Hikayeler Ve Hikmetler- abdulla Qahhar


xuddi ko’nglini bezovta qiladigan biron narsani ko’rishdan qo’rqqanday, ko’zini sekin


Download 326.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/58
Sana20.11.2023
Hajmi326.32 Kb.
#1788315
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Bog'liq
1543-Hikayeler Ve Hikmetler-Abdulla Qahhar-Ozbek-Latin-62s

xuddi ko’nglini bezovta qiladigan biron narsani ko’rishdan qo’rqqanday, ko’zini sekin 
ochdi. 


 
Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar 
 
 
Ko’zini ochdi-yu qarasa… Usta kulol xuddi o’g’lining o’limi to’g’risida gapirayotganday 
so’kinar, titrar edi. Yoshgina, xotinchalish bir ofitser rezinkaday qapchib cholning 
ko’kragiga tepid. Chol yiqildi. O’shanda tepki hali es-hushini o’nglab ololmagan 
Hamroqulning ham ko’kragiga tushdi. U, eshakdan ag’darildi, ammo darrov turdi
bo’yniga musht tushdi – munkib ketdi. 
Churrr… 
- Mirshab! 
Qayerdandir Usta kulolning kampiri paydo bo’lib, ofitserning oyog’iga yiqildi. Ikki 
mirshab Usta kulol bilan Hamroqulni bog’dan olib chiqdi va butxonaning narigi 
tomonidagi mirshabxonaga tomon olib ketdi. Kampir dodlaganicha ergashib bordi. 
Olamon to’plandi. 
- Yig’lama! – dedi Usta kulol mirshabxonaning eshigi oldida kampiriga qarab: - Men bir 
turmadan ikkinchi turmaga o’tayotibman, nega yig’laysan! 
Mirshabxona eshigi ochilib ikki oshnani yutdi. Butxona qo’ng’irog’I kechki ibodatga 
chaqirib, og’ir va uzun darangladi. Bu tovush hali kun botmasdan mudrab yotgan shahar 
ustida to’lqinlanib uzoqlarga ketdi. To’plangan xaloyiq nima gap bo’lganini keyin 
“Turkiston o’lkasi” gazetasini o’qib bildi: 
“.. O’tgan 23-sentabrda mazkur shaharda rusiya dahasidagi Romanovskiy bog’ida ham 
shu qabila beadablik sodir bo’lgan. Chunonchi, sartiyalardan biri o’zlariga sohiblik qilib 
turgan rusiya to’ralarining istirohatgohlariga kirgan, ya’ni nihoyatda beadablik qilgan…” 
 
1935-yil 
 
 



Download 326.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling