Guliston davlat universiteti xalqaro huquqi asoslari


Download 333.3 Kb.
bet1/25
Sana04.04.2023
Hajmi333.3 Kb.
#1326464
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn


0‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VА 0‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

XALQARO HUQUQI ASOSLARI



GULISTON
2021

Xalqaro huquq fanining taniqli olimlari qalamiga mansub ushbu darslikda huquqning mustaqil tizimi — hozirgi zamon xalqaro ommaviy huquqining asosiy institutlari va tarmoqlarining nazariy asoslariga atroflicha ta’rif berilgan. Ayniqsa, xalqaro shartnomalar va 0‘zbekiston Respublikasidagi xalqaro huquq amaliyotiga alohida e’tibor qaratilgan.


Talabalar, aspirantlar, ilm-fan va amaliyot bilan shug‘ullanuvchi huquqshunoslar hamda xalqaro huquq bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
Tuzuvchi: D.Xolnazarova ’’Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi’’katta o’qituvchisi
Taqrizchilar: M.Botirov ’’Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi’’katta o’qituvchisi

.
KIRISH


XXI asr kishilik jamiyati hayotining baynalmilallashuvidek tarixiy qonuniyatning kuchayishi bilan ajralib turadi. Davlat chegaralarining mavjudligi va har xilligiga qaramay, xalqaro munosabatlarda mamlakatlarning o‘zaro aloqalari rivojlanib bormoqda. Xalqaro munosabatlar nafaqat davlatlar, balki harbir inson hayotiga katta ta’sir ko'rsatmoqda.
Xalqaro munosabatlar tizimi huquqning muayyan sohasi — xalqaro huquq bilan tartibga solinadi. U davlatlarning, jismoniy va yuridik shaxslaming turli-tuman aloqalariga u yoki bu darajada ta’sir qiladi. Xalqaro huquqning milliy huquqqa va davlat ichki hayotiga ham ta’siri kuchaymoqda. Shu bois bugungi kunda huquqni bilish nafaqat xalqaro munosabatlar bilan bevosita shug'ullanuvchi mutaxassislar, balki iqti- sodchilar va tadbirkorlar, hatto oddiy fuqarolar uchun ham ahamiyatli bo‘lib bormoqda.
Xalqaro huquq normalari asta-sekin milliy huquqiy tizimning bir qismiga aylanib bormoqda. Uning asoslarini bilish jismoniy va yuridik shaxslaming o‘z huquqlarini mamlakat ichida himoya qilishlari uchun ham zarurdir.
Afsuski, hozirgi paytda omma o‘rtasida xalqaro-huquqiy bilimlar darajasi nihoyatda past. Bu o'rinda turli davlatlarning huquqni himoya qiluvchi organlari xalqaro normalarning milliy huquqiy tizimdagi yangi vazifasiga tayyor emasligini alohida ta’kidlash lozim. Xalqaro-huquqiy bilimlarning past darajadaligi, hatto aksariyat mamlakatlarning yurist- lari uchun ham xosdir. O'zbekistonda ham bu muammo dolzarb bo'lib turibdi. Albatta, buning o'ziga xos obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Birinchidan, sobiq SSSR huquqiy tizimining xalqaro huquq bilan alo- qasida faollik farqlanmas edi. Ikkinchidan, yuridik oliy o‘quv yurtlarida xalqaro huquq kursi asosan umumiy ta’lim sifatida o‘qitilar edi. Uchinchidan, boshqa yuridik fanlar o'qitilayotganda, muayyan huquq sohasining xalqaro huquq bilan bog'liqligiga e’tibor berilmas edi.
Shu bois bugungi kunda milliy huquqning xalqaro huquq bilan o‘zaro aloqasini yorituvchi o‘quv adabiyotlarini tayyorlash juda muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, amaliyotchi yuristlar uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro jinoyat huquqi singari xalqaro huquqning boshqa sohalariga ham alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Albatta, barcha yuristlarni xalqaro huquq bo'yicha yetuk mutaxassisga aylantirib bo'lmaydi. Buning sabablari haqida mashhur italyan professori B. Konfoiti shunday yozadi: «Xalqaro huquqning mazmuni shu qadar kengaydiki, uni umumiy kurs darajasida yoritish mumkin emas»1. Bugun hatto xalqaro yurist ham xalqaro huquqning hamma sohasi bo'yicha yetuk mutaxassis bo‘la olmaydi. Shuning uchun bizning vazifamiz milliy huquq sohasi mutaxassislarining xalqaro huquq asoslarini bilishlari uchun ularga ko'maklashish hisoblanadi.
Bu o'rinda shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqaro huquqning har bir sohasini mufassal bilish nazariy jihatdan muhim hisoblanadi. Shu bois ushbu darslikda xalqaro huquqning umumiy va maxsus qismlariga alohida e’tibor berildi.
«Umumiy qism» xalqaro huquqning yuridik tabiatini yoritishga, uning normalarini yaratish va amalga oshirish mexanizmiga, xalqaro va milliy huquqning o'zaro aloqasi kabi masalalarga bag‘ishlangan. Xalqaro hu­quqning umumiy mazmunini tashkil etuvchi va oliy yuridik kuchga ega bo'lgan asosiy prinsiplaiga alohida e’tibor berildi. «Davlatlaming xalqaro-huquqiy subyektligi» instituti mazkur muammolar bilan chambarchas bog'liq ravishda ko'rib chiqildi.
Xalqaro huquqning umumiy o'ziga xos tabiatini bilib olgach, uning u yoki bu sohasini qiyinchiliksiz o'zlashtirish mumkin, umumiy prinsiplar bilan sohaga oid normalaming o'zaro aloqasini aniqlash ancha oson kechadi. Shu bois «Maxsus qism»da xalqaro huquqning asosiy sohala­riga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali darslik amaldagi xalqaro huquq tizimiga nihoyatda yaqinlashtirildi.
Ko‘p yillar davomida «Xalqaro huquq» kursi umumiy ta’lim sifatida o‘qitilib, ichki huquq doirasidagi amaliyotchi yurist faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq emas edi. Endilikda xalqaro huquq har qanday ixtisos- likdagi yurist uchun alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun xalqaro huquqqa amaliy nuqtayi nazardan qarash, uni o‘rganish va o'qitish to- bora katta ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois nafaqat xalqaro yurist, balki konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik, jinoyat, oila va boshqa ichki huquq sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislaming ham ehtiyoji hisob- ga olindi.
Xalqaro huquqqa faqat kasbiy nuqtayi nazardan yondashib bo'lmaydi. Xalqaro huquq — ko‘p asrlik baynalmilal tajribani o‘zida aks ettiruvchi umuminsoniy madaniyatning muhim elementidir. U baynalmilal ong rivojiga, insonlarni barcha millatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashadi. Bu o‘rinda xalqaro-huquqiy madaniyat milliy va etnik ziddiyatlarni bartaraf etishda katta ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlash lozim.
Hozirgi paytda xalqaro huquqni o‘rganish shu qadar dolzarb bo‘lganligi bois BMT ham unga alohida e’tibor bermoqda. BMT xal­qaro huquq o‘n yilligida (1990-1999) xalqaro huquqni o‘rganish va o‘qitishni rag‘batlantirishga, uning ahamiyatini tushunishga hamda xalqaro-huquqiy bilimlar ko'lamini kengaytirishga jiddiy e’tibor qarat- di. Xalqaro-huquqiy bilimlami o‘rganish va o'qitishga yordam ko‘rsatish bo'yicha BMTning alohida Dasturi qabul qilingan.

BIRINCHI MAVZU. «XALQARO HUQUQ» TUSHUNCHASI, AHAMIYATI VA TIZIMI



  1. Download 333.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling