Namangan davlat universiteti “Geografiya” kafedrasi dotsenti, g f. d. K. M. Boymirzayevning “Geotizimlar nazariyasi” fanidan “Geotizimlar evolyutsiyasi va dinamikasi” mavzusidagi bir paralik ochiq darsi uchun tayyorlagan ma’ruza mashg’ulot ishlanmasiga
Download 42 Kb.
|
Taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchi: NamDU, Kimyo kafedrasi dotsenti, k.f.n. T.Saypiyev
- Taqrizchi: NamDU, Geografiya kafedrasi dotsenti, g.f.n. (PhD) SH.Jumaxanov
Namangan davlat universiteti “Geografiya” kafedrasi dotsenti, g.f.d. K.M.Boymirzayevning “Geotizimlar nazariyasi” fanidan “Geotizimlar evolyutsiyasi va dinamikasi” mavzusidagi bir paralik ochiq darsi uchun tayyorlagan ma’ruza mashg’ulot ishlanmasiga TAQRIZ Har bir fan rivojlanib, takomillashib borgani sari uning tadqiqot obyekti, predmeti va vazifalari haqidagi tushunchalar ham aniqlashib, muayyanlashib boradi. O‘tgan asrning o‘rtalariga kelib, barcha fanlarda bo‘lgani kabi geografiya faniga ham tizimlar haqidagi ta’limot kirib keldi. Natijada geografik tadqiqotlarda tekshirish obyektini, o‘sha vaqtlarda bo‘lganidek, kompleks deb emas, tizim deb qarash yuzaga keldi. Shu munosabat bilan, “Geotizimlar nazariyasi” fanini o’qitishni yo’lga qo’yib kelinmoqda. Ushbu ochiq dars orqali geotizimlar evolyutsiyasi va dinamikasi, unga tabiiy va antropogen omillarning roli, rivojlanish bosqichlari, geografik komplekslarni dinamik o’zgarishi yoritib o’tildi. Ma’ruza mashg’ulot maqsadi geotizimlar haqidagi talimotlarni o’rganib, ularning ilmiy-nazariy va amaliy tomonlarini magistrantlarning faol ishtirokida ko’rib chiqish, magistrantlarda geotizimlar tuzilishi, tadqiqot obyekti va predmeti, ichki rivojlanish qonuniyatlari, o’rta va oliy maktabda o’qitilishi muammolari, amaliy qirralari va ahamiyatiga doir bilim va malakalarni shakllantirish va uning ilmiy amaliy ahamiyatini ochib berishdan iborat. Ma’ruza mashg’uloti uchun tayyorlagan taqdimot va ko’rgazmali qurollar, xarita va videoroliklar dars sifatini oshirishga xizmat qilgan. Mashg’ulot davomida “Klaster”, “Swot” va “Baliq skeleti” innovatsion pedagogik texnologiyasidan samarali foydalanildi. Shuningdek, ma’ruzaning yakunlovchi qismida talabalarni tarqatma materiallar orqali va yangi mavzu yuzasidan bilimlarini baholash uchun PISA testlardan foydalanib talabalar bilimi tekshirildi. Ushbu ma’ruza mashg’uloti tqdimoti va tarqatma materiallar namunaviy o’quv dasturi asosida tayyorlangan bo’lib barcha talablarga javob beradi. Taqrizchi: NamDU, Kimyo kafedrasi dotsenti, k.f.n. T.Saypiyev Namangan davlat universiteti “Geografiya” kafedrasi dotsenti, g.f.d. K.M.Boymirzayevning “Geotizimlar nazariyasi” fanidan “Geotizimlar evolyutsiyasi va dinamikasi” mavzusidagi bir paralik ochiq darsi uchun tayyorlagan ma’ruza mashg’ulot ishlanmasiga TAQRIZ XX asrga kelib tabiiy fanlar rivojlanib, takomillashib borgani sari uning tadqiqot obyekti, predmeti va vazifalari haqidagi tushunchalar ham aniqlashib, muayyanlashib bordi. Yillar o’tib, barcha tabiiy fanlarda bo‘lgani kabi geografiya faniga ham tizimlar haqidagi ta’limot kirib keldi. Natijada esa geografik tadqiqotlarda tekshirish obyektini, o‘sha vaqtlarda bo‘lganidek, kompleks deb emas, tizim deb qarash yuzaga keldi. Shu munosabat bilan, “Geotizimlar nazariyasi” fanini o’qitishni yo’lga qo’yib kelinmoqda. Bugungi ochiq dars orqali talabalar geotizimlar evolyutsiyasi va dinamikasi, unga tabiiy va antropogen omillarning roli, rivojlanish bosqichlari, geografik komplekslarni dinamik o’zgarishi haqida ma’lumotga ega bo’ldilar. Dars mashg’ulotining maqsadi geotizimlar haqidagi talimotlarni o’rganib, ularning ilmiy-nazariy va amaliy tomonlarini magistrantlarning faol ishtirokida ko’rib chiqish, magistrantlarda geotizimlar tuzilishi, tadqiqot obyekti va predmeti, ichki rivojlanish qonuniyatlari, o’rta va oliy maktabda o’qitilishi muammolari, amaliy qirralari va ahamiyatiga doir bilim va malakalarni shakllantirish va uning ilmiy amaliy ahamiyatini ochib berishdan iborat. Dars mashg’uloti uchun tayyorlagan taqdimot va ko’rgazmali qurollar, xarita va videoroliklar dars sifatini oshirishga xizmat qilgan. Mashg’ulot davomida “BBB”, “To’g’ri yoki noto’g’ri” va “Baliq skeleti” kabi innovatsion pedagogik texnologiyasidan samarali foydalanildi. Shuningdek, ma’ruzaning yakunlovchi qismida talabalarni tarqatma materiallar orqali va yangi mavzu yuzasidan bilimlarini baholash uchun PISA va TIMS testlardan foydalanib talabalar bilimi tekshirildi. Ushbu ma’ruza mashg’uloti tqdimoti va tarqatma materiallar namunaviy o’quv dasturi asosida tayyorlangan bo’lib barcha talablarga javob beradi. Taqrizchi: NamDU, Geografiya kafedrasi dotsenti, g.f.n. (PhD) SH.Jumaxanov Download 42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling