Hikayeler Ve Hikmetler- abdulla Qahhar


Download 326.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/58
Sana20.11.2023
Hajmi326.32 Kb.
#1788315
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
1543-Hikayeler Ve Hikmetler-Abdulla Qahhar-Ozbek-Latin-62s

ro’para bo’lmadi... 


 
Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar 
 
 
Oradan ko’p o’tmay choyxo’rlardan biri qiziq bir gap topib keldi. Bir yigit domlani 
shaharning narigi chekkasidagi parkda ko’ribdi. Domla, boshida chamandagul do’ppi, 
egnida kalta va tor shim, katak ko’ylak, yengini baland shimargan, bilagida kattakon tilla 
soat, o’zi yakka pivo ichib o’tirgan emish! Uning bunday odati yo’q edi, shuning uchun 
yigit hayron bo’lib biroz qarab turibdi. Domla ikki shisha pivoning ustidan yuz gramm 
araqni bitta otib o’rnidan turibdi-yu, gulchidan kattakon guldasta sotib olib, parkning 
orqasidagi jin ko’chaga kirib ketibdi. Bu gapni eshitib odamlarning dami ichiga tushib 
ketdi. Ba’zi birovlarning ko’ngliga allaqanday jirkanch, domlaning sha’niga hech to’g’ri 
kelmaydigan gaplar keldi... Shunda mahallaning qariyalaridan Karim ota hozir ba’zi 
birovlarning ko’ngliga kelgan gapdan ham xunukroq bir taxminni aytib qoldi: 
- Xayr, ishqilib oxiri baxayr bo’lsin,- dedi,- kelinimiz yoshga o’xshaydi... Qiz bo’lmasa deb 
qo’rqaman! 
Karim otaning bu taxmini, domlaning keyingi vaqtlaridagi raftoriga qaraganda 
ehtimoldan uzoq bo’lmasa ham, odamlarga qattiq malol keldi. Bir-ikki kishi Karim 
otaning dilini og’ritdi. 
Biroq oradan ko’p o’tmay, Karim otaning taxmini to’g’ri chiqib qoldi: ”Domla o’zining 
talabasi – yigirma yashar bir juvonga uylanayotgan emish” degan gap tarqaldi. 
To’yga yaqin qolganda kelin ko’chaning boshidagi atelyega ko’ylak buyurgani kelgan 
ekan, nima bo’lib bundan xabar topgan ayollar ko’rgani borishdi. Kelin darhaqiqat yosh
lekin qiziqchilikka semirganday yum-yumaloq; egnida yengsiz qizil ko’ylak, boshida 

Download 326.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling