va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi.
Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni oddiy kooperastiya,
manufaktura, mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori
darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300
yilga, ya’ni tovar xo’jaligi rivoj topgan davrga to’g`ri keladi. Shuning uchun ham
keyingi paytda ko’pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy
tizimlarga bo’lib o’rganadilar.
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar
majmuasi – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va
iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.
Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat
qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta
nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va
bozor iqtisodiyoti tizimlari.Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |