"xufiyona iqtisodiyot" fanidan
Download 25.45 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-xuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAYTA O’ZLASHTIRISH MAVZU: Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot xususiyatlari
- Rivojlanayotgan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot sektorining vujudga kelish sabablari. Rivojlanayotgan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot sektorining xususiyatlari.
- Rivojlanayotgan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot sektorining vujudga kelish sabablari. Rivojlanayotgan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot sektorining xususiyatlari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI “PSIXOLOGIYA” FAKULTETI “ IQTISODIYOT” YO’NALISHI “XUFIYONA IQTISODIYOT” FANIDAN QAYTA O’ZLASHTIRISH MAVZU: Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot xususiyatlari Topshirdi: 140-20 guruh talabasi H.Ahmedova Qabul qildi: B.Muxtorov
Rivojlanayotgan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot sektorining vujudga kelish sabablari. Rivojlanayotgan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot sektorining xususiyatlari. Rivojlangan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot mavjudligi va saqlanib qolganligining sabablari. Rivojlanayotgan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot sektorining vujudga kelish sabablari. Rivojlanayotgan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot sektorining xususiyatlari Lotin Amerikasidagi ikki mamlakat (Ekvador, Yamayka), Afrikadagi to‘rt mamlakat (Jazoir, Tunis, Nigeriya, Svazilend) va Osiyodagi bir mamlakat (Tailand) lardagi tadqiqot natijalari bo‘yicha axbortlardan foydalanib D.Mid va K.Morrissonlar ushbu rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznesning legalliligi (ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni to‘lash va mehnat qonunchiligiga rioya qilish) va kapital sig‘imkorligini solishtirishgan. Ushbu tadqiqotning natijalari juda qiziqarlidir. Korxonalarda band bo‘lganlar soniga qarab guruhlashtirib tadqiqotlar olib borish shuni ko‘rsatdiki, o‘rganilayotgan mamlakatlar o‘rtasida kichik korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi bo‘yicha keskin farqlar mavjud. Masalan, Jazoirda deyarli barcha mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar maxsus sertifikatlarga egalar; sertifikati yo‘qlarni qat’iy jazo kutadi. Ekvador va Nigeriyada 10 kishidan kam band bo‘lgan korxonalar eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgandir, 1 ta xodim ishlaydigan korxonalarning deyarli yarmi ro‘yxatdan o‘tkazilgandir. Boshqa mamlakatlarda kichik korxonalarni ro‘xatdan o‘tkazilishi darajasi juda past bo‘lib 25%ga ham yetmaydi (Tunis bundan mustasno). Shundan kelib chiqib, D.Mid va K.Morrisslar quyidagi xulosaga keldilar: “korxona hajmidan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi indikatori sifatida foydalanish bitta xodimli korxonalar bilan chegaralanganda ba’zi mamlakatlarda qo‘l keladi”. Bunday mayda korxonalar ro‘yxatdan o‘tishdan voz kechishmaydi. Bandlar soni oshgan sari ro‘yxatdan o‘tish darajasi oshib boradi (turli mamlakatlarda turlicha darajada). Ba’zi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan soliq to‘lanishi o‘rtasida to‘liq muvofiqlik namoyon bo‘ladi, chunki ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida registratsiya to‘lovi to‘lanadi. Ammo bu hol doimo va barcha soliq to‘lovlari bilan amalga oshmaydi. Masalan, Nigeriyada daromad va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydigan korxonalar soni ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar sonidan ancha kamdir, Svazilend va Tailandda esa aksincha, soliq to‘lovchilarni soni ro‘yxatdan o‘tganlarning sonidan ko‘pdir. Bu hol quyidagini isbotlaydi: “ro‘yxatdan o‘tkazish soliqlar to‘lanishining majburiy va yetarli sharti emas. Ro‘yxatdan o‘tkazish mezoniga asoslanadigan norasmiy sektorni ta’rifi faqatgina korxona registratsiya to‘lovidan tashqari soliqlarni ham to‘lashini qayd etishi mumkin” Mehnat qonunchiligiga rioya qilish mezoni bo‘yicha holat ham bir xillikdan ancha uzoqdir: ba’zi mamlakatlarda (Jazoir, Nigeriya) ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning kamchiligi mehnat me’yorlariga amal qiladi, boshqa mamlakatlarda (Tunis, Svazilend, Tailand) aksincha, norasmiy sektor korxonalari ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsalar ham mehnat kodeksiga amal qiladilar. Bu yana bir bor korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish ularni tartibga solinuvchi tizimga kiritilishini anglatmaydi. Shu sababdan rasmiy va norasmiy biznes o‘rtasida chegara o‘tkazish murakkabdir. D.Mid va K.Morrissonlar mavjud ma’lumotlar kichik biznesda jismoniy va “inson” kapitalining o‘rni to‘g‘risidagi mulohazalarni olib borish uchun yetarli emasligini ta’kidlashadi. “Inson” kapitali haqida to‘xtalsa, Ekvador va Yamaykada tadbirkorlarning yarmidan oshig‘i o‘rta va oliy ma’lumotga egalar, Tailandda bilimlilik darajasi ancha pastdir. Bu ma’lumotlar norasmiy sektorda, asosan, ma’lumotga ega emas odamlar ishlaydi degan tushunchani inkor etadi. Tailand va Tunisda ko‘pchilik (50-70%) kichik korxonalar jismoniy kapitalga investitsiyalarni amalga oshirsalar, Jazoirda esa kamchilik (15-30%) korxonalar bunday investitsiyalarni amalga oshiradilar, bu ushbu mamlakatda norasmiy sektor korxonalarida modernizatsiya jarayonlarini past darajada ekanligidan dalolatdir. D.Mid va K.Morrissonlar xulosasiga ko‘ra “uchinchi dunyo” mamlakatlarining deyarli barchasida ko‘pchilik korxonalar quyidagi umumiy xususiyatlarga egadirlar: band bo‘lganlarni soni kam, soliq va boshqa qoidalarga rioya qilmaslik, past darajada kapital sig‘imkorligi. Ammo bu xususiyatlarning barchasi birdaniga uchramasligi mumkin, shu sabab norasmiy sektorning universal ta’rifini ishlab chiqish murakkablashmoqda. “Norasmiylik”ni o‘ziga xos mozaikaga o‘xshatish mumkin, uning elementlari ichida qonuniy va tasodifiylarini ajratib olish juda murakkabdir. Ushbu holatni e’tiborga olib, tadqiqotchilar tahlilchilarni turli mamlakatlarning ma’lumotlarini tanqidiy baholashlari va har bir holatda norasmiy sektor tushunchasiga qanday mazmun berilayotganing aniq ko‘rsatishlarini so‘rashmoqda. Chunki har bir mamlakatda norasmiy sektorga turli holatda turli mazmun berilmoqda. Har qanday holatda “uchinchi dunyo” tadqiqotchilari norasmiy sektor rivojlanayotgan mamlakatlarda katta ahamiyatga egaligini yakdillik bilan tan olishmoqda. Ba’zi mamlakatlarda u hatto rasmiy iqtisodiyotdan ham oshib ketgan. Download 25.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling