Boshqarish va nazoratning struktura chizmalari


Download 252.32 Kb.
bet1/3
Sana02.11.2023
Hajmi252.32 Kb.
#1740297
  1   2   3
Bog'liq
4-Амалий


BOSHQARISH VA NAZORATNING STRUKTURA CHIZMALARI
1. Boshqarish va nazoratning struktura chizmalari tasnifi:

  • bir bosqichli va kо‘p bosqichli boshqarish strukturalari. Bir bosqichli markazlashgan va markazlashmagan boshqarish strukturalari.;

  • kо‘p bosqichli boshqarish strukturalari;

2. Boshqarish va nazoratning struktura chizmalari tarkibi;
3. Boshqarish va nazoratning struktura chizmalarining bajarilishi;
4. Asosiy bо‘linmalarning va boshqarish punktlarining shartli belgilanishi:

  • Texnik vositalarning funksional guruxlarining shartli belgilanishi;

  • Texnik vositalar funksiyasini shartli belgilanishi.

Avtomatlashtirish loyixalarini ishlab chiqishda birinchi navbatda obyektimiz qayerdan boshqarilishini, boshqarish punktlari, operator xonalari qayerda joylashishini, ular orasidagi bog‘liqlikni, ya’ni boshqarish strukturasi aniqlanishi kerak.
Boshqarish strukturasini va uning iyerarxiyasini tanlash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar buyurtmachi bilan topshiriq olishda kelishib olinadi.
Umumiy kо‘rinishda avtomatlashtirish tizimining struktura chizmasini qquyidagicha tasavvur qilish mumkin (rasm 5):
Ushbu chizmada boshqarish tizimi qanday boshqarish punktlaridan tashkil topgani qо‘rsatilmagan (ya’ni, bir bosqichlimi yoki kо‘p bosqichlimi).
Bir bosqichli va kо‘p bosqichli boshqarish strukturalari
Bir bosqichli markazlashgan va markazlashmagan hamda kо‘p bosqichli boshqarish strukturalari mavjud.

5-rasm.
Bir bosqichli markazlashgan boshqarishning struktura chizmasini quyidagicha tasavvur qilish mumkin (6-rasm):

6-rasm
Bu chizmada obyektdan boshqarish tizimiga axborot oqimini va boshqarish tizimidan obyektga boshqarish ta’sir signallari kо‘rsatilgan.
Markazlashgan bir bosqichli boshqarish struktura chizmasida aloxida boshqarish punktlari (BP-1, BP-2, BP-3) ishlab chiqarishning aloxida bо‘limlarini boshqaradi.

7-rasm
Bir bosqichli markazlashgan boshqarish tizimlari asosan murakkab bо‘lmagan obyektlarda yoki yaqin joylashgan obyektlarda qо‘llaniladi.
Agar ishlab chiqarish bо‘linmalari bir-biridan uzoqda joylashgan bо‘lsa, unda bir bosqichli markazlashmagan boshqarish tizimlarini qо‘llagan ma’qul.
Murakkab texnologik jarayonlarni boshqarishda boshqarishni optimal tashkil qilish yoki kо‘p bosqichli (iyerarxik) boshqarish tizimlarini qо‘llansa maqsadga muvofiq bо‘ladi (8-rasm.).

8-rasm.
Aloxida texnologik qurilmalar markazlashmagan xolda 1-7 boshqarish punktlari yordamida boshqariladi.
Nisbatan (ma’lum) axamiyatli parametrlar obyektdan ikkinchi bosqich (8-10) boshqarish punktlariga yuboriladi.
Texnologik jarayonlarni qanchalik tо‘g‘ri ketayotganini belgilovchi asosiy parametrlar uchinchi boqich (11) boshqarish punktidan boshqariladi. Boshqarishning struktura chizmalarini RTM 252. 40-76 (rukovodyashiye texnicheskiye materiali minpribora) asosida bajarilishi tavsiya etiladi.

Download 252.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling