Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash
Download 53.43 Kb.
|
9-dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlash
- Joylashtirish
Kliplar kolleksiyasi muloqot oynasi ochiladi.
Ko'rib chiqish (Просматривать:) bandidagi mavzular ro'yxati ochiladi. Keltirilgan ro'yxatdan kerakli mav-zu, masalan, Yil fasllari (Времена года), tanlanadi. Agar tanlangan mavzu ham kichik mavzulardan iborat bo'lsa, bizning, holda Qish (Зима), Yoz (Лето), Kuz (Осень), unda bu mavzular ichidan hech bo'lmaganda bittasini tanlash lozim bo'ladi. 4. Sichqoncha yordamida Boshlash tugmasi bosiladi. 5. Kerakli rasm hujjatga joylashtiriladi. HUJJATGA RASMNI FAYLDAN JOYLASHTIRISH Hujjatga faqatgina Word kolleksiyasidagi rasmlarni emas, balki ixtiyoriy rasmli fayldagi rasmni joylashtirish ham mumkin. Buning uchun Joylashtirish menyusining Rasm bo'limidan Fayldan bandi tanlanadi. Natijada ekranga Rasm qo'shish (Добавление рисунка) oynasi chiqadi. Ushbu oynada kerakli papkani tanlash uchun Papka (Папка) bandi, tanlangan papkada joylashgan rasrnlar aks etib turuvchi maxsus maydon va tanlangan rasmni hujjatga joylashtirish uchun Joylashtirish (Вставить) tugmasi mavjud. Maxsus maydonda aks etgan rasmlardan birini tanlash uchun sichqoncha ko'rsatkichini shu rasm ustiga olib kelinadi va chap tugmasi bosiladi. Tanlangan rasm atrofida ko'k rangli xoshiya hosil boladi. Tanlangan rasmni hujjatga joylashtirish uchun sichqoncha yordamida Joylashtirish tugmasi bosiladi. HUJJATDAGI RASM FORMATINI O'ZGARTIRISH Hujjatda rasm matn bilan uyg'un joy-lashishi uchun ko'p hollarda rasmning o'l-chamlari va joylashish holatini, ya'ni formatini o'zgartirish lozim bo'ladi. Hujyatga joylash-tirilgan rasm formatini o'zgartirish uchun, avval tegishli rasm belgilab olinadi. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichi rasm ustiga olib kelinadi va chap tugmasi bosiladi. Belgilangan rasm atrofi (chegarasi) chiziq bilan o'raladi. U to'g'ri to'rtburchak shaklida bo'lib, uchlari va tomonlarining o'rtalarida rasm o'lchamini o'zgartirish imkonini beruvchi nuqtalari bor. Sichqoncha ko'rsatkichini ushbu nuqtalardan birining ustiga olib kelinib, chap tugmasi bosilgan holda biror tomonga siljitilsa rasm kichrayadi yoki aksincha kattalashadi. Belgilangan rasmdan nusxa ko'chirish yoki uni o'chirish belgilangan matnlarni nusxalash va o'chirish kabi amalga oshiriladi. Wordda rasmni matnga nisbatan joylashish holatini tanlash imkoniyati bor. Buning uchun rasmni belgilab, sichqoncha ko'rsatkichi rasm ustida turgan holda o'ng tugmasi bosiladi. Hosil bo'lgan kontekst menyudan Rasm ■formati (Формат рисунка) bandi tanlanadi. Ekranda aks etgan Rasm formati lavhasidan Holat (Положение) bandi tanlanadi. Endi quyida keltirilgan 5 ta holatdan birini sichqoncha yordamida tanlash mumkin: Download 53.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling