rasmiy tushunish va qabul 
qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Quyida litsey va kollej bitiruvchilari ish faoliyati doirasida qo‘llanilishi mumkin 
bo‘lgan eng zarur hujjatlarning rasmiylashtirilish tartibi to‘g‘risida ma’lumot beramiz 
va bunda yuqorida nomi tilga olingan “Ish yuritish” qo‘llanmasidagi ko‘rsatmalarga 
tayanamiz. 
Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham 
turlichadir. Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki vatashqi hujjatlar sifatida 
farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning 
o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki 
ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi. 
Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlar 
ajratiladi. Biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar 
xizmat hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma kabi)ga kiradi. Shaxsiy hujjatlar 
alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki 
jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, 
shikoyat, tavsiyanoma kabi). Bundan tashqari hujjatshunoslikda hujjatlar quyidagi 
jihatlarga ko‘ra ham tasnif qilinadi. 
Mazmuniga ko‘ra: sodda hujjatlar – bir masalani o‘z ichiga oladi; murakkab 
hujjatlar – ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi. 
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra: xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga ko‘ra 
xos, betakror, erkin bayon; namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va 
takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi; qolipli 
(trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. 
Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn 
mazmuni tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga, tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga 
alohida e’tibor berish lozim. 
Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unutmang: 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Download 51.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling