Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Kompetenitsiya
  – shaxsning layoqat, mahorat va qobiliyat darajasi.
Har ikkala tushunchadan kelib chiqqan tarzda geoekologi-
ya o‘z tadqiqotlarini, ekologiyadan farqli ravishda ekotizimlar 
doirasida emas, balki geotizimlar doirasida olib boradi (1.1.1-
rasm). Biz quyida geoekologiyaning obyektini muhokama qi-
lishda bunga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Biologiya
Bio­geografiya
Iqtisodiy 
geografiya
Iqtisodiyot
Topono mika
Geo teomino­
logiya
Filologiya
GEOGRAFIYA
Geografiya­
tarixi
Tarix
Tuproqlar 
geografiyasi
Tuproq­
shunoslik
Geosiyosat 
Siyosiy geo­
grafiya
Siyosat­
shunoslik
Sotsial geo­
grafiya
Sotsiologiya
Geo ekologiya
Ekologiya
Pedagogika
Geografiya­
ta’limi 
metodikasi
Geologiya
Geomorfo­
logiya
Fizika
Landshaftlar 
geofizikasi
Kimyo
Landshaftlar 
geokimyosi
1.1.1-rasm. Geoekologiyaning geografik fanlar tizimida tutgan o‘rni.
Geoekologiya
  – muayyan geotizimlarda organizmlar o‘zaro va 
ularni o‘rab turuvchi atrof tabiiy muhiti o‘rtasidagi aloqadorlik 


10
qonun va qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi fan sohasi, unga oid 
bilim, ko‘nikma, malaka, ya’ni kompetentlik darajasini beruvchi 
ta’lim yo‘nalishi hamda ushbu aloqadorlik munosabatlarini 
optimallashtiruvchi amaliyot tarmog‘i.
Ta’lim
kishini hayotga, jumladan mehnatga tayyorlashning tizim-
lashgan, muddatli, rasmiy, tegishli bilim, ko‘nikma, malaka 
– 
kompe tensiya berish vositasi.
Ekologiya fanining jadal sur’atlarda rivojlanib, nafaqat fan
balki fanlar tizimiga aylanib ketayotganini inobatga oladigan 
bo‘lsak, kelajakda geoekologiya geografik fanlar tizimidan 
chiqib, ekologik fanlar tizimiga kiritilishi mumkin (1.1.2-
rasm). Bu jarayon nafaqat geoekologiyaga, balki ekologiya 
huquqi, ijtimoiy ekologiya, inson ekologiyasi, bioekologiya kabi 
turdosh fanlarga ham tegishlidir.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling