Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
yo’q
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
yo’q
Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
yo’q
Toshkent viloyati hokimligi Axborot-tahlil guruhi rahbari v.b.
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Hududlar boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi yuzasidan monitoring (kuzatuv) olib borilishini tashkil etish;
makroiqtisodiy holat va ijtimoiy vaziyat tahlil qilinishini taʼminlash, iqtisodiyotning sifat jihatidan oʻzgarishlarini va uning rivojlanish tendensiyalarini baholash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti bilan birgalikda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish va
ularning monitoringini tashkil etish;
iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini va ijtimoiy iqtisodiy vaziyatni barcha yoʻnalishlar boʻyicha makro darajada, shuningdek tarmoq va hududlar boʻyicha, viloyat hokimligi kotibiyat va guruhlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi viloyat organlarining
axborot-tahliliy, prognoz faoliyatini, jumladan iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, shular asosida tizimli kompleks oʻrganishlarni tashkil etish;
maʼlumotlarning tegishli bazalarini yaratish, makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, iqtisodiy islohotlarning makro darajada, shuningdek tarmoqlar va hududlar boʻyicha borishi, xususiylashtirish, tarkibiy va institutsional qayta oʻzgarishlar, davlat boshqaruvi
viloyat organlari, korporativ boshqaruv, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tovarlar, sarmoyalar, mehnat bozorini shakllantirish, fond bozori faoliyati masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlash hamda ularning natijalari boʻyicha viloyat
hokimi va Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga axborot berib borish;
viloyat hokimi mahkamasi kotibiyat va guruhlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi viloyat organlari tomonidan tayyorlanadigan eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha maqsadli dasturlar, viloyat hokimi qaror va farmoyishlari loyihalarini ekspert
baholash.
Guruhga yuklangan vazifalar doirasida viloyat hokimligi kotibiyat va guruhlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi viloyat organlari, Markaziy bank va tijorat banklari, bozor infratuzilmasi institutlaridan, shahar va tuman hokimliklaridan zarur tahliliy va statistik
axborotlarni, budjet statistikasi va sotsiologik soʻrovlar boʻyicha maʼlumotlar soʻrash va olish;
viloyat hokimligi kotibiyat va guruhlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi viloyat organlarining iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni barcha yoʻnalishlar boʻyicha makro darajada, shuningdek tarmoq va hududlar boʻyicha
axborot-tahliliy hamda prognoz faoliyatini, jumladan iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
viloyat iqtisodiyot idoralari xodimlarini, mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda maxsus sotsiologik, budjet tekshiruvlari, tahliliy va axborot tadqiqotlari oʻtkazish boʻyicha vaqtinchalik ekspert tahliliy guruhlar tuzish;
ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, Moliya, Soliq, Statistika, Viloyat bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi, Markaziy bank bosh boshqarmalari
hamda boshqalarni jalb etish;
qisqa, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi boʻyicha takliflarni, makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi viloyat organlari, tadqiqot tashkilotlari, shahar va tuman hokimliklari hamda boshqa manfaatdorlar bilan Guruh vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mustaqil ravishda yozishmalar olib borish.
Guruh quyidagilarga majbur:
viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi tendensiyalar tavsiflovchi tahliliy materiallarni viloyat hokimiga taqdim etish;
viloyat hokimi topshirigʻiga binoan viloyat hokimining ayrim qarorlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, shuningdek maqsadli va kompleks dasturlar bajarilishi monitoringini iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish bilan bogʻliq holda
amalga oshirish;
eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha viloyat hokimi qarorlari, tarmoq va mintaqaviy dasturlar loyihasini ishlab chiqishda qatnashish.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling