Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-16861
Don burga-toshbaqachalari:
72 1-zararli burga-toshbaqacha; 2-mavr burgasi; 3-avstriya burgasi; 4-tuxumining rivojlanishi; 5-turli yoshdagi lichinkalari. DAST bo`yicha tashqi qiyofasiga qarab, burga-toshbaqachalar bilan donlar shikastlanishini uch belgiga bo`linadi. 1.Don ustida sanchilgan joyda, markazida qora nuqtali aniq chiziqda dumaloq yoki notekis shaklli och rangli dog` paydo bo`ladi; 2. Don ustida xuddi shunday dog` paydo bo`lib, uning ora-lig`ida ezilgan yoki burishgan, ammo sanchilish izlari bo`lmaydi; 3. Don yuzida mo`rtak oldidagi sanchilish izlarisiz shunday dog` paydo bo`ladi. Shikastlanishning barcha hollarida ham don konsistentsiyasi och rangli dog` ostida bo`sh va unli bo`ladi. Izlanishlarda kuzati-lishicha, sanchish joylarida endosperm to`qimalarida hujayralar tuzilishi buziladi, kraxmal donlari esa shaklini yo`qotgan bo`ladi. Donni toshbaqacha-burgalar tomonidan chaqilishi natijasida uning tarkibi, undagi oqsil va uglevodlar xususiyati o`zgaradi. Oqsil moddalar zararkunandalar so`lagidagi proteolitik fermentlar yordamida polipeptidlarga parchalanadi, amilaza kraxmalni gidrolizlaydi. Buning natijasida don to`plamining tarkibida garchi shikastlangan donlar 2-3% dan oshmasa ham, uning non yopilish xususiyatlari keskin yomonlashadi. Burgalar bilan shikastlangan don yomon yoki xamirda tezda suyulib ketadigan kleykovinaga ega bo`ladi. Bunday undan tayyor-langan non oz 73 chiqish hajmi va kam g`ovaklikka ega bo`ladi; shaklsiz yopiladigan non bo`shashib ketaveradi. Shuning uchun unga qayta ish-lashga mo`ljallangan bug`doy donida toshbaqacha-burgalar tomonidan shikastlanishni aniqlash majburiy tarzda amalga oshiriladi. Shikastlangan donlar miqdorini aniqlash uchun bo`lgich yoki qo`lda 50 gr don ajratiladi, aralashmalar olib tashlanadi va undan 10 gr butun, sog`lom donlardan namuna ajratiladi. Ushbu namuna tekshirish taxtasiga joylanadi va donlarni elka, yon va ariqchalari ko`zdan kechiriladi. Shikastlanganlari ajratib texnik torozilarda 0,01 aniqlikda tortiladi va topilgan og`irlikni namuna og`irli- giga foizda ifodalanadi. Aniqlash ikki parallel namunalarda olib boriladi. Ular o`rtasida ruxsat etiladigan farq, shikastlan-gan donlar 5% gacha bo`lsa, 0,5% va shikastlangan donlar 5 dan 25% gacha bo`lsa 1% gacha ruxsat etiladi. Toshbaqacha-burgalar tomonidan shikastlangan donlar mavjudligini aniqlash natijalari don sifati hujjatlarida 0,1% aniqlikkacha qo`yiladi. Donlarni toshbaqacha-burgalar bilan shikastlanishini sariq bochka deb ataladigan hollar bilan adashtirmaslik kerak, chunki donlardagi sariq dog`larda qora nuqta, ezilish va burishganlik yo`q. Bunday donlar shikastlanmagan hisoblanadi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling