Geografik qobiqda modda va energiyaning harakatlari va o`zgarishi


Download 121.5 Kb.
bet6/8
Sana20.12.2022
Hajmi121.5 Kb.
#1038335
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Geografik qobiqda modda va energiyaning harakatlari va o`zgarishi

Fosforning aylanma harakati. Fosfor ham muhim kimyoviy elementlardan biri bo`lib,biologik va biokimyoviy jarayonlarda katta ahamiyatga ega. Fosfor – DNK ning va hujayra membrana fosfor-lipid molekulasining zaruriy komponenti. Azot bilan bir qatorda fosfor ekosistemalarda bu elementlarning miqdori yuqori bo`lmaganligi sababli yer yuzasidagi va dengiz ekosistemalarining biologik mahsuldorligini boshqaradi.Quruqlik ekosistemalari, okeanlar, va suv havzalaridagi loyqa yotqiziqlar fosfor to`plangan asosy joylardir.Fosforning fazsimon shakllari deyarli bo`lmaganligi sababli atmosferada fosfor yo`q. Litosferada kristal jinslardagi fosforning ko`p qismi apatitlarda (95%) bo`ladi. Quruqlikda dastlab deyarli barcha fosfor apatetning nurashi natijasida hosil bo`lgan. Ikkilamchi sajiydagi cho`kindi yotqiziqlar (fosforitlar) jahonda qazib olinadigan fosforning 80 % iga yaqinini beradi. Tabiiy ekosistemalarda o`simliklardagi bog`langan fosfor organik moddalarning parchalanishi sababli o`simliklardan qaytadigan fosfor bilan teng holatda bo`ladi. Erigan ko`rinishdagi fosfor kislorod bilan (P2O5, P3O4 va boshqa birikmalarda) doimo dinamik muvozanatda bo`ladi. Tuproqlarda va o`simliklarda uglerod va fosfor konsentratsiyasining o`rtacha nisbati: C:P = 750:1 bo`ladi. Fosforning biogeokimyosi boshqa biogen elementlar (uglerod, kislorod, azot va oltingugurt)ning biogeokimyosidan juda farq qiladi. Chunki boshqa biogenlardan farq qiladigan fosfor, yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, gazcimon ko`rinishda deyarli uchramaydi va shu tufayli og`irlik kuchi ta’siri ostida qiyalik bo`yicha pastga bir tomonlama oqim hosil qiladi. Bu oqim asosan yupqa tarqoq (dispers) loyqa yotqiziqlar ko`rinishida bo`lib, fosfor birikmalari ularning yuzasiga singigan. Shunday qilib, fosfor daryolar orqali sekin suv almashuviga ega bo`lgan sistemalar (ko`llar, suv omborlari, dengizlar va boshqa havzalar)ga keltiriladi va ularda loyqa yotqiziq ko`rinishida to`planadi. Bu suv habzalarodan quruqlikka tomon oqimning yo`qligi tufayli qurulik ekosistemalarining, shu jumladan agroekosistemalarning biologik unumdorligi pasayib boraveradi. Hozirgi paytda tuproq eroziyasining kuchayishiga, fosfor o`g`itining yuvilishiga va tozalanmagan oqava suvlarning tashlanishiga sabab bo`ladigan antropogen faoliyat natijasida jahon miqyosida fosfor oqimining intensivligi ko`paygan va suv havzalari evtrofikatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib kelmoqda. Hidrosferaga tushadigan fosforning miqdori jahon bo`yicha yiliga 20 mln. t ga yaqin.

Download 121.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling