Mahalliy davlat hokimiyati
Download 1,57 Mb.
|
Mahalliy davlat hokimiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari
- Fuqarolar ozini ozi boshqarish organlari tuzilish tartibi va vakolatlari
- Mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatining tashkiliy shakllari
Mahalliy davlat hokimiyatiMahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi. O'zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati faoliyatini tashkil etishning asosiy qoidalari Konstitutsiyada belgilanib qo'yilgan. Oliy hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etish kabi mahalliy davlat hokimiyatini tashkil etishda ham Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan asosiy qoidalarga asoslanish juda muhimdir. Chunki aynan mahalliy hokimiyat bevosita qonunlar va ijro etuvchi hokimiyat normativ hujjatlarini amalga oshiradi, bevosita jamiyatning turli sohalaridagi muammolar bilan to'qnashadi. Shuning uchun mahalliy davlat hokimiyati xalq farovonligini ta'minlash va shu kabi davlat oldida turgan muhim vazifalarni bajarishda asosiy o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasi dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda o'ziga xos tarzda joylarda davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini yaratdi.
Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari tuzilish tartibi va vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida va O'zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelida qabul qilingan «Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi qonunning yangi tahririda shahar, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda tuziladigan fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari tuzilishi va ularning huquqiy holati belgilab berilgan. «Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish to'g'risida»gi qonunning 1-moddasiga asosan, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishi - fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan, ularning o'z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma'naviy qadriyatlaridan, mahalliy urf-odatlar va an'analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir. O'zini o'zi boshqarishga bo'lgan huquqning ikki muhim tomoni mavjuddir. Birinchidan, o'zini o'zi boshqarish huquqining ta'minlanishi bu insonlarning siyosiy huquqlarining amalga oshishi, xalq hokimiyatchiligining ta'minlanishi bo'lsa, ikkinchi tomondan, ijtimoiy boshqaruvni takomillashtirishdir.
Download 1,57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling