Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Audit – buxgalteriya kitoblari, hisobotlari va hujjatlarni taftish qilish. Geoekologik audit


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Audit
buxgalteriya kitoblari, hisobotlari va hujjatlarni taftish qilish.
Geoekologik audit
geoekologik munosabat subyektlarining 
buxgalteriya kitoblari, hisobotlari va hujjatlarini taftish qilish. 
Auditorlik faoliyati auditor (audit firma)lar tomonidan 
tadbirkorlik faoliyati ko‘rinishida amalga oshiriladi. Geoeko-
logik audit birmuncha o‘ziga xos ko‘rinishga ega.
Geoekologik audit uch xil: 1) ishlab chiqarish geoekologik 
ekspertiza; 2) hududiy geoekologik ekspertiza; 3) geoekologik 
konsalting ko‘rinishda olib boriladi.
Ishlab chiqarish obyektlarini geoekologik auditlash-
ning maq 
sadi geotizimlarni muhofaza qilishga doir talab 
va yo‘riq 
nomalarga korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoli-
yati to‘g‘ri kelishi, geotizimlarni muhofaza qilish tadbirlari 
bo‘yicha tavsiyanomalarni tayyorlash hamda geotizim tabiiy 
resurslaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarni tekshi 
rishdir. 
Bunday tekshiruv ishlarni moliyalashdan avval va nazorat-
lovchi organlar bilan bo‘ladigan nizoli holatlarda amalga 
oshi riladi.
Hududiy geoekologik audit
– aniq bir geotizimlarning 
tabiiy resurs imkoniyatlarini salbiy tabiiy hodisalar hamda 
ularga antropogen jarayonlarning ta’sirini va ularning 
turlarini aniqlashni baholashda qo‘llaniladi. Ushbu ekologik 
audit turiga ko‘chmas mulk va Yer uchastkalari yuzasidan 
bajariladigan operatsiyalar bilan shug‘ullanish; dastlabki 
xulosani shakllantirish va u bilan jamoatchilikni tanishtirish; 
ekspertiza xulosasini taqdim qilish va yuqori vakolatli organlar 
tomonidan tasdiqlash; nizolarni hal qilish kabilar kiradi.
Geoekologik konsalting
shahar va shaharlar aglomeratsiya-
si (to‘plami) ishlab chiqarish texnologiyalari, shaharsozlik, ularda 
yerdan foydalanish huquqlari va boshqa xo‘jalik faoliyati nati-


49
jasida yuzaga keladigan geotizimlar muammolarini moliyalash 
masalalarini tekshirish. Geoekologik konsalting, masalan, geo-
tizimlardan foydalanish va uni egallashga berish borasidagi 
loyihalardan oldin ularni ekologik oqibat bo‘yicha geotizim-
larni xulosalash, mavjud yoki loyihalashtirilgan texnologi-
yalarni ekologik nuqtayi nazardan baholash, geotizimlar 
muhofazasiga doir tadbirlarning samaradorligini baholash
ekologik tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha baholash; ruxsat beruv-
chi hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish va h.k.. 

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling