Iqtisodiyot va turizm” fakulteti turizmda innovatsiya
Download 0.7 Mb.
|
GASTRONOMIYA TURIZM
- Bu sahifa navigatsiya:
- GASTRONOMIYA TURIZM
- 1. Gastronomiya haqida tushuncha.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI “IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI « Turizmda innovatsiya » f a n i d a n MUSTAQIL ISHI MAVZU: GASTRONOMIYA TURIZM BAJARDI: 120-guruh talabasi Tojimurodov Jamshid TEKSHIRDI: SOATOV Y. X. Termiz – 2022GASTRONOMIYA TURIZM Reja:
2. Gastranomiya turizmining turlari, rivojlantirishning maqsadi va vazifalari 3. O‘zbekistonda gastronomik turizmning rivojlanishi 4. Rossiyada sharob va gastronomik sayohatlar 1. Gastronomiya haqida tushuncha. Gastronomiya-muayyan mamlakat yoki mintaqaning madaniyati va oziq-ovqat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadigan fan. Gastronomik tamoyillarga ko‘ra, taom - nafaqat san’at, balki fan hamdir. Ko‘pincha gastronomiyani taom pishirish (kulinariya) bilan chalkashtirishadi. Taom pishirish (kulinariya) - bu esa o‘z navbatida gastronomik fanning tarkibiy qismi, taom va ichimliklarning yaratilish jarayoni. Gastronom (taom shaydosi) uchun taom – bu nafaqat to‘g‘ri tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarining jamlanmasi va uni chiroyli taqdimoti. Malakali gastronomchi taomni ichidan baholaydi, unga chuqur qaraydi, bu taomning paydo bo‘lishi va yaratilishiga ta’sir ko‘rsatgan madaniy ta’sir, ilmiy va tarixiy faktlarni o‘rganadi va tushuntiradi. Taom – inson va u yashayotgan jamiyat madaniyatining ajralmas qismi. Milliy oshxonaning o‘ziga xos xususiyatlari esa u yoki bu millat madaniyatining qadimiy ildizlarini o‘zida mujassam etgan. Qandaydir taom yoki ichimlik iste’mol qilar ekan, kishi beixtiyor ma’lum bir millat madaniyati bilan muloqotga kirishadi. Madaniyatlararo muloqot jarayonida ovqat va tanovul o‘zgani anglash vositasi hisoblanadi. Rus olimi A.I.Kozlovning fikricha, jamiyatda ovqat “tabiiy” va “madaniy”, “insoniy” va “ilohiy”, “o‘z” hamda “o‘zga” kabi tushunchalar orasida ramziy ma’no kasb etadi. Ba’zan birovning “maqbul” taomdan voz kechishi, uning g‘ayrinsoniy xislati sifatida qabul qilinishi ham mumkin. Umuman olganda, oshxona va taom – “o‘zingniki”ni “o‘zga”dan farqlash, “ular” va “o‘zimiz” oramizdagi chegarani aniqlab olish vositasidir (Kozlov A.I. Piщa lyudey. – Fryazino: Vek 2, 2005). Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling