Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida protest bildirish


Download 0.5 Mb.
bet268/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

317-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida protest bildirish
Prokuror ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan:
Oldingi tahrirga qarang.
1) jinoyat ishlari bo‘yicha sud sudyasining qarori ustidan — ushbu Kodeksning XXIV1-bobida belgilangan tartibda apellatsiya instansiyasi sudiga;
(317-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
2) boshqa organ (mansabdor shaxs) qarori ustidan — qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi.
(317-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi.
(317-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
318-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ijrosini to‘xtatib turish
Belgilangan muddatda shikoyat berish ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorning ijrosini shikoyat ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda undirib olinadigan jarima solish hollari bundan mustasnodir.
Prokurorning protest bildirishi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling