15
Fan predmeti
– obyektning qaysi bir jihatlarini ilmiy bilishga qara-
tilgan ijtimoiy faoliyat.
Geoekologiyaning o‘rganish yoki tadqiq qilish predmetida
organizmlar, jumladan, insonlarning
geotizimlar doirasida
o‘zaro va ularni o‘rab turuvchi atrof-muhit o‘rtasidagi
munosabatlarining tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy va hattoki,
huquqiy jihatlarining hududiylik, majmualilik (komplekslilik)
va davriylik jihatlari tadqiq etiladi.
Geoekologiya faqatgina «Tabiiy geografiya»ga xos yoki faqat
Yer yuzasining quruqlik qismining tabiiy geografik jihatlarini
o‘rganadi desak, mutlaqo noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki geografik
qobiq
Yer yuzasining suv qismini ham, unda kechayotgan turli
jihatlariga oid holat, jarayon va hodisalarni
ham inobatga olishi
lozim. Zero, barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa hamda jarayonlar
geografik qobiqning ekologik vaziyatiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shunday qilib
geoekologiyaning tadqiqot predmetiga quyi-
dagi lar kiradi:
– geotizimlarda sodir bo‘luvchi yoki bo‘layotgan
ekologik
voqea, hodisa, jarayon va
holatlarning hududiy tarqa
lish qo-
nuniyatlari;
– geotizimlarda sodir bo‘luvchi yoki bo‘layotgan ekologik
voqea, hodisa, jarayon va holatlarning davriy o‘zgarish xususi-
yatlari;
– geotizimlarda sodir bo‘luvchi yoki bo‘layotgan ekologik
voqea, hodisa, jarayon va holatlarning majmualilik jihatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: