Guliston davlat universiteti xalqaro huquqi asoslari
§. Diplomatik huquq asoslari
Download 333.3 Kb.
|
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn
§. Diplomatik huquq asoslari Diplomatik huquq — davlatlar diplomatik vakolatxonalarining huquqiy maqomi va faoliyatini tartibga soluvchi normalar majmuyidir. Diplomatik huquq manbaiga, awalo, odat normalari kiradi. Ko‘p jihatdan ushbu normalar umume’tirof etilgan. Ular qator universal kon- vensiyalarda: 1961 -yildagi Diplomatik munosabatlar to'g'risidagi Vena konvensiyasida, 1969-yildagi Maxsus missiyalar to'g'risidagi konvensi- yada, 1973-yiIdagi Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslarga, shu jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlaming oldini olish va bunday jinoyatlarni jazolash to'g'risidagi konvensiyada 1975-yildagi Universal xarakterdagi xalqaro tashkilotlar qoshidagi davlatlarning vakilligi to'g'risidagi Vena konvensiyasidagi kodifikatsiyalangan va to'ldirilgan. Diplomatik munosabatlami o'matish va vakolatxonalar ta’sis etish davlatlar o'rtasidagi bitimga muvofiq amalga oshiriladi. O'zaro diplomatik munosabatlaming o'matilishi har doim ham o'z-o'zidan vakolatxo- na ta’sis etishga olib kelavermaydi. Diplomatik vakilni tayinlash va qabul qilish tartibi akkreditatsiya qilish deb ataladi. Vakolatxona boshlig'i tayinlanishiga qadar yuboruvchi davlat uning shu lavozimga tayinlanishi to'g'risida qabul qiluvchi mam- lakatning roziligini (agreman) olishi zarur. Qabul qiluvchi mamlakat sababini izohlamagan holda agreman berishga rozi bo'lmasligi mumkin. Vakolatxona a’zolari prinsip jihatidan akkreditatsiya qiluvchi davlatning fuqarolari bo'lishi kerak. Agreman olganidan va rasmiy ravishda tayinlanganidan keyin vakolatxona boshlig'iga uning o'zi mansub davlat rahbari imzolagan ishonch yorlig'i, ya’ni umumiy mazmundagi vakolatnoma beriladi. Akkreditatsiya qilish ana shu ishonch yorlig'ini qabul qiluvchi davlat rahbari- ga topshirish bilan nihoyasiga yetadi va shundan keyin vakil o'z vazifa- sini ado etishga kirishishi mumkin. Diplomatik vakolatxonalaming turlariga — elchixona va vakolatxona, ulardan quyiroq darajada esa missiya kiradi. Vakolatxona darajasi, odat- da, tegishli davlatlar o'rtasidagi munosabatlaming qandayligiga bog'liq. Vena konvensiyasida vakolatxona boshliqlari uch toifadan iborat ekani qayd etilgan: qabul qiluvchi davlat rahbarlari huzurida akkreditatsiya qilingan elchilar va vakillar; tashqi ishlar vaziri huzurida akkreditatsiya qilingan ishonchli vakillar. Elchixonaga favqulodda va muxtor elchi, missiyaga esa vakil yoxud ishonchli vakil rahbarlik qiladi. Ishonchli vakilni muvaqqat ishlar bo'yicha vakildan farqlash lozim, chunki muvaqqat ishlar bo'yicha vakil elchi yo'qligida elchixonani vaqtincha boshqarib turishi mumkin. Maxsus missiya 1969-yilgi Maxsus missiyalar to'g'risidagi konven- siyada davlatning maxsus masalalarni hal etuvchi yoxud maxsus top- shiriqni bajaruvchi muvaqqat vakolatxonasi sifatida belgilangan. Diplomatik vakolatxonaning asosiy vazifalari: vakil qilib yuboruvchi davlatning vakolatxona joylashgan davlat - da vakillik qilishi; qabul qiluvchi mamlakat hukumati bilan muzokaralar olib bo- rish; o'z fuqarolari va yuridik shaxslari manfaatlarini himoya qilish; qabul qiluvchi mamlakatdagi shart-sharoitlar va voqea-hodisalar to'g'risida o'z hukumatiga axborot berib borish; 0 iqtisodiyot, madaniyat, fan sohasida hamkorlikni rivojlantirish. (Diplomatik aloqalar to'g'risidagi 1961-yilgi Vena konvensiyasining 3- moddasi.) Diplomatik immunitet va imtiyozlar davlat organi sifatida diplomatik vakolatxonaga va vakolatxona xodimlariga tegishli hisoblanadi. Diplomatik immunitut faqat davlatlarga taaluqli bo'lib undan davlatlar o'z tashqi siyosiy faoliyatini olib borishda foydalanadi. Shu ma’noda diplomatik immunitet funksional mazmunga ega bo'lib, undan faqat davlatlar voz kechishi mumkin. Diplomatik imtiyozlar esa diplomatik vakolatxona xodimlariga tegishli bo'lib, diplomatga nisbatan alohida qulay sharoit yaratishga qaratilgan bo'lib soliq, bojxona, ma’muriy majbur- lovdan ozod etishni anglatadi. Diplomatik vakolatxona binolari (xonalari) daxlsizdir. Qabul qiluvchi mamlakat ma’murlari ularga faqat vakolatxona boshlig'i roziligi asosidagina kirishlari mumkin. Shu bilan birga, ular binolarga (xonalar- ga) bostirib kirish va ziyon-zahmat yetkazishdan himoyalash borasida zarur choralar ko'rishga, vakolatxona faoliyat yuritishi uchun tegishli shart-sharoitni ta’minlashga majburdir. Daxlsizlik kemalar, samolyotlar kabi transport vositalariga ham taalluqli bo'lib, ular tintuvdan, rekvi- zitsiyadan, hibsdan va ijro harakatlaridan holidir. Bunda avtoinspeksiy- aning ko'cha harakati qoidalari buzilganligi holatlarini qayd etish va bular haqida Tashqi ishlar vazirligiga xabar berish huquqi istisno etil- maydi. Transport vositalari daxlsizligi diplomat hisoblanmaydigan hay- dovchilarga taalluqli emas. Misol uchun 1995-yilning sentabrida Mosk- vada garovda ushlab turishda ayblangan Saudiya Arabistoni elchixonas- ining haydovchisi hibsga olingan, so'ng sudlangan. Vakolatxona arxivlari va hujjatlari har qanday vaqtda va ularning qayerda joylashganidan, shu jumladan muvaqqat saqlash joyidan qat’i nazar, daxlsizdir. Ushbu qoida, hatto diplomatik aloqalar uzilgan hollarda ham amal qilaveradi. Vakolatxona bino bilan bog'liq barcha soliqlardan ozod etiladi (moli yaviy immunitet), biroq foydalanish sarf-xarajatlari (elektr e suv ta’minoti va boshqa to'lovlar) bundan mustasnodir. Vakolatxona rasmiy ishlar uchun mo'ljallangan narsalarga bojxona to'lovi to‘!?.shd?.r. ozod etiladi (bojxona immuniteti). Vakolatxona o'z davlat bayrog'i va emblemasidan, navbatdan tashqari telegraf va telefon aloqasidan foydalanish imtiyozlariga ega. U rasmiy maqsadlarga qaratilgan aloqalarni amalga oshirishda, shu jumladan shifr- dan foydalanishda erkindir. Diplomatik pochtani ochish mumkin emas, uni kuzatib boruvchi diplomatik kurerlar esa shaxsiy daxlsizlikdan foy- dalanadi. Vakolatxona xizmatchilariga qanday immunitet berilishi tegishli shaxsning qaysi xodimlar toifasiga mansub ekaniga bog'liqdir. Diplomatik darajaga ega diplomatik xodimlar to'liq immunitetdan foydala- nadilar. Ular hibsga olinishi yoki biror shaklda ushlanishi mumkin emas. Diplomatning turarjoyi, hatto muvaqqat, masalan, mehmonxonadagi joyi, shuningdek, unga tegishli buyumlar ham daxlsizdir. Diplomat jinoiy, fuqarolik va ma’muriy yurisdiksiyalar immunitet - laridan foydalanadi. Bu diplomat sudlov yurisdiksiyasi va huquqni majburiy joriy etish yurisdiksiyasidan chiqarilgan, deganidir. Tayinlash yuris- diksiyasiga ko'ra esa, diplomat immunitetga ega bo'lmaydi, chunki u qabul qiluvchi mamlakat qonunlariga, shu jumladan maxsus diplomat - lar uchun mo'ljallangan qonun hujjatlariga itoat etishga majbur. Shu bilan birga, diplomatlar o'zi mansub davlatning to'liq yurisdiksiyasida bo'ladi. Fuqarolik yurisdiksiyasi immuniteti muayyan cheklashlaiga ega bo'lib, bunda diplomat rasmiy maqomda bo'lmaydigan holatlar ko'zda tutilgan. Diplomatga nisbatan tegishli xususiy ko'chmas mulk yuzasidan mulk da’vosi; u vasiyatnoma ijrochisi, meros mulk vasiysi, merosxo'r yoki rad javobini oluvchi xususiy shaxs sifatida namoyon bo'lgan o'rinlarda esa, meros da’vosi qo'zg'atilishi mumkin. Jinoiy yurisdiksiya immuniteti mutlaq mazmun kasb etadi hamda immunitet suiiste’mol etilgan hollarda ham ta’sir kuchiga ega bo'ladi. Bunda diplomatni nomaqbul shaxs deb tan olish va uni chaqirib olish- larini talab qilish asosiy jazo chorasi hisoblanadi. Diplomatni tavsiya etgan davlat uni o'zi akkreditatsiya qilingan mamlakatda sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortish huquqiga egadir. Diplomat qabul qiluvchi mamlakat sudlarida guvoh sifatida ishtirok etishga majbur emas, lekin bu diplomatning qabul qiluvchi mamlakat iltimosiga binoan bunday guvohlik uchun rozilik berishini istisno et- maydi. Diplomat bojxona immunitetidan foydalanadi. Uning yuklari orasida olib kirish yoki olib chiqish taqiqlangan narsalar borligi yuzasidan jiddiy asoslar mavjud bo’lgan holatlar bundan mustasnodir. Bunday hollarda yukni ko’zdan kechirish diplomat yoki uning vakili huzurida amalga oshirilishi shart. Diplomatiya xodimlari moliyaviy immunitetdan foydalanadi — ular bevosita soliqlardan ozod etiladi. Diplomat bilan birga yashaydigan oila a’zolari ham, agar ular qabul qiluvchi davlat fuqarosi hisoblanmasa, bunday immunitetdan foydalanadi. Tegishli davlatdagi vakolatxonalarning diplomatik xodimlari diplomatik korpusni tashkil etadi va ularga qabul qiluvchi mamlakatda eng uzoq muddat ishlayotgan vakolatxona boshlig‘i — duayen boshchilik qiladi. Ushbu korpus va uning duayeni protokol bo’yicha o’z vazifasini ado etadi. Diplomatik immunitet buzilganda, korpus norozilik bildir- gan holatlar ma’lum. Vakolatxona xizmatchilarining ikkinchi toifasi та ’muriy-texnik xodimlardan iborat. Ulartarkibiga buxgalterlar shifrlovchilar, devonxona xizmatchilari, taijimonlar va hokazolar kiradi. Keng tarqalgan amaliyotga muvofiq, 1961-yildagi Vena konvensiyasida ma’muriy-texnik xodimlar va ularning oila a’zolari, ayrim ahamiyatli istisnolar ko’zda tutilgan holda, diplomatiya xodimlariga sezilarli darajada tenglashtirib qo’yildi. Fuqarolik va ma’muriy yurisdiksiya immuniteti xizmat vazifasidan tashqari hollarda sodir etilgan xatti-harakat uchun taalluqli emas. Mazkur xodimlar dastlabki zarur narsalar, ro’zg’or buyumlarini poshlinasiz olib kirishlari mumkin, ammo ular bojxona nazoratidan ozod etilmay- dilar. Uchinchi toifa xizmat ko'rsatuvchi xodimlar (oshpazlar, bog’bonlar, qo’riqchilar, haydovchilar va boshqalarjdir. Bu guruh a’zolari o’zlarining xizmat vazifasini bajarish davrida sodir etgan xatti-harakatlariga nisbatan immunitetdan foydalanadilar va ularning xizmat maoshlari, agar ular qabul qiluvchi mamlakat fuqarolari bo’lmasa, soliqlardan ozod etiladi. Xalqaro tashkilotlaming va ular xodimlarining imtiyozlari hamda immunitetlari tashkilotlar nizomlarida, ko’p tomonlama konvensiya- larda va qabul qiluvchi mamlakat bilan tuzilgan ikki tomonlama bitim- larda belgilab qo’yiladi. 1946-yilda Bosh Assambleya BMT imtiyozlari va immunitetlari to’g’risidagi konvensiyani qabul qilgan. Konvensiyaga muvofiq, BMT mol-mulki sudlov harakatlari daxl qilmasligi immunitetidan foydalanadi, shu bilan birga, ayrim hollarda bunday daxlsizlik huquqidan voz kechish ham mumkin. Tegishli binolar va arxivlar daxlsiz hisoblanadi. BMT mulki soliqlar va bojxona to'lovlaridan ozod qilinadi. Tashkilot aloqa vositalarining barcha turlarini qo'llaydi. BMT Bosh kotibi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, ularning oila a’zolari to‘liq diplomatik im- munitetdan foydalanadi. Boshqa mansabdor shaxslar funksional immu- nitetdan foydalanadi: ular mansabdor shaxs sifatida sodir etgan xatti- harakati uchun sud oldida javobgar bo'lmaydi; BMT to'laydigan ma- oshlari soliqlarga tortishdan ozod etiladi. Mabodo tegishli immunitet odil sudlovni ro'yobga chiqarishga xalal bersa, Bosh kotib mansabdor shaxsga berilgan immunitetdan voz kechishi mumkin. BMTning ixtisos- lashgan muassasalari va boshqa xalqaro tashkilotlar ham shu kabi immunitet va imtiyozlarga egadir. Xalqaro tashkilotlar huzuridagi davlatlar vakillarining immunitet va imtiyozlari mazkur tashkilotlarning ta’sis hujjatlari, ular a’zolarining ko'p tomonlama bitimlari, shuningdek, tashkilotlar bilan qabul qiluvchi davlatlar o'rtasidagi ikki tomonlama bitimlarda belgilanadi. Bu boradagi bir talay odat normalari 1975-yilda qabul qilingan va hozircha kuchga kir- magan Universal xarakterdagi xalqaro tashkilotlar qoshidagi davlatlarning vakilligi to'g'risidagi Vena konvensiyasida kodifikatsiyalangan. Xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalarning faoliyati davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatiga bir qadar yaqindir. Ulardagi farq, awalo, vakolatxonalami ta’sis etish va xodimlami tayin- lash tartibida ko'rinadi. Vakolatxonani yoki kuzatuvchilar missiyasini ta’sis etish masalasi qabul qiluvchi davlat ishtirokisiz hal etiladi. Ishonch yorlig'i tashkilotning bosh mansabdor shaxsiga topshiriladi. Mavjud immunitet va imtiyozlar ham diplomatik immunitetlarga o'xshashdir. Shunday qilib, diplomatik huquq xalqaro huquqning eng qadimiy va muhim mustaqil sohasidir. Xalqaro huquqni diplomatik huquqsiz tasawur etib bo'lmaydi. Diplomatik huquq zamonaviy xalqaro huquqning eng kodifikatsiyalangan sohalaridan biridir. Hozirgi kunda diplomatik huquq davlatlarning tashqi siyosiy funksiyalarini amalga oshiruv- chi ichki davlat organlari faoliyatini borgan sari ko'proq tartibga solmoq- da. Bundan tashqari, davlatlarning diplomatik faoliyatini tartibga soluvchi ichki davlat qonunchiligi ham jadal rivojlanmoqda. Zamonaviy diplomatik huquqning manbalari xilma-xildir. Ular qa- toriga xalqaro shartnoma, xalqaro-huquqiy odat va qo'shimcha manba sifatida milliy qonunchilik kiradi. Xalqaro shartnoma diplomatik huquqning asosiy manbaidir va uning quyidagi turlari mavjud: universal xalqaro shartnomalar. Masalan, 1961-yilgi Diplomatik munosabatlar to'g'risidagi konvensiya zamonaviy diplomatik huquqning yadrosi bo'lib, universal kodifikatsiyalangan hujjatdir; davlatlar o'rtasidagi ikki tomonlama xalqaro shartnomalar; davlatlar va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi xalqaro shartnomalar; xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi xalqaro shartnomalar. Download 333.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling