Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Nurafshon, Chirchiq, Yangiyoʻl shaharlari, Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota, Qibray, Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Oʻrta Chirchiq, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl
tumanlari
Toshkent viloyati hokimligi Ijro intizomi nazorati boʻlimi yetakchi mutaxassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Yetakchi mutaxassis viloyati hokimligi Ijro intizomi nazorati boʻlimi guruhi rahbarining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi.
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil
etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yoʻriqnoma asosida ish yuritadi.
Boʻlim faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarning loyihasini tayyorlaydi.
Boʻlim faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
Ijro intizomi nazorati boʻlimi rahbarining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ijro intizomi nazorati boʻlimi rahbari yoʻqligida boʻlim ishini tashkil etadi va vaqtinchalik boʻlimga boshchilik qiladi.
Viloyat hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli meʼyoriy hujjatlariga muvofiq ijro intizomi taʼminlanishini nazorat qiladi.
Ijro intizomining holati toʻgʻrisida Ijro intizomi nazorati boʻlimi rahbariga kunlik axborot taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir
qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-6166-son Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5132-
son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning
komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ–2881-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi holati monitoringini yuritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning “ijro.gov.uz” idoralararo yagona ijro intizomi elektron tizimiga kiritib borilishini
tashkil qiladi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosining holati har hafta dushanba kuni viloyat hokimi, har juma kuni viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari huzurida muhokama etilishi uchun tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi.
Viloyat hokimining oʻrinbosarlari, guruhlar va kotibiyatlar hamda xodimlarning oylik ish rejalari tuzilishini nazorat qiladi.
Ijro intizomi masalalarida Hisob palatasi, Adliya vazirligining tegishli boʻlinmalari bilan hamkorlikda ishlaydi.
Funksional vazifalarga muvofiq tegishli takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning
taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Viloyat hokimligiga kelib tushgan hamda viloyat hokimi tomonidan "Collective.uz" axborot almashish tizimi orqali ijroga yuborilgan hujjatlar tizim orqali nazoratga olinib, muddati oʻtkazilib bajarilmagan topshiriqlar boʻyicha masʼul ijrochilarga maʼlumotlar
(eslatma) tayyorlash.
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida boʻlim rahbariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy
chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi.
Ijro intizomi nazorati boʻlimi toʻgʻrisidagi Nizomga va viloyat hokimining qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Boʻlim rahbarining tegishli topshiriqlarini amalga oshiradi.
Boʻlim rahbari boʻlmagan paytda uning vazifasini bajaradi

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling