Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»


Download 175 Kb.
bet1/13
Sana02.01.2022
Hajmi175 Kb.
#191335
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6.Normanov Zafar 161-19 (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

IQTISODIYOT KAFEDRASI

«IQTISODIYOT NAZARIYASI» fanidan



KURS ISHI

Mavzu: Ijtimoy-iqtisodiy tizimlar va ularning andozalar.

Bajardi: Normanov Zafar

Qabul qildi: Farmonov Jonibek

REJA:

KIRISH.


1-BOB Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari

1.1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan

turlicha yondashuvlar

1.2. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari

1.3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk

ob’ektlari va sub’ektlari

1.4. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni

2 bob. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari

2.1. Mulkchilik islohotlarining O`zbekistondagi xususiyatlari.

2.2 . O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirish borasida erishilgan natijalar iqtisodiy tahlili.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

KIRISH

Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat



taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy

munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib,

rivojlanib boradi. Shunga ko’ra, mazkur kurs ishida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot

bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning

ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib

chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari

ko’rsatib beriladi.

Ishlab chiqarish har doim ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir

bo’ladi. Shuning uchun bu erda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk

shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida

mulk shakllarining o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin

ajratiladi.

Kurs ishi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga bagishlangan

bo’lib, u kirish, 2 bobdan iborat asosiy qism, xustlosa va foydalanilgan adabiyotlar

ruyxatidan iborat reja asosida tayyorlangan. 1- bob “ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va

mulkchilik munosabatlari” deb nomlanib, u 4 paragrafdan tashkil topgan. mazkur

bobda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy bosqichlari, iqtisodiy tizimlar,

ularning iqtisodiy moxiyati, o’ziga xos xususiyatlari, shuningndek, ijtimoiy￾iqtisodiy tizimlarda mulkchilik munosabatlarining amalga oshish xususiyatlari,

mulkchilik shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni yoritilgan.

2 bob “O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

maqsadi, yo’llari va usullari” deb nomlangan bo’lib, u 2 paragrafdan iborat.

Mazkur bobda mulkchilik islohotlarining O`zbekistondagi xususiyatlari yoritilgan

bulib, iktisodiyotning yangi bosqichga o’tishi jarayonida mulkchilik soxasidagi

yangiliklar, ularning iqtisodiy va ijtimoiy axamiyati yoritilgandir. Shuningdek,

bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida, jaxon iqtisodiy-moliyaviy inqirozi

jarayonida O’zbekistonda mulkchilik munosbatlaridagi o’ziga xos xususiyatlar

to’grisida to’xtanilgan.

Kurs ishini tayyorlash jarayonida prezident asarlari, darsliklar, vaqtli

matbuot materiallaridan va internet saytlari ma’lumotlaridan samarali

foydalanishga harakat qildik.

1-BOB Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari

1.1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan

turlicha yondashuvlar

Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi

kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli

bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat

taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlarni

o’rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda muhim

ahamiyatga egadir.

Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo’lib,

ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

- tarixiy-formastion yondashuv;

- madaniylashish (stivilizastiya) darajasi jihatdan yondashuv;

- texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;

- sostial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi jihatidan yondashuv.

Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formastion yondashuvda

ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga

e’tibor berilgan.

Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish

(iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va

moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda

jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda,

ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar

bilan tabiat o’rtasidagi bog`lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik￾buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning

rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy

ko’rsatkichidir.

Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy

ashyolar bilan emas, shu bilan birga o’zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda

bo’ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab

chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar

bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil

qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o’rtasidagi aloqalar

sifatida namoyon bo’lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita

tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining

xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg`unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan,

mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperastiyalash, ishlab chiqarishning

to’planishi va uyg`unlashtirilishidir.

Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo’ladi. Bu ijtimoiy

shakl ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va

asosini ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo’lgan

hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol

qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab

chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi.

Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish

munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot

darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari

muayyan turining birligi va o’zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.

Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina

o’zaro aloqada bo’lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida

ishlab chiqarish munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo’lgan alohida siyosiy,

huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda

tartibotlarning alohida turlari qad ko’taradi. Ana shularning yig`indisi jamiyatning

ustqurmasini tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va ustqurmaning boshqa

elementlari ham faol rol o’ynaydi, o’zlarini vujudga keltirgan ishlab chiqarish

munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham

aks ta’sir ko’rsatadi.

Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy

formastiyani tashkil etadi

Bu erda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish

munosabatlari mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi

kuchlar bilan ham, shuningdek ustqurma bilan ham har doim o’zaro ta’sirda

bo’ladi. Ikkinchidan, turli formastiyalarda o’ziga xos ishlab chiqarish

munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir formastiyaga mos keluvchi ishlabchiqarish usulini belgilab beradi

Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab

chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formastiyalar ajralib turadi.

Ishlab chiqarish usullari almashinishining klassik namunasi Evropada

namoyish qilingan deb hisoblanadi. Evropa hududida bir-biri bilan almashinib,

ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal va kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi.

Boshqa qit’alarga kelganda esa, bu erda kapitalizmgacha bo’lgan davrda mana shu

marralarning hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo, Afrika, Avstraliyada Evropa

mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha ishlab

usuli deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida

mamlakatlarning katta turkumiga xos bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab

chiqarish munosabatlarining sug`orish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda

tartibga solib turish va davlatning ana shu sharoitlarda alohida roli bilan bog`liq

sifat xususiyatlari aks etadi.

Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni stivilizastiyaning tarixiy rivojlanish

tiplari natijasi sifatida o’rganish ham muhim o’rin tutadi.

«Цivilizastiya» so’zi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni

anglatadi. Bu tushuncha fanga franstuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt

– ikki asr oldin kiritilgan bo’lib, tafakkur va erkinlik hukmron bo’lgan jamiyatlarni

tavsiflash uchun qo’llanilgan. Umuman olganda stivilizastiya rivojlangan

mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil

etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.

Jamiyat taraqqiyotini stivilizastiya nuqtai-nazaridan o’rganishda

stivilizastiyalarning almashuvi nazariyasi muhim o’rin tutadi. Bu nazariya

tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan iborat stivilizastiyani ajratib ko’rsatadilar:

1) davomiylik muddati 30-35 asrni o’z ichiga olgan neolit davri;

2) davomiylik muddati 20-23 asrni o’z ichiga olgan sharqiy quldorlik davri

(bronza asri);

3) davomiylik muddati 12-13 asrni o’z ichiga olgan antik davr (temir asri);

4) davomiylik muddati 7 asrni o’z ichiga olgan erta feodal davri;

5) davomiylik muddati 4,5 asrni o’z ichiga olgan industrlashishdan oldingi

davr;

6) davomiylik muddati 2,5 asrni o’z ichiga olgan industrial davri;



7) davomiylik muddati 1,3 asrni o’z ichiga olgan yuqori industrlashish davri.

Bu qayd qilingan bosqichlardan ko’rinib turibdiki, ushbu nazariyada turli

qarashlar va yondashuvlarni aralashtirish holatiga yo’l qo’yilib, jamiyat taraqqiyoti

bosqichlarini ajratishning aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas.

Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondashuv ham ma’lum bir

oqim xisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro’y berayotgan

o’zgarishlar ko’lami va tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab

chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil etish, mashinalashgan ishlab

chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur deb

hisoblaydilar.

Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va

ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning

texnologik usuli deyiladi.

Ular o’rtasidagi chegaralarni jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari

ajratib turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o’tish asosan

mehnat vositalarining tavsifidagi o’zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan

belgilanadi.

Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida

farqlanadi. Bular oddiy kooperastiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab

chiqarish. Oddiy kooperastiya – bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini

bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum

tartib asosida ishlaydigan kishilar guruhidir. Kooperastiyaning yakka tartibdagi

hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari quyidagilar orqali

namoyon bo’ladi:

1) ko’plab ishchilarning birgalikdagi mehnati ishchi kuchidagi alohida

tafovutlarning yo’qolishiga, ularning sifat jihatidan bir xildalashuviga olib keldi;

2) bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida yoqilg`i, yoritish va

boshqa shu kabi xarajatlarning kam sarflanishi mahsulot birligiga to’g`ri keluvchi

ishlab chiqarish vositalarining tejalishiga olib keldi;

3) birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, mehnat unumdorligini

oshirdi

Manufaktura – bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali

mavjud bo’lmagan sharoitdagi kooperastiyadir. Manufaktura davrida ishlab

chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi. Yalpi ishchi kuchi tarkib topadi,

har bir ayrim xodim esa yalpi ishchi kuchining tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda

oddiy kooperastiyadagidek qo’l mehnatiga va qo’l mehnatiga asoslangan qurolga

tayanadi.

Manufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asboblar vujudga keltirib hamda

ishchini tor operastiyalarni bajarishga bog`lab, yirik mashinalashgan ishlab

chiqarishga o’tish uchun zarur shart-sharoit tayyorlaydi. Bu davrda ishlab

chiqarishni tashkil etish, mehnatning mazmuni va tavsifida, ishlab chiqarishning

butun texnologik usulida, iqtisodiy munosabatlarda va butun ijtimoiy hayotda ham

tub o’zgarishlar ro’y beradi. XVIII asrning so’nggi 30 yili ichida boshlangan

sanoat revolyustiyasi natijasida yirik mashinalashgan ishlab chiqarish vujudga

keldi.

Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda

mashinali mehnatga asoslangan kooperastiyadir. Fabrika ichidagi mehnat

taqsimoti tamomila mashinalarning vazifalari bilan belgilanadi.

Fan-texnika, texnologiya va axborot tizimidagi o’zgarishlarga qarab R.Aron,

Dj. Gelbreyt, U.Rostou va boshqa olimlar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini uch

bosqichga:

-industrlashgangungacha bo’lgan jamiyat,

-industrlashgan jamiyat,

-yuqori industrlashgan yoki axborotlashgan jamiyatlarga bo’lib o’rganishni

tavsiya etadilar.

Bunda ular industrlashgangungacha bo’lgan jamiyatning asosiy belgilari

sifatida

a) aholining asosan qishloq xo’jaligi bilan bandligi;

b) qo’l mehnatining hukmronligi;

v) mehnat taqsimotining juda sayozligi (dehqonchilik, chorvachilik

xunarmandchilik, savdo, boshqaruv va boshqalar);

g) natural xo’jalikning hukmronligini ko’rsatadi.

Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi muhim bosqichi industrlashgan jamiyatning

asosiy belgilari deb:

a) ishlab chiqarishning mashinalashganligi;

b) sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi, unda ishchilar

sonining ko’payishi;

v) shahar aholisining qishloq aholisiga qaraganda ko’payishi va boshqalar.

Taraqqiyotning uchinchi muhim bosqichi yuqori darajada industrlashgan

jamiyatning asosiy belgilari:

a) xizmat ko’rsatish sohasining yuksak darajada rivojlanishi;

b) ishchi kuchining asosiy qismi (60-70%) shu sohada band bo’lishi;

v) fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, fan xodimlarining va

malakali mutaxassislar rolining oshishi;

g) iqtisodiyotning hamma sohalarida va kundalik hayotda axborot va

hisoblash texnikalarining keng qo’llanilishi;

d) tovarlar va xizmatlar sifatiga putur etkazmasdan iqtisodiy resurslarning

hamma turlarini tejash imkonini beradigan yangi texnika va texnologiyalarning

keng qo’llanilishi va boshqalar.

Biz yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, texnika va texnologiyadagi o’zgarishlar

jamiyat taraqqiyotida asosiy rolni o’ynaydi va tashkiliy, boshqaruv tizimlarining,

ishchi-xizmatchilar tarkibining o’zgarishiga, mehnat unumdorligining o’sishiga

olib keladi. Lekin bu texnik o’zgarishlarga qarab bir tomonlama yondashuv bilan

jamiyat taraqqiyoti qonunlarini aniqlab bo’lmaydi. Ayniqsa, iqtisodiy tizimlar va

ularning xarakterini bilishda ham texnik ham ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning

birgalikda olib, ularning o’zaro bir-biriga ta’sirini va shu dialektik aloqadorlik va

ta’sir natijasida sodir bo’ladigan taraqqiyot qonunlarini o’rganish zarurdir.

Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy￾iqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha

ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo’jaligi

va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi

Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni oddiy kooperastiya,

manufaktura, mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori

darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300

yilga, ya’ni tovar xo’jaligi rivoj topgan davrga to’g`ri keladi. Shuning uchun ham

keyingi paytda ko’pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiytizimlarga bo’lib o’rganadilar.

1.2. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari

Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar

majmuasi – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va

iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.

Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab

chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat

qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta

nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va

bozor iqtisodiyoti tizimlari.

An’anaviy iqtisodiyot – deyarli hamma mamlakatlar bosib o’tgan tarixiy

tizimdir. U hozirgi davrda ham ko’plab iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan

mamlakatlarda mavjud bo’lib, ularda urf-odatlar, udumlarga, an’analarga

asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi. Ularda natural yoki mayda tovar

xo’jaligi hukmron bo’ladi. Bu erda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni

taqsimlash vaqti-vaqti bilan o’rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxo’rlik

va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi, ijtimoiy￾iqtisodiy turg`unlik aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy

qilish keskin cheklangan, chunki ular an’analar bilan ziddiyatli hisoblanadi va

ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tug`diradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy

va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi.

Bu erda shuni ta’kidlash lozimki iqtisod muammosini hal qilishning bir xil va

umum tan olingan echimi mavjud emas. Xar xil madaniyat va tarixiy o’tmish, har

xil urf-odat va an’analar, qarama-qarshi mafkuraviy qarashlarga ega bo’lgan turli

jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun turli xil tartiblardan

foydalanadi.

Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim ma’muriy-buyruqbozlik

iqtisodiyoti hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy

aniqrog`i davlat mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan

iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan xarakterlanadi.

Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab

chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy

boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi.

Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim bozor iqtisodiyoti

tizimidir.

Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi erkin

raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo’lib, ba’zi adabiyotlarda uni sof

kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor

iqtisodiyoti bo’lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi.

Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga xususiy

mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni

tartiblashda va uyg`unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan

tavsiflanadi. Bunday tizimda uning ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy

manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar

asosida, o’zlarining daromadlarini eng yuqori darajada etkazishga intiladi. Bozor

tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uyg`unlashtiriladi. Raqobat

sharoitida tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi

shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning ko’plab mustaqil harakat

qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud bo’ladi. Bu erda iqtisodiy jarayonlarga

davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega bo’ladi. Shu sababli davlatning roli,

xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishi engillashtiruvchi

ishonchli huquqiy tartiblar o’rnatishdan iboratdir.

Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda real hayotda bozor

iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini

mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli

yo’nalishlari mavjud bo’ladi, unda rejalashtirish, prognozlash, aholini sostial

himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSh iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin

bozor iqtisodiyotdan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko’rinadi.

Birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo’lida bo’lib, u iqtisodiyotda faol rol

o’ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o’sishi uchun sharoit yaratishda, bozor

tizimi etarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman etkazib bermaydigan

ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini

o’zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo’ladi. Ikkinchidan, sof kapitalizmdan

farq qilib amerika iqtisodiyotiga yirik korporastiyalar va kuchli kasaba

uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud.

Bu erda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor

tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham

bir vaqtda mavjud bo’lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya

iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo’lib

qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan

boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sostializmi deb atalgan sobiq sostialistik

Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo’lgan va bir

vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib

borilgan. Shvestiya iqtisodiyotida ham 90%dan ortiq xo’jalik faoliyati xususiy

firmalarda to’plangan bo’lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va

daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq

Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va

rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan

qo’llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy o’sishga erishmoqda.

1.3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy

mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari

Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy

munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli

hisoblanadi.

Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish

hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.

Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish,

foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan

iqtisodiy munosabatlardir.

Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va

yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim

hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan

amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol￾mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning

iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni

o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish

uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining

mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish,

ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y beradi.

Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari

(egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu

munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli

doirasida ham farqlanishi mumkin.

Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini

o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog`liq va

bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham

huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal

qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy

jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda

foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy»

kategoriya sifatida qoladi.

Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy

jihatdan ro’yobga chiqariladi.

Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga

nisbatan faqat bo’ysinuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab

chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish

jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan

mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari

(egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning

aniqlashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi.

Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini

muhofaza qilish zarurati bilan bog`liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u

tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g`oyat

muhim rol o’ynaydi. Bu rol shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim

ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash

munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish

imkoniyati paydo bo’ladi.

Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab

chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga

(huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun

bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya

qilish usullarini belgilab beradi.

Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib

qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk

ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy

mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar

hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g`in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik

qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan

mahsulot ham unga tegishli bo’ladi.

Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil,

ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli

darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk

sub’ektlari vujudga keladi. Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy

mavqeiga ega bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy

munosabatlar ishtirokchilari bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy

guruhlarga birlashgan bo’ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik

sub’ekti bo’lib chiqadi.

Mulk ob’ektlari va sub’ektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va

huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari – bu

mulk ob’ektini o’zlashtirish bo’yicha mulk sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy

munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin:

Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan

munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib

chiquvchi huquqlar majmuidir:

Mulk sub’ektlari ko’p darajali bo’lib, shu sub’ektlardan birontasi o’zini mulk

egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va

yuzaki tus oladi.

1.4. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni

Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga

davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa

mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy

tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog`liq bo’lgan

mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi

aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi.

Shu sababli «O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g`risida»gi

qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki,

Mulkchilik shakllarining tasniflanishi.

Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni,

avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning

umumlashuvi darajasi bilan bog`liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab

chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy

munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.

Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat

ixtiyorida bo’lgan mulk ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l

bilan hosil bo’ladi:

1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;

2) davlat mablag`lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona

va tashkilotlarda investistiyalarni amalga oshirish.

Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki

umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror

ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport

vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.

O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika

mulkidan va ma’muriy-xududiy (munistipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi.

Er, er osti boyliklari, suv, havo bo’shlig`i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda

boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol￾mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag`lari, oltin

zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.

Ma’muriy-hududiy (munistipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati

mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag`lari, munistipal uy-joy

fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq

ta’limi, madaniyat, sog`liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.

Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar

tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni

bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab

Mulkchilik shakllarining tasniflanishi.

Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni,

avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning

umumlashuvi darajasi bilan bog`liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab

chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy

munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.

Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat

ixtiyorida bo’lgan mulk ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l

bilan hosil bo’ladi:

1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;

2) davlat mablag`lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona

va tashkilotlarda investistiyalarni amalga oshirish.

Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki

umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror

ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport

vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.

O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika

mulkidan va ma’muriy-xududiy (munistipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi.

Er, er osti boyliklari, suv, havo bo’shlig`i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda

boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol￾mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag`lari, oltin

zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.

Ma’muriy-hududiy (munistipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati

mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag`lari, munistipal uy-joy

fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq

ta’limi, madaniyat, sog`liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.

Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar

tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni

bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab

korxona qurishi, akstiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali paydo bo’ldi.

Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat

mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi.

Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining,

akstionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari

va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.

Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy

ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki

uning oila a’zolarining mehnati asosida ko’payadi va rivoj topadi.

Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda

ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga

vujudga keladi va ko’payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk akstiyadan

keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi

manbaalarga asoslanadi.

Shaxsiy mulk ob’ektlari – bu turar joylar, bog`-hovli va uylar, transport

vositalari, pul jamg`armalari, uy-ro’zg`or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka

tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari,

ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. «O’zbekiston

Respublikasida mulkchilik to’g`risida»gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo,

umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo’jalik faoliyatining boshqa

tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki

bo’lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib,

daromad topish yo’lida ishlatilishi mumkin.

Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga

asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.

O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g`risidagi qonunida (7-modda),

xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni

tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk

bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi

Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va

salbiy tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga

ma’suliyatlilik munosabatlarini rag`batlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab

chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug`diradi.

Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan

bo’g`inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini

shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni

mutlaqlashtirish bilan umuman bog`liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab

chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari,

kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga

kelishi mumkin.

Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo

bo’l. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokidao’zlashtirilishini bildiradi.

2 bob. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari

2.1. Mulkchilik islohotlarining O`zbekistondagi xususiyatlari.

Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’p ukladli iqtisodiyotni va

raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan

iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli

respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni

«...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi

bo’lib xizmat qiladi»

deb alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uzoq yillar mobaynida

respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa

davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda

umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi

jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», «birovning

mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.

Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda

davlat sektorining salmog`i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning

ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi.

Shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat

tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g`risida»gi Qonunida (1991 yil 19

noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:

Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini

jamoa, ijara korxonalariga, akstiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan

jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar vatashkilotlarga aylantirishdir.

Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan

yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat akstiyali

jamiyatlarining akstiyalarini davlatdan sotib olishidir.

Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga

qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik

huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan

chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk

shakllarining vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan

amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat

korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab

chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim

tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma

va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini aukstionlarda

kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.

Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga

ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2)

davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo’lib berish

hamda sotishni uyg`unlashtirish orqali xususiylashtirish (4-chizma).

Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos

jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (5-chizma).

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning

hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutstion tarzda e’tirof etildi va davlat

mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p

ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning

turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish

mexanizmlari yaratildi

O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga

yondashuvning muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich

amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi

bosqichini o’z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy

fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq

xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Engil, mahalliy

sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik

korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko’proq ijra korxonalariga,

jamoa korxonalariga, yopiq turdagi akstionerlik jamiyatlariga aylantirildi.

Akstiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.

Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo’jaligining iqtisodiy

jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida

muhim rol o’ynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va

mablag` bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi.

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik

xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni

mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo’lgan muassasalartizimi vujudga keltirildi.

Savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari

xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va

umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog`i davlatga qarashli

bo’lmagan sektorga to’g`ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari

davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining

95 foizdan ortiqrog`i fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi.

Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995

yillarga to’g`ri keldi. Bu bosqichda ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik

jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning akstiyalari respublika qimmatbaho

qog`ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi

bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg`in tashkil qilindi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu

bosqichda ochiq turdagi akstionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini

tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi.

Ko’chmas mulk va qimmatli qog`ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan

samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan

mablag`larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga taziyqini pasaytiradi. Ikkinchi

tomondan, yangi mablag`larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab

chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu erda

shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli

bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida

yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil

kooperativlar, shirkatlar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi kichik

va o’rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.

Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan

chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida

(1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar ro’yxatiga kirmagan barcha

ob’ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.

Xususiylashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning

asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan

mablag`larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investistiyalarni

jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini

to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish

belgilandi.

O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

jarayonlarining hozirgi - beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy

sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g`risida»gi

Farmoni bilan bog`liq. Mazkur Farmon yaqin istiqbolda yo’naltirilgan. Iqtisodiy

nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizastiyalash va

barqaror rivojlantirish uchun to’g`ridan-to’g`ri investistiyalarni jalb etish

maqsadida xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi

joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining

boshlang`ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor

korxonalarni va past likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha

tanlov asosida investistiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqland.

O’zbekistonda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy

ko’rsatkichlari

Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi

xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va

natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning adresli

yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida,

aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil 30

dasturlari byudjet mablag`lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi

xo’jaligi uchun chek erlar olishi kabilarda ifodalanadi.

O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim

xususiyatidir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni

xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog`liq salbiy holatlar bartaraf

etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan

asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan

qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo’ladi, bozor

infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy

muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag`lar jamlanadi.

Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning

mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan

olinadigan mablag`lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi

raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.

Navbatdagi muhim xususiyat – respublikada mulkni davlat tasarrufidan

chiqarish chog`ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi.

Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular

xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga akstiyalarni imtiyozli shartlar

bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy

infrastruktura ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki,

fermalar, bog`lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish,

hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.

Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa

jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy

islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular

quyidagilar:

a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan

islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;

b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;

v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga

rioya etiladi.

Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori

bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning

davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday

korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon

beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.

Look2.2 . O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirish borasida erishilgan natijalar iqtisodiy tahlili.

O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlab, jamiyatni tubdan isloh qilish

strategiyasi ishlab chiqishda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishni

pirovard maqsad sifatida belgilab oldi. Prezidentimiz bu borada “Bunda biz

markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor

iqtisodiyotiga o’tish – eski xo’jalik yuritish mexanizmini shunchaki yangilash yoki

takomillashtirish emas, balki bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o’tish

ekanligini qayta-qayta ta’kidladik. Bu bir iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy￾boshqaruv tuzilmalarining boshqa iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv

tuzilmalari bilan almashinuvidir”2

, deb ko’rsatib berdi.

Bundan ko’rinadiki, bir ijtimoiy-iqtisodiy tizim o’rniga mazmun va sifat

jihatidan farqlanuvchi butunlay yangi tizimning shakllantirilishi jamiyatdagi

mavjud iqtisodiy manfaatlar va munosabatlar muvozanatining buzilishiga, ko’plab

tashkiliy-iqtisodiy va xo’jalik yuritish shakllarining barham topishi yoki

o’zgarishiga, yangilarining paydo bo’lishiga olib keladi. Eng muhimi, bunday

yangilanishlar jamiyat a’zolarining iqtisodiy tafakkuri, turmush tarzi va “hayot

falsafasi”dagi tub o’zgarish holatlari bilan bog`liqdir.

Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va qiyofasining yangilanishi mazkur

jarayonlar huquqiy asoslarining yaratilishi bilan birga uzviy holda borishi zarur.

Shunga ko’ra, iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidanoq mamlakatimizda

Fuqarolik, Er, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirish to’g`risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g`risida”, “Chet el

investistiyalari to’g`risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va

ularni himoya qilish choralari to’g`risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi muhim

qadam bo’ldi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi islohotlarning bosqichligi va izchilligining

muhim qoidasi va e’tiborda tutish lozim bo’lgan jihatlaridan biri – ijtimoiy￾iqtisodiy munosabatlardagi har qanday sifat o’zgarishlarini muntazam kuzatib,

ularni yanada rivojlanishini rag`batlantirib, va ayni paytda, buning uchun etarli

shart-sharoitlarni yaratib borish hisoblanadi. Shunga ko’ra, Prezidentimiz

ta’kidlaganidek, islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati

erkinligining kafolatlari to’g`risida”, “Xususiy korxona to’g`risida”, “Valyutani

tartibga solish to’g`risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g`risida”, “Fermer

xo’jaligi to’g`risida”gi Qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni

isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari ishlab

chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada

liberallashtirish va modernizastiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos,

balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati

bo’lib xizmat qilmoqda.

Agar bozor islohotlarining dastlabki pallalarida odamlarda bu boradagi

tasavvurlar etarli emasligi natijasida mazkur jarayonlarga ma’lum darajada

hadiksirash, ertangi hayot uchun tashvishlanish, hattoki ayrim hollarda

ishonchsizlik xislari mavjud bo’lsa, mamlakatimizdagi islohot va

yangilanishlarning o’tgan davri bunday hissiyot va ikkilanishlarni yo’qotib

yubordi, aholi orasida ertangi kunga ishonch va yorqin kelajak uchun intilish,

bunyodkorlik yo’lida harakat qilish kabi xislatlarni kuchaytirdi. Bugungi kunda

jamiyat a’zolarining aksariyati bozor iqtisodiyotining afzalliklari va

imkoniyatlarini o’z hayotlari va turmush tarzlarida yaqqol sezmoqdalar. Dastlab

odamlar uchun qandaydir mavhum bo’lib tuyulgan bozor iqtisodiyoti bugun

ularning farovon hayotlari uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda.

Prezidentimiz o’z ma’ruzasida yuqoridagi ijobiy jihatlarni ta’kidlash bilan

birga, xolisona tahlil, islohotlarimizning mantig`i va izchilligi, ularning eng

zamonaviy bozor normalariga muvofiqligini baholash iqtisodiyotni boshqarish

tizimini yanada chuqurlashtirish, takomillashtirish va liberallashtirish bo’yicha

jiddiy ehtiyoj mavjudligini ko’rsatayotganini ham ta’kidlab o’tdi.

Ma’lumki, erkinlashtirish bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy

yo’nalishlaridan biri bo’lib, xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’siq hamda

cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor

qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iboratdir. U butun iqtisodiyotga

tatbiq etilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:

- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;

- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;

- narxlarning ustun ravishda talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga

o’tish;

- ichki va tashqi bozorlarda transakstion bitimlar ustidan davlat nazoratini

pasaytirish va h.k.

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasida xususiy mulkka alohida e’tibor

qaratilib, uning boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekani

alohida qayd etilgan. Shuni tan olishimiz va doimo e’tiborda tutishimiz kerakki,

bugungi kunda ham aholi ma’lum bir qismining xususiy mulk, tadbirkorlik,

daromadlarning shakllanishi tizimining erkinligiga salbiy munosabatda bo’lishi

hollari uchrashi mumkin. Bu holat totalitar tizimning bir necha o’n yillar

davomida hukmronligi oqibatida aholida shakllangan boqimandalik kayfiyati,

davlat yordamiga umidvorlik, xususiy mulkning uzoq yillar davomida ta’qib qilib

kelinganligi, uning ayrim kishilar tasavvurida salbiy taassurot qoldirganligi kabi

sabablar bilan izohlanadi.

Mamlakatimizda xususiy mulkning daxlsizligi va davlat himoyasiga

olinganligi to’g`risida to’xtalar ekanmiz, bu taniqli iqtisodchi Ya.Kornaining

xususiy sektorni samarali rivojlanishini ta’minlash uchun “Xususiy mulkning

mutlaq xavfsizligi to’g`risida qat’iy ravishda e’lon qilinishi zarur… Albatta,

bunday kafolatlar qonunlar, partiyalarning dasturlari va etakchi davlat

arboblarining bayonotlari orqali belgilanishi lozim… Kelgusidagi investistiyalar

haqida qayg`urish “Konfiskastiyalar endi hech qachon bo’lmaydi!” deya qat’iy

bayonot berishni taqozo etadi”

degan so’zlarini keltirish o’rinlidir. O’zbekiston

o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan buyon Prezidentimiz shaxsan turli doiralarda

bunday kafolatlar to’g`risida muntazam ravishda, qayta-qayta ta’kidlab kelmoqda.

“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik

jamiyatini rivojlantirish konstepstiyasi”da “Birinchi navbatda, xususiy mulkning

huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo’l

bilan qo’lga kiritgan yoki yaratgan o’z mulkining daxlsizligiga aslo shubha

qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur. Har

bir tadbirkor avvalo shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy

mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar o’z

biznesiga bexavotir investistiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi,

mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko’paytirishi, o’z mulkiga o’zi egalik

qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim”7

deya yana bir bor ta’kidlanishi ushbu

fikrlarning yaqqol tasdig`idir.

Ma’ruzada shu maqsadda bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan xususiy

mulkka nisbatan davlat tomonidan berilayotgan asosiy kafolatlarni

mustahkamlashga qaratilgan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar

huquqlarining kafolatlari to’g`risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish

zarurligi, shuningdek, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik

to’siqlarni bartaraf etish maqsadida “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish

tartib-qoidalari to’g`risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish muhim

ahamiyat kasb etishi, bunda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan

ruxsat berish tartib-qoidalarining qat’iy cheklangan ro’yxati va turlarini aniq

belgilab qo’yish, qonunda nazarda tutilmagan ortiqcha ruxsatnoma va ruxsat

berish tartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonun bilan keskin taqiqlash

zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat

berish jarayonlarining qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi bilan

bog`liq chora-tadbirlarga oldingi yillardan e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan,

2009 yilda ham tadbirkorlarning o’z ishini tashkil etish bilan bog`liq sarf￾xarajatlarini qisqartirish ishlari davom ettirilib, jumladan:

- arxitektura-rejalashtirish topshiriq to’plamlarini olish qiymati – 4 barobar;

- loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish – 2,5 barobar;

- kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish qiymati – 2 barobarga pasaytirilgan edi.

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat berish

jarayonlarining qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi bilan bog`liq

tadbirlar natijalarini quyidagi jadval orqali yaqqolroq ko’rish mumkin

Jadvaldan ko’rinadiki, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ruxsat berish

jarayonlarini qisqartirish va to’lovlarni optimallashtirish tadbirlari sezilarli

darajada amalga oshirilgan. Masalan, normativlar loyihalarining ekologik

ekspertizasini o’tkazish bo’yicha to’lov miqdori 75 marta, ekologik ekspertiza

qiymati 25 marta kamaytirilgan. Buning natijasida har bitta tadbirkorlik sub’ekti

uchun o’z faoliyatini tashkil etishda o’rtacha 4207 ming so’m miqdorgacha

mablag`larni tejash imkoniyati paydo bo’lgan.

2009 yil davomida inventarizastiya natijasida aniqlangan qariyb 2 mingta

bo’sh bino kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi. Bunda binolarni

ijaraga berish tariflari tadbirkorlik sub’ektlarining qaerda joylashgani va ularning

faoliyat turiga qarab 3 barobardan 10 barobarga qadar kamaytirildi. Shuningdek,

o’tgan davr mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun

quyidagi imtiyoz va qulayliklar yaratildi:

- mahsulotlarning gigienik sertifikatini amal qilish muddati ilgarigi 3 yildan

endilikda cheklanmagan muddatga o’tkazildi;

- fitosanitariya xulosalarini berish muddatlari qisqartirildi;

- elektr va issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni bajarish

muddatlari 1 oydan 3 kungacha qisqartirildi;

- binolarni turar joydan noturar joy toifasiga o’tkazish jarayoni

soddalashtirildi;

- davlat mulkidagi bo’sh binolar ijara haqlari 10 va undan ko’p barobargacha

tushirilishi natijasida ularning 81 foizi (aniqlangan 3650 tadan 2939 tasi)

tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi;

- tashqi reklamani joylashtirish tariflari o’rtacha 20 dan 30 foizgacha

pasaytirildi hamda ayrim hududlarning qishloq joylarida haq olish bekor qilindi.

Buning natijasida tashqi reklama beruvchi tadbirkorlarning ulushi 34 foizgacha

oshdi;

- tashqi reklamani joylashtirish qiymati Toshkent, Farg`ona, Jizzax,



Namangan va Navoiy viloyatlarining qishloq joylari uchun 50 foizgacha

pasaytirildi;

- elektr energiyasini oldi-sotti shartnomasida belgilangan hajmga nisbatan

kam sarflanishi uchun jarimalar bekor qilindi va ortiqcha sarflash bo’yicha

jarimalar 50 foizga qisqartirildi.

Prezidentimiz o’z ma’ruzasida bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni

kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy

biznesni qonuniy belgilab qo’yishga alohida e’tibor qaratdi. Mamlakatimizda

biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy

an’analarimizga, xo’jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to’la mos kelishi,

bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasi yaratilsa, oilaviy biznesning

huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va

keng rivojlanishi va yangi ish o’rinlarining ochilishiga sharoit tug`ilishini

ta’kidladi.

Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, biznesni tashkil etish turlicha, masalan,

yakka, xususiy, kooperativ (hamkorlikdagi) tadbirkorlik, sherikchilik, mas’uliyati

cheklangan jamiyat, akstiyadorlik jamiyatlari, yirik xo’jalik birlashmalari,

uyushmalari va boshqa shu kabi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshirilishi

mumkin. Bunda ko’plab omillar, shart-sharoitlar bilan bir qatorda muayyan

tashkiliy-huquqiy shaklning biznes tashabbuskorlari iqtisodiy manfaatlarini

naqadar to’la va samarali ro’yobga chiqara olishi darajasi inobatga olinadi. Shunga

ko’ra, ham nazariy, ham amaliy jihatdan biznesda eng mustahkam tashkiliy￾huquqiy shakllardan biri – oilaviy biznes hisoblanadi. Chunki, oila – bu

qondoshlik aloqalari orqali mustahkam bog`langan kishilar guruhidir. Oila a’zolari

o’rtasida biznes uchun zarur bo’lgan eng muhim belgi va tamoyillar yaqqol

mavjud: o’zaro ishonch, bir-birlarining aqliy va jismoniy salohiyat va

imkoniyatlarini bilish, o’zaro hurmat, samarali mehnat taqsimotini amalga oshirish

imkoniyatlari, qat’iy mas’uliyat va javobgarlik va h.k. Bu esa oilaviy biznesni

shaklining iqtisodiy jihatdan samarali va istiqbolli ekanligini namoyon etadi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar,

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, odamlarning “hayot falsafasini” o’zgartirdi.

Vujudga kelgan erkinlik, har bir kishiga o’z mehnatini sarflash sohasi va

shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatining berilishi natijasida uzoq yillar

davomida boqimandachilik kayfiyatida yurgan aholi orasidan ishbilarmon,

tadbirkor, mohir xo’jalik egalari, hunarmandlar, kasanachilar, ish yurituvchilar ajralib chiqdi. Endilikda ular faqat davlatdan ish joyi va ish haqi kutib qolmasdan,

balki o’zlari ham xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanib, yangi ish o’rinlarini

yaratishga harakat qilmoqdalar. Bu natijalarni mamlakatimizdagi aholi

daromadlari tarkibining o’zgarishi orqali ham kuzatish mumkin. 1990 yilda aholi

daromadlari tarkibida ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar 69,8 foizni,

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromad 7,6 foizni,

tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad 3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilda

bu daromadlarning ulushi tegishli ravishda quyidagicha o’zgardi: 29,7 foiz, 27,0

foiz, 28,1 foiz. Bundan ko’rinadiki, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad

ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar darajasi bilan deyarli baravarlashgan.

Demak, mustaqillik yillari davomida oilalar moddiy asoslarining rivojlanishi,

ular moliyaviy imkoniyatlarining kengaygani, yashash sharoitlari (elektr

energiyasi, gaz, ichimlik suvi, oqova suv tizimi bilan ta’minlanganlik

darajasi)ning yaxshilanishi kabi omillar endilikda biznesni oila a’zolari doirasida

tashkil etish uchun qulay zamin yaratdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligi darajasini

oshirishdagi roli ham ahamiyatli hisoblanadi. Haqiqatan ham, tadbirkor o’z

mablag`larini ishlab chiqarish sohasiga kiritar ekan, ayni paytda o’z daromadlarini

oshirish bilan birga jamiyat boshqa a’zolarining ham ish hamda daromad bilan

ta’minlanishiga moddiy negiz yaratadi. Mamlakatimizda bu boradagi faoliyat ham

kengayib bormoqda: 2000-2008 yillar davomida kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik sohasida band bo’lganlar soni 3,3 marta oshdi. 2010 yilning 1 yanvar

holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band bo’lganlar soni 8402,3 ming

kishini, shu jumladan, yakka tadbirkorlar 6446,2 ming kishini, kichik korxona va

mikrofirmadagi bandlar soni 1956,1 ming kishini tashkil etdi. Ushbu soha vakillari

tomonidan 2002 yilda 369,3 mingta, 2005 yilda 434,2 mingta, 2006 yilda 290

mingta, 2009 yilda 390 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi.

Ma’ruzada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatimiz moliya￾bank tizimi o’zining barqaror va ishonchli ekanini isbotlaganligi, shu bilan birga,

bu tizimning yanada mustahkamlanishi xususiy banklar va xususiy mulkka

asoslangan lizing, sug`urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliyaviy

tashkilotlar kabi moliyaviy institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini

shakllantirish hisobidan bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish bilan

ham bog`liqligi, bu esa bank va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning

kengayishi hamda mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatining oshishiga imkon beradi

va eng yuksak xalqaro standartlar talabiga mos zamonaviy bozor

infratuzilmasining rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deb ta’kidlab o’tildi.

Hozirgi vaqtda respublikamiz bank tizimining umumiy joriy likvidligi 1,5

milliard dollardan ortiq bo’lib, bu tashqi nodavlat qarzlar bo’yicha to’lanishi kerak

bo’lgan to’lovlar hajmidan 10 barobar ko’pdir. Bu esa bizda likvidlik, ya’ni

to’lovlarga qodirlik darajasi bo’yicha muammo yo’q, deb aytish uchun asos

bo’ladi.


Keyingi yillarda bank tizimini yanada takomillashtirish, tijorat banklarining

kapitallashuv darajasini oshirish, barqarorligini ta’minlash, investistiya

jarayonlarida ishtirokini kengaytirish, ularning erkinligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida bank

aktivlari 12 trln. 65 mlrd. so’mni, tijorat banklarining jami kapitali 2 trln. 104

mlrd. so’mni tashkil etdi. Fuqarolarning bank tizimiga bo’lgan ishonchi tobora

oshib borayotgani, aholining banklardagi omonatlarining davlat tomonidan

kafolatlangani, eng muhimi, fuqarolarning banklardan omonatlarini o’z vaqtida

olayotgani, kredit tashkilotlari tomonidan aholiga 400 dan ortiq qulay omonatlar

turlarining taklif etilishi 2010 yilning 1 yanvar holatiga omonatlar miqdorining 2

trln. 750 mlrd. so’mga etishiga zamin yaratdiAyni paytda banklarning iqtisodiy o’sishni moliyaviy qo’llab-quvvatlashdagi

ishtiroki yanada faollashib bormoqda. Jumladan, 2008 yilda iqtisodiyotning real

sektoriga ajratilayotgan kreditlar miqdori 6 trln. 372 mlrd. so’mni, xo’jalik

sub’ektlarini modernizastiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va

tashqi bozorlarda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga

qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan

investistion kreditlar miqdori 1 trln. 534 mlrd. so’mni, kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar miqdori 1 trln. 251

mlrd. so’mni, yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida ajratilgan ipoteka, iste’mol

va mikrokreditlar miqdori 135,7 mlrd. so’mni tashkil etdi.

Mamlakatimizda o’tgan yillar davomida bozor iqtisodiyoti sohasidagi

o’zgarishlarning ishonchli qonunchilik bazasini shakllantirish borasida ulkan

ishlar amalga oshirildi. Ma’ruzada mavjud qonunlarimizning ko’pchiligini ularni

qo’llash amaliyoti va mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining

hozirgi davrdagi yangi real holatidan kelib chiqib, jiddiy qayta ko’rib chiqish

zarurligi ta’kidlandi.

Jumladan, akstiyadorlik kompaniyalari o’zlarining bozor munosabatlariga

mos maqomiga muvofiq faoliyat yuritishi uchun “Akstiyadorlik jamiyatlari va

akstiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g`risida”gi Qonunni tanqidiy qayta

ko’rib, yangi tahrirda ishlab chiqish va qabul qilish hamda unda korporativ

boshqaruv va nazorat organlarining vakolatlari, huquqlari va javobgarligini yanada

aniq belgilash lozim. Ushbu qonundagi akstiyadorlik jamiyatlarining

Kuzatuvchilar kengashlari, umumiy yig`ilishlari, taftish komissiyalarining roli va

ahamiyatini oshirish, minoritar, ya’ni qo’lida akstiyasi kam bo’lgan

akstiyadorlarning kafolatlarini ko’proq ta’minlash, barcha akstiyadorlarni va

bo’lajak investorlarning akstiyadorlik kompaniyalari faoliyati to’g`risida axborot

olish imkoniyatlarini kengaytirishni ko’zda tutish maqsadga muvofiqdir.

Mamlakatimizda 2009 yilda akstiyadorlik jamiyatlarining soni birmuncha

kamaygani holda ularning umumiy ustav fondlari miqdorining ortishi tamoyili

saqlanib qoldi (2-jadval). Ushbu tamoyil ko’p jihatdan O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining

moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi 4053-sonli

Farmonida nazarda tutilgan talablar bilan bog`liq bo’lib, Farmonga muvofiq

akstiyadorlik jamiyatlari uchun ustav fondining eng kam miqdori Markaziy bank

kursi bo’yicha 400 ming AQSh dollariga ekvivalent summani tashkil etishi kerak.

Agar 2008 yil yakunlari bo’yicha umumiy ustav fondi 4545,6 mlrd. so’mni tashkil

etgan 1826 ta akstiyadorlik jamiyati faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 2009 yil yakunlari

bo’yicha akstiyadorlik jamiyatlarining soni 1619 tani tashkil etdi, ularning

umumiy ustav fondi esa 5805,1 mlrd. so’mga qadar (127,7 foiz) o’sdi.

Prezidentimiz hozirgi vaqtda yana bir muhim masala – mamlakatimiz

iqtisodiyotida kichik biznes, birinchi navbatda xususiy tadbirkorlikning roli va

ulushini yanada kengaytirishni ta’minlay oladigan qonunlarni qabul qilish

masalasi dolzarb bo’lib qolayotganligini ko’rsatib o’tdi. To’g`ri, mamlakatimizda

mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga

bo’lgan alohida e’tibor o’z natijalarini ko’rsatdi. Ma’lumki, kichik biznesning

ixchamligi, harakatchanligi, iqtisodiy manfaatlarni nisbatan to’laroq namoyon eta

olishi, bozor kon’yunkturasi o’zgarishlariga tez moslasha olishi kabi xususiyatlari

uning iqtisodiyotni tubdan o’zgartirishda eng samarali va qulay vositalardan biriga

aylantirdi. Mazkur soha taraqqiyoti uchun alohida shart-sharoitlarning yaratilishi,

soliq, bojxona va boshqa to’lov imtiyozlarining belgilanishi, nisbatan arzon kredit

resurslarining taqdim etilishi natijasida qisqa davr ichida kichik biznes

korxonalarining soni ahamiyatli darajada oshib bordi. Statistik ma’lumotlarga

ko’ra, 1992 yilda ro’yxatga olingan kichik biznes korxonalarining soni atigi 16,5

mingtani tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilning 1 yanvar holatiga bu ko’rsatkich

fermer xo’jaliklaridan tashqari) 224,2 mingtaga etdi, ya’ni deyarli 14 baravar

o’sdi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes sub’ektlarining

yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2009 yilda 50,1 foizga etdi. Holbuki, bu

ko’rsatkich mustaqillikning dastlabki yillarida 1,5 foizni, 2000 yilda esa 31 foizni

tashkil etgan edi.

O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi

ulushi dinamikasi.

O’zbekistonning 2010 yilgi yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning ulushi

50 foizdan ortib borayotganiga qaramasdan, bu soha real iqtisodiyotimizda,

avvalambor sanoatda etakchi o’rinni egallay olmayаpti

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot sohalari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishdagi salmog`i, foizda

Jadvaldan ko’rinadiki, 2009 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning

mahsulot ishlab chiqarishdagi salmog`i qishloq xo’jaligida 97,9 foiz, pulli

xizmatlar ko’rsatishda 48,7 foiz, chakana tovar aylanmasida 46,5 foizn tashkel etadi

etgani holda, sanoat ishlab chiqarishida atigi 16,9 foizga etgan, xolos.

Yurtboshimiz ushbu vazifani hal etish uchun “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining

kafolatlari to’g`risida”gi Qonunning yangi tahririni tayyorlash zarurligini

ko’rsatib, ushbu qonunda kichik biznesni qo’llab-quvvatlashning bir qator

yo’nalishlarini belgilab berdi .

Bozor iqtisodiyotning to’laqonli amal qilishi ko’p jihatdan mamlakatdagi

monopoliyaga qarshi siyosatning samarasiga ham bog`liq. O’zbekiston

Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim

yo’nalishlaridan biri – bu monopolist-korxonalarning tovar bozoridagi egallab

turgan ustunlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga yo’l

qo’ymaslik bo’yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu maqsadda

monopolist-korxonalar Davlat reestri yuritilib, unga muayyan tarmoqda ustun

mavqega ega bo’lgan korxonalar kiritiladi .

Mamlakatimizda monopolistik faoliyatni cheklash borasida amalga

oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, yangi korxonalarni tashkil etish, xususiy

tadbirkorlikni rivojlantirish, tovar bozorlariga yangi xo’jalik yurituvchi

sub’ektlarni kiritish orqali raqobat sezilarli darajada kuchayishiga qaramasdan bir

qator tarmoqlarda monopolizm hali ham saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, ishlab

chiqarish kapital sig`imining kattaligi, katta quvvatga ega bo’lgan agregatlardan

foydalanilishi va texnologiya jarayonlarining uzluksizligi kabi ob’ektiv sabablar

ayrim tarmoqlarda raqobatning rivojlanishini qiyinlashtirib qo’ymoqda.

Shu bilan bir qatorda, Prezidentimiz amaldagi “Tovar bozorlarida

monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g`risida”gi Qonun bugungi kunda

eskirganligi va zamon talablariga javob bermay qolganligi, shuni e’tiborga olgan

holda, “Raqobat to’g`risida”gi yangi Qonunni ishlab chiqishimiz va qabul

qilishimiz zarurligini ta’kidlab o’tdi. Ushbu qonunda monopolistik faoliyatni

nafaqat tovarlar bozorida, balki moliya bozorlarida ham tartibga solishni nazarda

tutish lozim. Shuningdek, birja savdolarida ham monopoliyaga qarshi

mexanizmlarni, akstiyalarni sotib olish, qo’shish va birlashtirish bitimlarini

tartibga solish va nazorat qilish tartib-qoidalarini soddalashtirish bo’yicha

normalarni ushbu qonunga kiritish maqsadga muvofiqdir.

Ma’lumki, milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini o’rganishga bir necha

jihatdan, ya’ni tarmoq tarkibi, hududiy tarkibi, takror ishlab chiqarish va

funkstional tarkibi, kapitalning konstentrastiyalashuvi darajasi hamda ijtimoiy￾iqtisodiy tarkibi jihatidan yondashish mumkin. Iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy

tarkibi mazmunan iqtisodiyot tuzilishiga sektorlar jihatidan yondashuvni ham

anglatadi. Iqtisodiyot sektori – bu iqtisodiyotning yirik qismi hisoblanib, u nazariy

yoki amaliy maqsadlarda iqtisodiyotning boshqa qismlaridan ajratish imkonini

beruvchi o’xshash umumiy tavsiflarga ega bo’ladi. Xo’jalik yuritish shakllariga

ko’ra, iqtisodiyotning davlat, nodavlat (xususiy) va boshqa sektorlari farqlanadi.

Iqtisodiyotning nodavlat (xususiy) sektori bu – mamlakat iqtisodiyotining

davlat nazorati ostida bo’lmagan qismi bo’lib, o’z ichiga xususiy kapitalga tegishli

bo’lgan korxonalar va uy xo’jaligini oladi. U iqtisodiyotning korporativ,

moliyaviy va individual sektorlariga bo’linadi8

O’zbekistonda mustaqillik yillarida iqtisodiyotning nodavlat sektori

rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi natijasida mazkur soha jadal

ravishda rivojlandi. Agar 1990 yilda respublika YaIM umumiy hajmining atigi

38,1 foizi iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2009 yilga

kelib, bu ko’rsatkich 81,3 foizni tashkil etdi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi mahsulot

Mamlakatimizda nodavlat sektorining faoliyati va mavqeini ta’minlashda

asosiy o’rin tutuvchi 1991 yilda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirish to’g`risida”gi Qonun, o’tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq

qonunosti hujjati unga uyg`unlashtirilganiga qaramasdan, bugun qayta ko’rib

chiqishni va yangi tahrirda qabul qilishni talab etayotganligi ko’rsatib berildi.

Mamlakatimizning strategik muhim tarmoqlari va korxonalarida

akstiyalarning nazorat paketi, ta’bir joiz bo’lsa, “oltin” akstiyalarni davlat

ixtiyorida saqlab qolgan holda, iqtisodiyotning eng muhim etakchi tarmoqlariga

xususiy investorlarni jalb qilish va ularda nodavlat sektor ulushini yanada

kengaytirish zarur. Bunda bo’lajak investorlarning barcha toifalariga

xususiylashtirish jarayonlarida teng sharoit yaratishni ta’minlash, ularda xususiy

sektor ishtirokini kengaytirish, xususiylashtirish bitimlarining ochiqligi va

oshkoraligini ko’zda tutish lozim.

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan g`oyat muhim ahamiyatga molik qonunlarni

takomillashtirish bilan birga, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor

islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, erkin bozor

iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator

qonunlar qabul qilishni hayotning o’zi taqozo etmoqda. “Kredit byurolari faoliyati

va kredit axboroti almashuvi to’g`risida”, “Garov reestri to’g`risida”, “Rieltorlik

faoliyati to’g`risida”, “Investistiya va pay fondlari to’g`risida”, “Innovastiyalar va

iqtisodiyotni modernizastiya qilish to’g`risida”gi va boshqa yangi qonunlar shular

jumlasidandir.

Ma’ruzada mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va

ustuvor yo’nalishlarini belgilashda ichki ehtiyojning o’sishiga alohida e’tibor

qaratishimiz kerakligi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini

yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida ana shunday

yondashuv o’tgan yillarda o’zini to’la oqlagani, bugungi kunda Osiyodagi ko’plab

mamlakatlar aynan shunday pozistiyaga amal qilib kelayotgani ta’kidlandi.

Agar bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan

biri – ijtimoiy soha ob’ektlarining ishga tushirilishiga e’tibor qaratsak, 2009 yil

davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi

ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 366 ta qishloq aholi punktlarida

ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini rekonstrukstiya qilish, obodonlashtirish

boshqarmalarini 2100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 134 ta ko’p qavatli

uylarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarilganini ko’rishimiz mumkin. Umuman

olganda, hududlarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining qurib,

ishga tushirilishi natijasida, respublika bo’yicha qo’shimcha 1,3 mln. nafar

aholining yoki 268,4 mingta oilaning turmush darajasi yaxshilanib, zarur hayotiy

va ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarga bo’lgan talabini qondirishga erishilgan. Bu esa,

yuqorida ta’kidlanganidek, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy

farovonligi va imkoniyatlarining kengayishi orqali ichki ehtiyojning o’sishiga

ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.

Shundan kelib chiqqan holda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim

vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini

kengaytirish maqsadida sostial sohani rivojlantirish, mehnatga haq tulashyanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma ob’ektlarini

rivojlantirishga, transport va kommunikastiya loyihalari amalga oshirilishiga

alohida e’tibor berishdan iboratligi qayd etildi.




Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling