Germaniya davlati va huquqi


«Knyazlik absolutizmi» davrida (XVII-XVIII


Download 205 Kb.
bet9/20
Sana23.04.2023
Hajmi205 Kb.
#1388127
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari

4. «Knyazlik absolutizmi» davrida (XVII-XVIII
asrlarda) Germaniya

X


Prussiya
IV va XV asrlarda nemis sanoati bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu vaqtda sanoatda hali asosan sex tuzumi ustunlik qilardi. Ammo kon sanoatida ancha chuqur shaxtalar ishga solinishi munosabati bilan manfaktura usuli tobora kengroq yoyilib bordi. To`qimachilik sanoatida shahar atrofidagi va qishloq joylaridagi sexlar bilan bir qatorda korchalon kapitalistcha ishlaydigan xonaki «tarqoq» mafaktura tizimi rivojlanib bordi. Ba`zi joylarda markazlashgan mafaktura ham uchrab turardi. XV asrda va XVI asr boshlarida Germaniya xalqaro savdo-sotiq ishlarida katta rol o`ynadi. XVI asr boshlarida Germaniyada juda katta bank-sudxo`rlik firmalari bor edi; bu firmalarning bir qism mablag`lari ishlab chiqarishda (ko`proq kon sanoatida) band bo`lsa, bir qismini ular imperatorga va katta knyazlarga qarzga berardilar.
Umuman, XV asrning oxiri - XVI asrning birinchi yarmi Germaniya-ning iqtisodiy yuksalish davri bo`ldi. Biroq, bu yerdagi iqtisodiy yuksalish Angliya va Fransiyaga qaraganda boshqacharoq bo`lgan. Germaniyaning bironta ham shahari, masalan, Angliyadagi Londonga o`xshab, mamla-katning xo`jalik markaziga aylanmadi. Germaniya iqtisodiy jihatdan juda notekis taraqqiy qilmoqda edi. Juda yaxshi taraqqiy qilgan viloyatlar va okruglar bilan bir qatorda mamlakatning markazida mayda tovar sex tuzumi hukm surardi. Bu yerda juda tor doirada savdo olib boradigan, chet el savdosida ishtirok etish u yoqda tursin, hatto Germaniyaning boshqa rayonlari bilan mol ayirboshlashdan mutlaqo chetda turgan qoloq viloyat-lar ham bor edi. Bu vaqtda Angliya va Fransiyada savdo va sanoatning rivojlanishi mamlakatning markazlashuviga olib keldi. Germaniyada esa bu jarayon alohida knyazlik doirasida yuz berdi va siyosiy tarqoqlikning yanada mustahkamlanishiga sabab bo`ldi. Germaniya absolutizmining o`ziga xos xususiyati ham ana shu bilan tavsiflanadi. Germaniyada absolutizm umumimperiya miqyosida emas, XVII asrda har bir german davlatida o`rnatilgan edi. Bu «knyazlik absolutizmi» degan nom olgan.
Germaniyada absolyut monarxiyaning kelib chiqishiga XVI-XVII asrlarda bo`lib o`tgan yirik voqealar: keng antikatolikchilik harakati, 1524-1525 yillardagi dehqonlar urushi va 1618-1648 yillardagi 30 yillik urush shart-sharoitlar yaratgan edi. XVI asrning ikkinchi yarmidagi refor-matsiya45 Germaniyani har jihatdan ajratib tashlash bilan birga yana bir mazhabga asos soldi. Germaniya protestant (shimol) va katolik (janub) qismlarga bo`linib ketdi.
Reformatsiya qator ijtimoiy harakatlar bilan birga kechdi. Ularning ichida ayniqsa 1524-1525 yillardagi dehqonlar urushi muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu urush natijasida ruhoniylar va dvoryanlarning bir qismi hamda urushda qatnashgan knyazlik shaharlarining aholisi xonavayron bo`ldi, o`z imtiyozlaridan mahrum etildi va knyazlarga batamom qaramlik-ka tushdi. Qo`zg`olonchilar oldida ob`yektiv ravishda ikkita vazifa: feodal ekspluatatsiyani tugatish va mamlakatni siyosiy birlashtirish vazifalari turardi. Bu vazifalarning ijobiy hal etilishi Germaniyaning burjua yo`lidan rivojlanishiga yordam berishi mumkin edi. Shuning uchun bunda nemis byurgerlarining mavqei hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Lekin byurgerlar antifeodal urushga rahbarlik qilishga qodir emas edi. Dehqonlarning urushi faqat knyazlar uchun foyda keltirdi. Shaharlarning kuchsizlanishi, dehqon-lar urushi davomida dvoryanlarning kamayib ketishi va bir qismini knyaz-lar hokimiyatidan madad istashga majbur bo`lishi hisobiga knyazlik hokimiyati kuchayib ketdi. Knyazlar yangi protestant ruhoniylarni ham o`zlariga bo`ysundirdilar.
Diniy shiorlar bilan olib borilgan 1618-1648 yillardagi o`ttiz yillik urush bir qator siyosiy vazifalarni hal qildi. Shimoliy german knyazlari imperator hokimiyatining kuchayishiga va yagona milliy davlat barpo qilishga qarshi kurashganlar. Bu kurashda knyazlarning qo`li baland kelgan, ularning hokimiyati yanada kuchaygan. Ular imperator hokimiyati-dan deyarli mustaqil bo`lib qolganlar. Vestfaliya sulhida Germaniyadagi knyazlarning oliy huquqlari tan olindi. Ular nafaqat o`zaro, shuningdek, boshqa xorijiy davlatlar bilan ham ittifoqlar va shartnomalar tuzish huquqlariga ega bo`ldilar. Vestfaliya sulhi Germaniya davlat tuzumidagi partikulyarizmning to`la tantana qilishiga olib keldi. Knyazliklar ichida knyazlarning hokimiyati kuchayishda davom etdi.
Shunisi xarakterliki, Germaniyada absolutizm Angliya va Fransiya-dagidan farq qilib, siyosiy tarqoqlikni mustahkamladi. Shu tariqa Germa-niyada absolutizmning progressiv roli - ijobiy davri bo`lmadi. Knyazlik absolutizmi mamlakatning iqtisodiy va siyosiy tarqoqligini mustah-kamladi.
XVII-XVIII asrlarda Germaniya imperiyasining davlat tuzumi deyarli o`zgarishsiz saqlanib qoldi. Imperator lavozimi bor-yo`g`i faxriy unvon bo`lib qolgan edi. Knyazlar harbiy majburiyatlardan ozod bo`lib, imperatorga hech qanday o`lponlar to`lamas edilar.
Vestfaliya sulhidan keyin reyxstag deyarli hech qanday ahamiyatga ega bo`lmay qoldi. Imperiya sudi juda kuchsiz bo`lib qoldi. Knyazlar uning yurisdiksiyasidan chiqqan edi. German knyazlari o`z yerlarida imperiyadan mutlaqo mustaqil bo`lib qoldilar. Dindorlar ham knyazlar hokimiyati ostiga tushib qoldilar. Lantaglar deyarli chaqirilmay qo`ydi.
Shunday qilib, XVII asrda german knyazliklarida absolutizm o`rnatilgan va u o`zining qator xususiyatlari bilan boshqa G`arbiy Yevropa davlatlari, jumladan, Angliya va Fransiyadagi absolut monarxiyalardan farq qilgan. Birinchidan, Germaniyada absolutizm tabaqa-vakillik monar-xiyasi singari butun imperiya miqyosida emas, alohida knyazliklar doirasi-da vujudga keldi. Ikkinchidan, Germaniyadagi knyazlik absolutizmi feodal reaksiyaning to`la tantana qilishi, uning burjua harakati ustidan g`alabasi va kuchsiz nemis burjuaziyasining knyazlar tomonidan bo`ysundirilishi ifodasi bo`ldi. Bu vaqtda boshqa mamlakatlarda absolutizmning o`rnati-lishi dvoryanlar va burjaziyaning kuchlari vaqtincha barobar bo`lib turishi natijasi bo`lgan edi.
Ko`pdan-ko`p german davlatlari orasida ulardan ikkita eng yirigi - Prussiya va Avstriya XVII-XVIII asrlardayoq Yevropa tarixida ancha katta rol o`ynadi.
XVIII asrga kelganda german davlatlari orasida eng kuchaygani Brandenburg markgrafligi edi. U 1701 yilda Prussiya qirolligiga aylandi. Shu yili Brandenburg kurfyuristi Fridrix III (1688-1713 yillar) imperiya-ning xalqaro munosabatlardagi qiyinchiliklaridan foydalanib, Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushda o`zining ishtirok etishi evaziga dastlabki shartlardan biri sifatida Prussiya qiroli unvonini olgan edi. Brandenburg - Prussiya davlati slavyan yerlarini bosib olish yo`li bilan hamda boshqa nemis knyazliklari hisobiga o`sib bordi, uning siyosiy sohadagi yutuqlari esa imperator hokimiyatining zaiflashuvi bilan bevosita bog`langan edi.
Prussiya monarxiyasi XVIII asrda batamom pruss yunkerlarining harbiy-politsiya davlatiga, dvoryan-krepostniklarning, pruss yunkerlari-ning sinfiy manfaatlariga xizmat qiladigan monarxiya - harbiy despotiyaga aylandi. Aynan shu vaqtdan boshlab «yunkerlar» degan so`z feodal-krepostniklik tuzumida burjuaziya talablariga yon berish tomon islohotlar o`tkazish yo`lidagi har qanday urinishlarga qarshi o`zining feodal huquqlari va imtiyozlariga mahkam yopishib olgan eng reaksion dvoryanlar degan tushunchaning sinonimi bo`lib qolgan edi.
Prussiya XVIII asrdan absolut monarxiya shaklidagi davlatga aylandi. Absolut monarxiya kuchli boshqaruv apparatini, ko`p sonli byurokratiya va armiyani vujudga keltirdi. Prussiyada boshqaruvning politsiya-mirshablik tizimi joriy qilindi. Bu yerda fuqarolarning har qanday shaxsiy huquqlari to`la inkor etilardi. Pruss qirollari, ayniqsa, Fridrix II (1740-1786 yillar) o`z davlat tuzumini «ma`rifatli absolutizm» niqobi bilan pardalashga harakat qildi.
Prussiya monarxiyasining ichki siyosati deyarli armiya to`g`risida g`amxo`rlik qilishdangina iborat bo`ldi. Byurokratik idora apparati shu armiyaning zarur bir qo`shimchasi bo`lib, bu apparat faoliyati to`g`ri yo`l-ga qo`yilmasa, soliqlarning muntazam suratda kelib tushishini ta`minlab bo`lmas edi. Nemis tarixchilaridan birining bergan bahosiga qaraganda, Prussiya amaldorlari aksizlar undirish, ya`ni shaharliklardan harbiy soliq yig`ish jarayonida o`sib yetishdi. Byurokratik apparatni aqlli va itoatgo`y ijrochilar bilan to`ldirish vaqtida Fridrix-Vilgelm I indigenat deb atalgan qoida bilan, ya`ni mahalliy dvoryanlarning provinsiyalardagi lavozimini egallashga bo`lgan favqulodda huquqi bilan hisoblashib o`tirmadi. Aksin-cha, bunga qarama-qarshi tizim qoida bo`lib qoldi, ya`ni ayrim provinsiya-lardagi amaldorlar davlatning boshqa viloyatlaridagi dvoryanlardan, ba`zan esa byurgerlardan ham olinadigan bo`ldi. Saroyda va yuqori idoralar tepasida odatda dvoryanlardan bo`lgan ofitserlar turar edi.
Prussiyada markazlashtirilgan boshqaruv tashkil etilgan edi. Davlat tepasida qirol turardi. U imperiyaning kurfyuristlar kollegiyasi tarkibiga kirardi. Fridrix-Vilgelm, hatto «buyuk kurfyurist» degan nom olgan edi, u kuchli harbiy-byurokratik monarxiyaning asoschisi hisoblandi.
Qirol huzurida Yashirin kengash mavjud bo`lib, u davlat boshqaruvining oliy organi edi. Biroq, keyinchalik, Yashirin kengash uchta mustaqil: tashqi ishlar, adliya va ichki ishlar departamentlariga bo`linib ketganidan so`ng oliy davlat boshqaruv organi bo`lmay qoldi. Markaziy boshqarma 1723 yildan boshlab «moliya, qo`shin va yer-mulklar oliy bosh boshqarmasi» shaklida tashkil qilingan bo`lib, bevosita qirolga bo`ysundirilgan edi. Prussiyada ichki ishlar departamenti ana shunday nomlanar edi. Unga alohida provinsiyalardagi harbiy ishlarni va domen xo`jaligini yuritishni kuzatib turuvchi harbiy ishlar va domen palatalari bo`ysundirilgandi. Mamlakatdagi keng tarmoqli politsiya apparati ham ana shu departament qaramog`ida edi. Politsiyaning o`zboshimchaligi shunchalik darajada avj olgan ediki, qirolning buyrug`i bilan hatto Berlin ko`chalarida ayollarni, agar ularning ko`ylagi chet eldan keltirilgan gazlamadan tikilgan bo`lsa, yechintirardilar. Qirolning shaxsan o`zi har qanday fuqaroni, agar u bekorchi, daydib yurgan bo`lsa, kaltak bilan savalay berar edi. Fuqarolar faqat qirol omborxonalaridan kofe sotib olishga (albatta ancha yuqori narxlarda) majbur etilgandi. Ana shunday ishlar bilan shug`ullanuvchi maxsus amaldorlar mavjud edi.
Armiya va chinovniklar qirol hokimiyatining tayanchi hisoblanardi. Pruss ma`muriyati chinovniklari «nemischa sodiqlik» an`analari ruhida tarbiyalangan edilar. Chinovniklarning xizmatga o`tishi martabalar haqidagi jadval bilan tartibga solinardi. Xizmat mansabini suiste`mol qilish, tartibga rioya etmaslik va buyruqni bajarmaslik qattiq jazolanardi. Chinovniklik apparati aniq, uyushqoqlik bilan harakat qilardi. Uning boshqa nemis davlatlari uchun namunali hisoblangani ham bejiz emas edi.
Prussiyada mahalliy boshqaruv to`liq markaziy hokimiyatga bo`ysundirilgan edi, viloyatlarda lantaglar saqlanib qolgandi, lekin ular qirol chinovniklari - landatlar nazorati ostiga olingandi. Landatlar - zemstvo kengashlari dvoryanlar yig`inlarida tavsiya qilingan nomzodlar orasidan qirol tomonidan tayinlanadigan dvoryanlardan iborat tarkibda edi.
Landatlarning a`zolari dvoryanlarning majlislariga raislik qilardilar. Landatlar dvoryanlar komitetlari bilan birgalikda o`z tabaqa ishlarini yuritardilar, ya`ni ular toifaviy muassasa bo`lishgan. Shu bilan birga lan-datlar zimmasiga umumdavlat funksiyalari ham yuklatilgan edi: ular mar-kaziy hokimiyat organlari hisoblanganlar va soliqlar undirish, politsiyaga boshchilik qilish, rekrut yig`imlarini uyushtirish ishlari bilan shug`ul-langanlar. Shaharlarni boshqarish ishlari shahar kengashlari (magistrat-lar)ning a`zolari tomonidan amalga oshirilgan. Yer egalariga votchina politsiyasi va sud ishlarini yuritish, shuningdek, cherkov va maktablar ustidan homiylik qilish huquqlari tegishli edi. Erkin dehqonlarning jamoalarida boshqaruvni oqsoqollar amalga oshirardi. Oqsoqollar ba`zan qishloq aholisining umumiy yig`inida saylangan, ko`pincha mulkiy senz asosida yoki meros tariqasida o`z mansabini egallagan.
Prussiyada sud mahkamasiga juda kam e`tibor berildi. Qirolning so`zlariga qaraganda, dvoryan arzandalaridan armiyaga ham, soliqlar yig`ishga ham yaramaydigan «kaltafahm mal`unlar» shu mahkamaga yuborilar edi. Fridrix-Vilgelm I ning o`zi sud idoralarida «bilimdonlik o`rniga kaltak» ishlatish uchun ko`p mehnat sarf qildi, chunki bu tadbir pomeshchiklarning krepostnoylar ustidan hukmronligini mustahkamlashga yordam berar edi.

Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling