Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet279/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

32421-modda. Ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi sudya ishni shikoyat (protest) bilan birga ko‘rib chiqish uchun kassatsiya instansiyasi sudiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqargan kundan e’tiboran o‘n besh sutkadan kechiktirmay ishni ko‘rib chiqishga kirishishi kerak.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqish davomiyligi uni ko‘rish boshlangan kundan e’tiboran bir oydan oshmasligi kerak.
Kassatsiya instansiyasi sudi majlisida kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar va (yoki) ularning vakillari ishtirok etishi mumkin.
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida lozim darajada xabardor etilgan shaxslar kelmaganligi ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Kassatsiya tartibida ishni ko‘rish sudyaning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u ishning holatlarini, ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari mazmunini, kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan vajlarni bayon etadi.
Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish bo‘yicha tushuntirish berishga haqli. Kassatsiya shikoyati bergan shaxs birinchi bo‘lib tushuntirishlar beradi, agar ish prokurorning protesti bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib prokuror so‘zga chiqadi.
Ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim qabul qilinadi.
Ajrimning ko‘chirma nusxalari kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ushbu Kodeksning 3249-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
32422-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Kassatsiya instansiyasi sudi ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, quyidagilarga haqli:
1) sud hujjatini o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) sud hujjatini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ishni apellatsiya instansiyasida yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
3) sud hujjatini o‘zgartirishga yoki bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
4) ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga;
5) sud hujjatlarini bekor qilishga va ishni yuritishni tugatishga;
6) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o‘zgartirishga;
7) kassatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinganligi munosabati bilan kassatsiya ish yurituvini tugatishga.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling