Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-16861
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
Ishni bajarish tartibi.Ma`lum namlikdagi va muayyan navli un
namunalarini olinadi. (3) formula bo`yicha kerakli un miqdorini va (4) formula yoki 15 jadval bo`yicha suv miqdorini aniqlanadi. Kerakli un, hamiturush, tuz miqdorini o`lchab olinadi; suvni o`lchov tsilindri yordamida o`lchanadi. Hamir qoriladi va termostatga tindirish uchun qo`yiladi. Hamir oshirishga qo`yilgandan boshlab 60 daqiqa o`tganda hamirni birinchi bor, 120 daqiqadan so`ng ikkinchi bor bosib qo`yiladi. 170 daqiqadan keyin hamirni bo`lib, ikkita qolip va bitta padnis nonni yasaladi va yana oshirish uchun termostatga qo`yiladi. Nonni 220°S haroratda yopiladi. Tayyor bo`lgan non xona haroratida sovutiladi.Organoleptik va ballar bilan baholash keyingi kunda o`tkaziladi. Unning nonvoylik xususiyatlarini baholash natijalari jadvalda qayd qilinadi. 57 Yakuniga tahlil qilingan un namunasiga xos nonvoylik xususiyatlari haqida xulosa chiqariladi. NAZORAT SAVOLLARI 1. Nonni qancha haroratda yopiladi? 2. Non mahsulotidagi vitaminlar? 3. Nonning ozuqaviy qiymati? 8-LABORATORIYA ISHI MAVZU: OMIXTA EM TARKIBIDA METALLOMAGNIT ARALASHMALAR MIQDORINI ANIQLASH Ishdan maqsad: Metallomagnit aralashmalarni aniqlash usulini o`rganish Asbob va uskunalar:Taqsimlovchi doimiy magnit,texnik taroz, o`lchov setkasi; lupa;omixta em namunalari. Asosiy tushuncha Metallomagnit aralashmalar xom ashyolarni tozalash jarayonida uskunalarning ishchi qismlari yemirilishi natijasida tushib qolishi mumkin. Bu aralashmalarning ayniqsa o`tkir qirrali zarrachalari jonivorva baliqlarning ovqat xazm qilish a`zolariga shikast etkazib, ularning sog`lig`iga salbiy ta`sir etadi. Omixta em tarkibidagi metallomagnit aralashmalar davlat standartlari tomonidan me`yorlanadi. Misol uchun yosh karp baliqlariga tayyorlangan 1 kg omixta emda 15 mg gacha, zarrachalarining o`lchami 2 mm gacha bo`lgan metallomagnit aralashmalarga yo`l qo`yiladi. Shu turdagi 2-3 yillik baliqlar uchun 30 mg oshmasligi kerak. Qoramollar uchun 1 kg emda metallomagnit aralashmalar miqdori 1 kg da 30 mg yo`l qo`yiladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling