xuddi ko’nglini bezovta qiladigan biron narsani ko’rishdan qo’rqqanday, ko’zini sekin
ochdi.
Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar
Ko’zini ochdi-yu qarasa… Usta kulol xuddi o’g’lining o’limi to’g’risida gapirayotganday
so’kinar, titrar edi. Yoshgina, xotinchalish bir ofitser rezinkaday qapchib cholning
ko’kragiga tepid. Chol yiqildi. O’shanda tepki hali es-hushini o’nglab ololmagan
Hamroqulning ham ko’kragiga tushdi. U, eshakdan ag’darildi, ammo darrov turdi;
bo’yniga musht tushdi – munkib ketdi.
Churrr…
- Mirshab!
Qayerdandir Usta kulolning kampiri paydo bo’lib, ofitserning oyog’iga yiqildi. Ikki
mirshab Usta kulol bilan Hamroqulni bog’dan olib chiqdi va butxonaning narigi
tomonidagi mirshabxonaga tomon olib ketdi. Kampir dodlaganicha ergashib bordi.
Olamon to’plandi.
- Yig’lama! – dedi Usta kulol mirshabxonaning eshigi oldida kampiriga qarab: - Men bir
turmadan ikkinchi turmaga o’tayotibman, nega yig’laysan!
Mirshabxona eshigi ochilib ikki oshnani yutdi. Butxona qo’ng’irog’I kechki ibodatga
chaqirib, og’ir va uzun darangladi. Bu tovush hali kun botmasdan mudrab yotgan shahar
ustida to’lqinlanib uzoqlarga ketdi. To’plangan xaloyiq nima gap bo’lganini keyin
“Turkiston o’lkasi” gazetasini o’qib bildi:
“.. O’tgan 23-sentabrda mazkur shaharda rusiya dahasidagi Romanovskiy bog’ida ham
shu qabila beadablik sodir bo’lgan. Chunonchi, sartiyalardan biri o’zlariga sohiblik qilib
turgan rusiya to’ralarining istirohatgohlariga kirgan, ya’ni nihoyatda beadablik qilgan…”
1935-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |