Internet manzili – sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi
noyob manzil.
Server – tarmoqqa ulangan va undan foydalanuvchilarga ma’lum xizmatlar ko‘rsatuvchi
kompyuter.
Mijoz (klient)–vazifa, ishchi stansiya yoki kompyuter tarmog‘idan foydalanuvchi.
Mijoz-server - butunlay mijozlar, serverlar va tarmoq majmuasi.
Elektron pochta (E-mail). Bu xizmat turi dastlabki elektron xizmatlardan hisoblanadi.
Internetda uni ta’minlash uchun maxsus pochtali serverlar ishlatiladi.
World Wide Web (WWW) – butun jahon bo‘ylab joylashgan serverlardagi axborotni olish
imkonini beruvchi Internet xizmati.
HTML tili, matn muharriri yordamida tayyorlangan matnga kiritiladigan buyruqlar
majmuiasidan iborat bo‘lib, veb-sahifalarni yaratishda ishlatiladi.
Gipermurojaat (giperssыlka – hyperlink) – faol (rang bilan ajratilgan) matn, veb-sahifadagi
tasvir yoki tugma.
Gipermatn – matnni kompyuterda ifodalash shakli.
Web-sahifa o‘zida matnli va yoki grafikli axborotni hamda Internetning boshqa hujjatlarga
bo‘lgan jo‘natmalarini mujassamlashtirilgan WWW-hujjatdir.
Sayt – bu Web-serverda joylashtirilgan va xususiy shaxs yoki korxonaga tegishli bo‘lgan
Web-sahifalar to‘plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |